O l t i n c h i b o b
BU BOBDA YoVUZLIK NAZARIY JIHATDAN
TALQIN QILINADI
Shunday qilib, Jon Mangls sinab ko'rgan birinchi najot usuli natija bermadi. Dar hoi ikkinchi planni amalga oshira boshlash kerak edi. «Makari»ni tosh-dan ajratib olishning iloji yo‘qligi aniq bo‘ldi, bu ahvoldan qutulishning birdan-bir to‘g ‘ri yo‘li kemani tashlab ketish ekani ham ravshan ko'rindi. Yordam kutib o‘tirish ehtiyotsizlikkina emas, aqlsizlik ham bo'lardi. Biror kema bularni ko'rib qolib yordamga kelguncha «Makari» parcha - parcha bo'lib ketadi. Bo‘ron turib qolsa yoki ochiq dengizda salgina qat tiqroq shamol qo‘zg‘olsa ham, to ‘lqinlar nogiron ke mani qumloqqa surib ketib, toshlarga ura boshlaydi-da, pachoq-pachoq qilib tashlaydi. Turgan gapki, Jon Mangls bu falokat yuz berishidan oldinroq sohilga yetib olish niyatida edi.
Shuning uchun u Yangi Zelandiya sohiliga hamma yo‘lovchilar bilan yetarli darajada oziq- ovqat olib bora oladigan pishiq sol qurishga kirishishni taklif qildi.
Muhokama qilib o'tirish emas, darhol ish boshlash zarur edi.
Ish qizib ketdi, qorong‘u tushguncha talay ish qilib qo'ydilar. Kechqurun soat sakkizlarda, ovqatdan keyin Elen bilan Meri Grant rubkadagi koykalarida dam olib yotishganda, Paganel o‘zlari tushib qolgan ahvolni muhokama qilib, do'stlari bilan palubada ke-zib yurardi. Robert ham uxlagani ketmadi. Dovyurak bola zarur bo‘lib qolsa, har qanday xavfli ishda ham yordam berishga tayyor holda ularning so‘ziga quloq solardi.
Paganel yosh kapitandan, qurilayotgan sol o‘z yo'lovchilarini sohilga tushirib qo‘yishi o‘rniga, sohil bo‘ylab Oklendga olib borolmaydimi, deb so'radi. Jon Mangls bu juda xavfli, deb javob berdi.
— Biz solda amalga oshirolmaydigan bu safarni kemaning qayig‘ida qilish mumkin edimi?
— Juda zarur bo‘lib qolsa, mumkin bo‘lardi, — deb javob berdi Jon Mangls, — o‘shanda ham faqat kunduzi yo‘l yurib, kechasi langar tashlab turishimiz lozim bo‘lardi.
— Demak, bizni tashlab qochgan nomardlar...
— Ha, ularni aytayotgan edingizmi! — dedi Jon Mangls. — Ular g‘irt mast edi, hali bu nomardliklari uchun jonlaridan ajramagan bo'lsalar deb qo‘rqaman.
— 0 ‘zlariga qiyin,— dedi Paganel,— lekin bizga ham oson emas, chunki o‘sha qayiq hozir bizga juda asqatgan bo'lardi.
— Nima ham qilardik endi, Paganel! — dedi gapga aralashib Glenarvan. — Bizni sohilga sol chiqarib qo‘yadi.
— Men ana shundan qochyapman-da, — dedi geografiya olimi.
— Nima, nima! — dedi Glenarvan. — Nihoyati yi
girm a mil joyni bosib o‘tish pampaslarda va
A vstraliyada sayohat qilgan bizdek chiniqqan
odamlarni qo‘rqita oladimi?
— Do‘stlarim, — dedi Paganel, — men bizning ja-soratimizga ham, ayol hamrohlarimizning mardligiga ham shubha qilmayman. Yigirma mil masofa yangi Zelandiyadan boshqa har qanday mamlakatda ham arzimagan yo‘l, albatta. Meni qo‘rqoqlikda ayblamas-sizlar deb o‘ylayman, chunki sizlarni Amerikani kesib o‘tishga, Avstraliyani kesib o‘tishga eng oldin da’vat qilgan men edim. Lekin hozir yana takror aytaman: nima bo'lsa ham, bu xiyonatlar mamlakatida sayohat qilishdan ko'ra o‘sha yaxshiroq.
— Qumga o‘tirib qolgan kemada halok bo‘lishdan o‘sha ham yaxshi, — deb e’tiroz bildirdi Jon Mangls.
— Yangi Zelandiyaning nimasidan qo‘rqamiz? — deb so‘radi Glenarvan.
— Yowoyilaridan, — dedi Paganel.
