B e s h i n c h i b o b
ZO'RAKI MATROSLAR
Bill Gallay kemadagi bittayu -bitta qayiqqa tushib, kechasi sheriklari bilan qochib ketibdi. Bunga hech qanday shubha yo‘q. 0 ‘z burchiga binoan kemadan eng keyin ketishi kerak bo‘lgan kapitan undan ham-madan oldin qochib qolgan edi.
— Nomardlar qochib ketishibdi, — dedi Jon Mangls. — Nima ham derdik! Tag'in ham yaxshi, ser: ancha ko'ngilsizlikdan qutulibmiz.
— Men ham shu fikrdaman, — dedi Glenarvan. — Buning ustiga, Jon, kemada kapitan ham bor, mat-roslar ham bor, juda usta bo‘lmasalar-da har holda, mard o‘rtoqlaringiz bor. Buyuravering, bajarishga tayyormiz!
Mayor, Paganel, Robert, Vilson, Myulredi va hat-to Olbinet Glenarvanning so'zlarini chapak bilan qarshi oldilar va palubada saf tortib, Jon Manglsning buyrug'ini kuta boshladilar.
— Nimadan boshlaymiz? — deb so‘radi Glenarvan. Yosh kapitan denizga ko‘z tashladi, keyin ko‘p
qismlari yetishmay qolgan kema rangoutini ko‘zdan kechirdi-da, bir oz o‘ylab olib, dedi:
— Bu ahvoldan qutulishning ikki yo‘li bor, ser: yo kemani toshlar orasidan chiqarib oilshimiz kerak, yo-ki sóida sohilga yetib olishimiz kerak — sol qurish qiyin emas.
— Kemani toshlar orasidan chiqarib olishning ilo-ji bo'lsa, shunday qilish kerak, — dedi Glenarvan, — yaxshisi shu, to ‘g‘ri emasmi?
— To‘g‘ri, ser, chunki sohilga yetib olganimizdan keyin ot-ulovsiz qiyin ahvolda qolamiz.
485
— Sohildan nariroq yurganimiz yaxshi, — deb ilo-va qildi Paganel: — biz Yangi Zelandiyadan ehtiyot bo‘lishimiz kerak.
— Buning ustiga, Bill Galleyning beg'amligi nati-j asida yo‘ldan ancha chetga chiqib ketganimizni ham qo'shib qo‘yish kerak, — dedi Jon Mangls. — Aftidan, biz janubga surilib ketganga o‘xshaymiz. Choshgohda men turgan joyimizni aniqlayman, agar taxmin qilganimdek, Oklenddan janubroqda bo‘lsak, unga qirg‘oq yoqalab borib, yetib olishga harakat qila-miz.
— Kema shikastlangan-ku, uni nima qilasizlar?— deb so‘radi Elen.
— Menimcha, kema uncha qattiq shikast yemagan bo‘lsa kerak, — deb javob berdi Jon Mangls. — Men sinib ketgan fok-machtani vaqtinchalik machta bilan almashtiraman, keyin «Makari» sekinroq bo‘lsa ham, har holda, biz istagan tomonga boraveradi. Bordi-yu, baxtimiz yurishmay, kemaning korpusi ajrab ketgan bo‘lsa, yoki uni toshlar orasidan chiqarib olishning iloji bo‘lmasa, zaruratga bo‘ysunib, sohilga sóida yetib olishga, u yerdan esa Oklendga piyoda jo‘nashga majbur bo'lamiz.
— Demak, eng oldin kemani ko‘zdan kechi-ramiz, — dedi mayor.
Glenarvan, Jon Mangls va Myulredi tryum ga tushdilar. Bu yerga ikki yuz tonnacha oshlangan teri betartib taxlab tashlangan edi.
Shtagga o‘rnatilgan bloklar yordami bilan teri toy-larini uncha qiynalmay boshqa joyga olib taxlashga muyassar bo‘ldilar. Jon Mangls kemani bir oz yengillatish uchun darhol teri toylaridan bir qismini dengizga tashlashni buyurdi.