— Yowoyilardan! — deb takrorladi Glenarvan:— Dengiz yoqalab borsak, ular bilan uchrashmay o‘tib ketolmaymizmi? Buning ustiga, bir to‘da ojiz yov-voyilarning hujumi yaxshi qurollangan va o‘zini hi-moya qila oladigan o‘nta yevropalik uchun qo‘rqinch-li ham emas.
— Gap ojiz yowoyilar ustida borayotgani yo‘q, — dedi bosh chayqab Paganel. — Yangi zelandiyaliklar
494
ingliz hukmronligiga qarshi kurash olib borayotgan kuchli qabilalarga birlashganlar. Ular o‘z yurtlarini istilo qilmoqchi bo‘lganlarga qarshi jang olib bormoq-dalar, hatto ko‘pincha ularni yengmoqdalar ham, yenggandan so‘ng esa, doim ularning go'shtini yeydi-lar!
— Ular odamxo‘r ekan-da! Odamxo'r ekan! — deb qichqirdi Robert, keyin eshitilar-eshitilmas qilib: — Opam... missis Elen... — deb shivirladi.
— Qo‘rqma, o‘g‘lim, — dedi Glenarvan, uni yu-patishga harakat qilib. — Do'stimiz Paganel juda os-hirib yubordilar.
— Hech ham oshirib yuborganim yo‘q-da! — dedi geografiya olimi. — Robert o'zining azamat yigit ekanini ko‘rsatdi, shuning uchun men undan haqiqat-ni yashirmay, yigit kishi bilan gaplashgandek ochiq gaplashyapman. Nahotki hamma yangi zelandiyalik-larni madaniyatli deb o'ylasangiz! — deb davom etdi Paganel. — Bultur Uokner degan bir inglizni mud-hish yovuzlik bilan qiynab o'ldirganlar. Shunisiga diqqat qilingki, bu jinoyatni ular 1864-yilda, Oklenddan nihoyati bir necha le joyda, shunday ingliz ma’murlarining ko‘zi oldida qilganlar.
— Qo'ysangizchi! — dedi mayor. — Bu hikoya-larning ko'pini sayohatchilarning o‘zi to‘qigan dey-
man-a? Nihoyatda xatarli m amlakatdan, odamxo‘rlarga yem bo'lmay, eson-omon qaytish yaxshi-da.
— Bu hikoyalarda m a’lum darajada bo‘rttirilgan o‘rinlar bo‘lishi mumkin, to‘g‘ri, — dedi Paganel, — lekin bularni Marsden, kapitan Dyurvil, Laplas kabi ishonsa bo'ladigan obro‘li odamlar va boshqa ko'pgina kishilar aytib o'tganlar, men ularga ishonaman, men ularga ishonmay qololmayman. Yangi zelandiyaliklar tabiatan shaf-qatsiz bo'ladi. Biror qabila boshlig'i o‘lsa, ular odamlardan qurbon qiladilar. Ularning nazarida, bu qurbonlar vafot qilgan boshliqning g‘az-abini yumshatar ekan, aks holda uning g‘azabi tirik odamlar boshiga balolar keltirishi mumkin ekan. Ayni vaqtda boshliq «u dunyoda» xizmatini qildirish uchun xizmatkorlar ham ola ketadi. Yan-gi zelandiyaliklar o‘sha xizmatkorlarni qurbonliqqa so‘yib, keyin go‘sh-tini yeydilar, bu esa ularning irimchiligidan ham ko‘ra odam go‘shti yeyishni istab qolganlarini ko'rsa-tadi, deb o'ylashga asos beradi.
Paganel to‘g‘ri aytdi. Odamxo'rlik Yangi Zelan-diyada ham Fidji orollaridagi yoki Torres bo‘g‘ozida-gi singari odat tusiga kirib qoldi. Bu yaramas odkt-larga hurofot ham bir oz sabab bo‘ladi, albatta, lekin har holda odamxo‘rlik bu yerlarda mavjud ekan, bun ing sababi asosan shuki, bu yerlarda ba’zan ov qilish mumkin bo‘lgan narsalar oz, ochlik esa kuchli bo‘ladi. Doim och bo'ladigan yowoyilar har zamonda bir bo‘lsa ham nafslarini qondirish uchun odam go'shti yeydigan bo'lganlar. Keyinchalik ularning kohinlari bu mudhish odatni ma’lum tartibga soladilar va muqaddaslashtiradilar. Ziyofat rasm tusiga kirib qo-ladi, ana shu xolos.