Uch soat zo‘r berib ishlaganlaridan keyin kema ning tagini ko‘zdan kechirish mumkin bo'ldi. So‘l bortning bir yeri ozroq ajrab ketgan edi. «Makari» o‘ng tomonga yonboshlab qolgani uchun zararlangan so‘l bort suvdan yuqorida turardi. Faqat shuning uchun tryumga suv kirmabdi Vilson ajralib ketgan taxtalar orasiga kanop losi tiqdi-da, ustidan mis tunuka bilan yaxshilab mixladi. Tryumning tagiga lot tashlab, undagi suv ikki fut ham chiqmasligini aniqladilar. Bu suvni nasoslar bilan chiqarib tashlab, kemani yengillatish qiyin emasdi.
Jon Mangls kemaning korpusini ko'zdan kechirib,
486
«Makari» toshga urilganda ko‘p shikastlanmaganini aniqladi. To‘g‘ri, kemani toshdan ko‘tarib olishda fal-shkilning bir qismi qumga botgan yerida qolib ketishi mumkin, lekin bu xavfli emas.
Kemaning ichki qismini ko'zdan kechirib bo‘lgan-laridan keyin Vilson «Makari»ning qumga qanchalik o'tirib qolganini aniqlash uchun suv tagiga sho‘ng‘idi. Burni shimoli-g‘arbga qarab qolgan kema dengiz tagiga deyarlik tik tushib boradigan balchiq aralash qumga o'tirib qolgan ekan. Forshtevnning pastki tomoni va kilning uchdan ikki qismi qumga chuqur o'rnashib qolibdi. Kemaning axterishtevni-gacha bo'lgan boshqa qismi esa suv ichida bo‘lib, suv-ning chuqurligi bu yerda besh sajangacha yetardi. Shunday qilib, rul botib qolmagan, demak baxazo‘r xizmat qilishi mumkin. Bu esa zarur bo‘lishi bilanoq undan foydalanish imkoniyatini berardi.
Tinch okeanda suv u qadar ko‘p ko‘tarilmaydi, shunday bo‘lsa ham Jon Mangls undan foydalanmo-qchi bo‘ldi. Kema suv pasayishidan taxminan bir soat oldin o‘tirib qolgandi. Suv pasaya boshlashi bilan ke ma o‘ng tomoniga borgan sari ko‘proq yonboshlab bo-raverdi. Ertalab soat oltiga borib, ya’ni suv eng pasaygan vaqtda, kema juda qiyshayib qoldi, lekin ke mani tirab qo'yishga hozircha zarurat yo‘q edi. Shu sababdan reyalar bilan xodalarni Jon Mangls keman ing burun tomoniga vaqtincha o‘rnatmoqchi bo‘lgan machta uchun asrab qo‘yish imkoniyati tug‘ildi.
Endi «Makari»ni qumdun ko'tarib olishning chorasini ko‘rish qoldi. Bu ish ko‘p vaqt talab qilar va og‘ir edi. Bu ishlarning hammasini suvning ko‘tari.1-ish paytigacha, ya’ni kunduz soat o‘n ikki-yu chorakkacha bitkazishning sira iloji yo‘q edi, albatta. Buguncha suvning ko‘tarilishi kemaning botmagan qismiga qanday ta ’sir ko‘rsatishini ko'rish ham ki-foya qilar, faqat suvning yanagi ko‘tarilishidagina «Makari»ni qumdan chiqarib olish uchun butun kuch-ni sarf qilish zarur bo‘lardi.
— Qani, boshladik bo‘lmasa!— dedi Jon Mangls. Yangi m atroslar kapitanning buyrug‘ini kuta
boshladilar. Jon Mangls dastlab yelkanlarini yig'ib ol-ishni buyurdi. Mayor, Robert va Paganel Vilson rah-barligida marsga chiqdilar. Shamol urib tursa grot-marsel kemani qumdan chiqarib olishga xalaqit bergan bo‘lardi. Uni yig‘ib olish kerak, buni bir amal-
487
lab bajardilar. Keyin bu ishga o‘rganmagan qo‘llar uchun og‘ir va mashaqqatl mehnatdan keyin grot-bram-stenga shkivdan chiqarib olindi. Bu qiyin ishda mushukdek epchil va yungalardek mard Robert katta-larga ancha yordam ko'rsatdi.
Bundan keyin kemaning orqasiga, kilning qarshisiga langar tashlash, iloji bo'lsa ikkala langarni ham tashlash kerak edi. Bu langarlar suv ko'tarilgan-da «Makari»ni qumdan tortib olishlari lozim. Qayiq bo'lsa, buni qilish qiyin emas. Unda langarni kerakli joyga olib borasiz- da, tashlab kelaverasiz. Lekin hech qanday qayiq yo‘q, shunga qaramay, uning bir ilojini topish kerak.
Glenarvan kemani qumdan chiqarib olish uchun langarni suv qaytgan vaqtda tashlash lozimligini yaxshi tushunadigan darajada dengizchilik ishlarini bilardi.
— Lekin qayiqsiz qanday tashlaymiz langarni?— deb so'radi u, Jon Manglsdan.
— Fok-machtaning siniqlari va bo‘sh bochkalardan solga o‘xshagan bir narsa yasashga to‘g ‘ri keladi, — deb javob berdi yosh kapitan. — Bunday sharoitda langar tashlash qiyin, lekin bir amallasa bo'ladi, chunki «Makari»ning langarlari uncha katta emas. Ularni joyiga tashlay olsak va ular uzilib ketmasa, ishning muvaffaqiyatli chiqishiga men kafil.
— Xo‘p, bo‘lmasa, vaqtni bekor o'tkazmaylik, Jon. Hamraa, matroslar ham, «Makari»ning yo‘lov-chi-
lari ham palubaga chaqirildi, keyin hamma ishga kirishdi. Hali ham fok-machtani ushlab turgan arqon-larni bolta bilan uzdilar. Machta top yonidan sinib tushgani uchun marsni osonlik bilan chiqarib oldilar. Jon Mangls bu yog‘ochlarni solga mo‘ljallab qo‘ydi. A jratib olingan mars maydonchasini bo‘sh bochkalarga o‘rnatdilar, endi ular langarlarni baha-zo‘r ko'tara olardi. Boshqarish uchun uning ketiga eshkak o‘rnatdilar. Suv pasaya boshlaganda solni shunday ham kemaning orqa tomoniga surib ketardi langarlarni tashlagach, ular bog'langan arqonni ush lab, kemaga qaytish oson.
Choshgohga borib solning yarmini qurib bo‘ldilar, Jon Mangls Glenarvanga ishlayotganlarni kuzatib turishni topshirib, o‘zi kemaning turgan joyini belgi-lashga kirishdi, buni bilish juda zarur edi. Baxtidan bo‘lib, Jon Mangls Bill Galleyning kayutasidan
488
Grinvich observatoriyasining qo'llanmasi bilan juda kir bo‘lib ketgan, lekin ishga yaroqli sekstant topdi. Yosh kapitan uni tozaladi-da, palubaga olib chiqdi.
0 ‘sha sekstant yordami bilan u o'zlarining o‘ttiz sakkizinchi daraja kenglikda ekanliklarini aniqladi, Yangi Zelandiyaning g'arbiy sohilida bo‘lganlari uchun kapitan yer 171°13' uzunlikda ekanini bilardi.
Jon Mangls Paganel Edenda sotib oigan Jonston kartasiga qarab, falokat Oklend viloyatining sohilida, Kapua buruni yonida, Aotea qo‘ltig ‘iga kiraverishda yuz berganini aniqladi. Oklend shahri o'ttiz yettinchi parallelda, demak, «Makari» o‘z yo‘lidan bir gradus janubga surilib ketgan, endi Zelandiyaning poytaxti-ga borish uchun kema bir gradus shimolga ko‘tarilishi kerak.