Buning ustiga, maorilar nazarida, bir-birining go‘shtini yeyishdan ham tabiiy narsa yo‘q. Bundan tashqari, yangi zelandiyaliklarning aytishicha, agar ular dushmanning go‘shtini yesalar, uning ruhini ham yo‘q qilib yuboradilar, shu tarzda dushmanning joni, kuch-quwati, jasorati ularga o'tadi, bularning hammasi asosan uning miyasida bo'ladi. Odamxo'rlarning ziyofatlarida odam miyasi ana shun-ing uchun eng lazzatli va eng tabarruk taom hisoblanadi.
Lekin Paganel faqat yangi zelandiyaliklarning emas, balki ibtidoiy davrda Yevropada yashaganlarn-ing ham odamxo‘rlik qilganlariga sabab — ochlik bo‘lgan degan fikrni qattiq turib ilgari surdi, har qalay bu fikri asossiz emasdi.
— Ha, — deb qo‘shib qo'ydi geografiya olimi, — odamxo'rlik eng madaniy xalqlar orasida ham uzoq vaqt hukm surib kelgan, sizlar ko'nglinglarga ol-manglar-u, ammo bu xunuk ish shotlandiyaliklar orasida taraqqiy etgan edi.
— Rostdanmi? — deb so'radi Mak-Nabbs.
— Ha, mayor, — deb ta ’kidladi Paganel. — Agar Shotlandiya yilnomalaridan parchalar o'qisangiz, bobokalonlaringiz qanday odamlar bo'lganini bilib olasiz, shunda hatto uzoq o‘tmish zamonlar tarixiga murojaat qilib o‘tirmay, Yelizaveta podsholik qilgan davrda, Shekspir o‘zining Sheylokini yaratayotgan bir zamonda shotlandiyalik qaroqchi Sevney Век odamxo'rlik qilgani uchun qatl etilganini bilib olasiz. Odam go‘shti yeyishga uni nima majbur qildi? Dinmi? Yo‘q, ochlik.
— Ochlik? — deb so'radi Jon Mangls.
— Ha, ochlik, — deb takrorladi Paganel. — Chunki ularning hayvonlari yo‘q, yangi zelandiyalik-larni oqlash uchun emas, odamxo'rlikning sababini tushunish uchun buni bilish kerak. Bu mehmondo‘stlikni bilmagan mamlakatda to‘rt oyoq-lilargina emas, hatto qushlar ham kam bo‘ladi. Maorilar ana shuning uchun doim odam go‘shti yeb kelganlar. Madaniy mamlakatlarda ovchilikning o‘z mavsumi bo‘lgandek, bularda ham odam-xo‘rlikning o‘z mavsumi bo'ladi. 0 ‘sha mavsum kelganda yangi zelandiyaliklar katta ov boshlaydilar, ya’ni boshqacha qilib aytganda, katta urush boshlaydilar, bu urushdan keyin butun-butun qabilalar g'oliblar dasturxoniga tortiladi.
— Demak, Paganel, so'zingizga qaraganda, Yangi Zelandiyadagi odamxo‘rlik undagi yaylovlarda qo‘y, qoramol va cho‘chqa podalar boqila boshlagandan keyingina yo‘q bo‘lib ketar ekan-da? — deb so‘radi Glenarvan.
— Shunday bo‘lsa kerak, qimmatli ser.
— Maorilar odam go‘shtini qanday yeydilar? — deb so'radi Mak-Nabbs: — Homligicha yeydilarmi yo pishiribmi?
— Buni so‘rab nima qilasiz, mister Mak-Nabbs? — deb qichqirdi Robert.
— Nega bo'lardi, o‘g‘lim! — deb javob berdi mayor jiddiy. — Axir men hayotimni odamxo‘rning qornida tugatadigan bo‘lsam, unga pishirilgan holda tushishni istayman.
— Nima uchun?
— Chunki o‘shanda men tirikligim dayoq yeb qo'ymasliklariga ishonaman.
— Sizni tiriklayin qovura boshlasalar nima bo‘lar-di, mayor? — deb uni o ‘yga solib q o 'y d i geografiya olimi.
— Buni qarang-a, — dedi mayor, — qanday qilib
o'lishingni ham bilolmay qolasan kishi.
— Har holda bilib q o 'y g a n in g i z ma’qul, Mak-Nabbs, yangi zelandiyaliklar odam go'shtini faqat qovurib yoki dudlab yeydi. Bular yaxshi tarbiya ko‘rgan, pazanda odamlar. Mendan so‘rasangiz, odamxo‘rlarga yem bo‘lish menga hech ham yoqmay-di. Hayotingni yow oyilar qornida tugatish-a! Tuf-ey!
— Xullas, ularning qo‘liga tushmasligimiz kerak ekan-da, — dedi Jon Mangls.
Do'stlaringiz bilan baham: |