— Nihoyati yigirma besh mil yo‘l ekan. Gapirib o‘tirishga ham arzimaydi, — dedi Glenarvan.
— Dengizdan suzib o‘tilsa, to‘g ‘ri — yigirma besh mil gapirib o‘tirishga ham arzimaydi, agar sohildan borilsa, bu juda uzoq yo‘l, — deb e’tiroz bildirdi Paganel.
— Shuning uchun «Makari»ni qumdan chiqarib ol ishga butun kuchimizni sarf qilamiz, — dedi Jon Mangls.
Yana ishga tushdilar. Soat o‘n ikkidan chorak o‘tganda suv ko‘tarila boshladi, lekin Jon Mangls undan foydalana olmadi, chunki hali langarlar tash-lanmagan edi. Shunday bo‘lsa ham u «Makari» qan day ahvolga kelishini hayajon bilan kuzatib turdi. Suv ko‘tarilganda, kema qumdan chiqib ketsa-ya? Bu besh minut ichida hal bo‘lishi kerak.
Kutib turdilar. Birdan allanarsa qarsillab ketdi. Bu tovush kemaning ko‘tarilayotganidan bo‘lmasa ham, tagi larzaga kelganidan darak berardi. Kema joyidan qimirlamadi, lekin Jon Manglsning butun umidi suvning keyingi safar ko'tarilishidan edi.
Yana ish qaynadi. Soat ikkida sol tayyor bo‘ldi. Unga kichik langarni ortdilar. Jon Mangls bilan Vilson solni kemaning quyruq tomoniga bog‘lab qo‘yib, unga o‘zlari ham chiqib oldilar. Suv pasaygan-da ularni kemadan yarim kabeltov joyga surib ketdi; ular shu yerda chuqurligi o‘n sajencha chiqadigan joyga langarni tashladilar. Langar mahkam o'rnash-di, shundan so‘ng sol kema yoniga qaytib keldi.
Endi ikkinchi, katta langarni tashlash kerak edi.
489
Uni solga tushirish qiyinroq bo'ldi. Lekin tushirib ol-ganlaridan keyin solni suv yana surib ketdi, ko‘p o'tmay katta langar kichigidan ham nariroqqa, lekin o‘n besh sajen chuqurlikka tashlandi. Bu ishni ham bitirgach, Jon Mangls bilan Vilson tortilgan arqon yordami bilan «Makari»ga qaytib keldilar.
Makari »dagilarning hammasi arqonlarni brash-pilga mahkam bog‘lab qo‘yib, suvning keyingi ko‘ta-rilishini kuta boshladilar. Bu safar suv kechasi soat birda ko‘tariladi. Hozir esa soat nihoyati kechqurun-gi olti edi.
Jon Mangls matroslarini maqtab qo‘ydi, Paganelga esa doim shunday intizomli va mard matros bo'lsan-giz, bir kun borib botsman bo'lishingiz ham mumkin deb gap keltirdi.
Bu orada terlab-pishib rosa ishlagan m ister Olbinet oshxonasiga qaytdi. Bu yerda u mazali ovqat tayyorlay boshladi, ovqat juda vaqtida tortildi. Kema komandasi a’zolarining ishtahasi karnay bo'lib ketgan edi. Ovqat hammaga manzur bo‘ldi va sayohatchi-larga yangi ishlar uchun kuch-quwat berdi.
Ovqatdan keyin Jon Mangls o‘ylab q o ‘y i l g a n plan ning muvaffaqiyatli chiqishiga yordam berishi kerak bo‘lgan oxirgi ehtiyot choralarini ko'rib qo‘ydi. Gap kemani qumdan ko‘tarib olish haqida borar ekan zig‘ircha e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Unda ish muvaffaqiyatsiz chiqib qoladi, kemaning yuki keragidan sal og‘irroq bo‘lsa ham, kil o‘zining qumloq o‘rnidan chiqmaydi.
Jon Mangls kemani yengillatish uchun undagi teri toylarining ko‘pgina qismini dengizga tashlashni buyurdi. Endi qolgan teri toylari, og‘ir xodalar, zapas reyalar, ballast solingan bir necha bochkani o‘z og‘irligi bilan forshtevnning ko‘tarilishiga yordam bersin degan maqsadda kemaning quyruq tomoniga taxlab q o ‘y d i l a r . Vilson bilan Myulredi quyruq tomonga yana bir necha bo‘sh bochkalarni dumalatib kelib, ularga suv to'ldirdilar. Bu ishlar faqat yarim kechada tugadi. Butun komanda juda charchab qoldi, bu juda chatoq edi, chunki ko‘p o'tmay, hamma butun kuchini sarf qilib, kemani ko'tarishga yordam berishi kerak edi. Bu hol Jon Manglsni yangi qaror qabul qi-lishga majbur etdi.
Shu vaqt shamol tinib qoldi. Dengiz yuzi bilinar-bilinmas jimirlab turardi. Jon Mangls ufqqa diqqat
490
bilan tikilib, janub-g‘arbdan esayotgan shamol to‘xtab shimol -g‘arbiy shamol ko'tarilayotganini sez-di. Dengizchi buni bulutlarning joylashishi va rangi-ga qarab aniqladi. Vilson bilan Myulredi ham kapi-tanning fikrini ma’qulladilar.
Jon Mangls o‘z kuzätuvlarini Glenarvanga aytdi-da, kemani ko‘tarish ishini ertaga qoldirishni taklif qildi.
— Mening dalillarim mana bunday, — dedi yosh kapitan. — Eng oldin shuki, hammamiz charchab qoldik, «Makari»ni qumdan chiqarib olish uchun esa butun kuchimizni sarf qilishimiz kerak. Undan keyin, kemani chiqarib olsak ham shunday zim-ziyo kechada suv osti toshlari orasidan qanday qilib olib o‘tamiz? Yaxshisi buni kunduzi qilish kerak. Buning ustiga, shoshmaslikka mening yana bir asosim bor: ertaga shamol ham boshqa tomondan esa boshlab, bizga yor dam beradi, men bundan ham foydalanmoqchiman. Men ertaga suv ko‘tarilgan paytda shamol bu eski kaloshni orqasiga sursa deyman. Agar yanglish-masam, ertaga shamol shimol-g‘arbdan esa boshlaydi. Biz grot-machtadagi yelkanlarni ko'taram iz, keyin ular kemani ko‘tarishga yordam beradi.
Yosh kapitan keltirgan dalillar shunday ishonti-rarli ediki, hatto yuz bergan holatdan qattiq iztirob chekayotgan Glenarvan bilan Paganel ham bunga rozi bo'ldilar, shunday qilib «Makari»ni qumdan chiqarib olish ertasiga qoldirildi
Tun tinch o'tdi. Asosan langarlarga qarab turish uchun qorovul qo‘yildi. Tong otdi. Jon Manglsning aytganlari to‘g‘ri chiqdi: shimol-g'arbdan shamol ko‘tarilib, tobora kuchaya bordi. Buning katta foy-dasi tegdi. Butun ekipaj palubaga chaqirildi. Grot-machtaning tepasiga chiqib oigan Robert, Vilson va Myulredi, palubada turgan mayor, Glenarvan va Paganel zarur bo'lgan paytda yelkanlarni ko'tarishga tayyor turar edilar. Grot-marsning reyasini ko‘tardi-lar. Grot va grot-marselni gitovlarga tortib qo‘ydilar.
Ertalab soat to'qqiz bo'ldi. Suv ko'tarilishining eng yuqori nuqtasiga chiqishiga hali to‘rt soat bor edi. Bu to‘rt soat bekor o‘tmadi. Jon Mangls bu vaqt ichida sinib tushgan fok-machta o‘rniga vaqtinchalik fok-machta o‘rnatdi. Bu esa «Makari»ni qumdan chiqarib olish bilanoq bu xatarli yerdan jo‘nab ketish-ga imkon berardi. Komanda yana zo‘r berib ishga
491
tushdi, buning natijasida choshgohgacha bram-reya kema tumshug‘iga vaqtincha machta qilib mahkam o‘rnatildi. Elen bilan Meri Grant zapasdagi yelkanni for-bram -reyaga o‘rnatib o‘rtoqlariga katta yordam berdilar. Ular hammani qutqarish uchun olib borilay-otgan ishga o‘z hissalarini qo‘shganlaridan juda xur-sand bo‘lib ketdilar. Uskunalash tamom bo‘lgandan keyin kemaning husni ancha ayanchli tusda bo‘lsa ham unda yo‘lga chiqish mumkin edi — lekin sohildan uzoqlashib ketib bo‘lmasdi.
Ko‘p o‘tmay suv ko‘tarila boshladi. Dengizda choqqina to ‘lqinlar yura ketdi. Toshlarning qora gav-dasi go‘yo o‘zi o‘rgangan sharoitga sho‘ng‘ib ketayot-gan dengiz hayvonlaridek sekin-asta suv ostiga kirib ketdi. Hai qiluvchi payt yaqinlashib kela boshladi. Sayohatchilar uni hayajon bilan kutib turardilar. Hamma Jonga tikilib, uning buy-rug‘ini kutardi.
Yosh kapitan kema panjarasidan engashib, suv ning ko'tarilishini kuzatardi. U tarang tortilgan lan gar arqonlariga xavotirlik bilan qarardi.
Kunduzi soat birda suv eng yuqori nuqtasiga ko‘tarildi. Suv ko'tarilmaydigan ham, pasaymaydigan ham vaqt keldi. Tez harakat qilish kerak edi. Grot va grot-marsel yelkanlarini ko'tardilar, shamol ularni darhol ochib yubordi.
— Brashpilga! — deb qichqirdi Jon Mangls. Brashpil — o‘t o'chiruvchilarning nasosiga
o'xshatib qurilgan langar tortadigan chig‘ir. Bir tomondan Glenarvan, Myulredi va Robert, ikkinchi tomondan Paganel, mayor, Olbinet brashpilni harakatga keltiradigan bandlarga yopishdilar. Jon Mangls bilan Vilson uzun xoda ko'tarib, qiyshaygan kemani ko‘tarishga yordamlasha boshladilar.
— Qattiqroq! Qattiqroq bosinglar! — deb qichqirdi yosh kapitan. — Baravar zo‘r beringlar, baravar!
Brashpilning kuch bilan tortishi natijasida arqon-lar tarang bo‘lib ketdi. Langarlar mahkam turardi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun shoshilish kerak edi. Bir necha minutdan keyin suv pasaya boshlaydi. Komanda yana ham zo‘r bera boshladi. Kuchayib bo-rayotgan shamol yelkanlarni ochib, kuch bilan machta-ga yaqin surib bordi. Kemaning korpusi titrab ketdi. U hozir ko‘tarib ketadigandek tuyulardi. Ehtimol «Makari»ni qumdan chiqarib olish uchun yana bir kishining yordami kifoya qilardi.
492
— Elen! Meri! — deb qichqirdi Glenarvan.
Yosh ayollar o'rtoqlariga yordam berishga chopdi-lar. Brashpil so‘nggi m arta g‘ijirladi. Ammo kema qimirlamadi. Ish natija bermadi. Suv pasaya boshladi. Bunday ozchilikdan iborat bo'lgan komanda hatto shamol va to‘lqinlarning yordami bilan ham kemani qumdan chiqarib ololmasligi ravshan bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |