Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet235/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

M i n o t a v r — grek mifologiyasida tasvir qilingan gavdasi odam-ning gavdasiga, kallasi ho'kizning kallasiga o'xshagan mahluq.




17 Kapitan Grant bolalari.

513

Bryuner ko‘li bo'yiga o‘zining shtab-kvartirasini o'rnatadi. Uitkomb esa Rakaya vodisidan Tindal tog'ining sharqiy yonbag‘riga o'tadigan yo‘l topadi. Uitkombning Yakov Luper degan hamrohi bor edi, u keyinchalik bu sayohat to‘g ‘risida va uning qanday falokat bilan tugagani to‘g ‘risida «Littlton Tayms» gazetasida hikoya qilib berdi. Agar yanglishmayotgan boisam , bu ikkala sayohatchi 1863-yilning yigirma ikkinchi aprelida Rakaya daryosi boshlanadigan muz-likda edilar. Bu yerdan ular tog* cho‘qqisiga chiqib, yangi tog* yo'llari axtara boshlaydilar. Ertasiga Uitkomb bilan Luper holdan toyib va sovuq qotib, qor yog‘ib turgan paytda dengiz sathidan to‘rt ming fut balandlikda dam olgani to'xtaydilar. Ular har taraf-dan tik qoyalar bilan o‘rab olingan vodiyda yetti kun daydib yuradilar. Yomg‘ir yog'ib turgani uchun ular ko'pincha gulxan ham yoqolmaydilar, ba’zan och ham qoladilar. Ular o'zlari bilan olib ketgan qand siropga, suxarilari esa xamirga aylanadi, kiyim -boshlari sha-labbo ho‘l bo'lib ketadi, o'zlariga har xil hasharotlar tinchlik bermaydi. Ular bir kunda ko‘p deganda uch mil yo‘l yurishadi, lekin nihoyati ikki yuz yard yo‘l yurishgan kunlar ham bo'lgan. Nihoyat yigirma to'qqizinchi aprelda ular bir maorining kulbasiga ke-lib qoladilar; kulba yaqinidagi bog'dan bir necha dona kartoshka topadilar. Bu yerda ikkala do‘st oxirgi m arta birga ovqat yeydilar. Kechqurun ular Taramakau daryosining dengizga quyiladigan yeriga yaqin joydan dengiz bo‘yiga chiqadilar. Shimol taraf-ga, Grey daryosining bo'yiga borish uchun o‘ng sohil-ga o‘tish kerak edi. Taramakau keng va chuqur daryo. Luper ancha qidirishdan keyin ikkita teshik qayiqcha topadi. U qayiqlarni qo‘lidan kelganicha tuzatgan bo‘ladi, keyin ikkalasini bir-biriga bog'laydi. Kechga yaqin ikki sayohatchi qayiqlarga o‘tirib, daryodan suzib o‘ta boshlaydilar. Ular daryoning o'rtasiga yetar-etmas qayiqlarga suv to'ladi. Uitkomb o‘zini dar yoga tashlab, so‘l qirg‘oqqa qaytadi. Yakov Luper suzishni bilmas edi, shuning uchun o‘z qayig‘iga yopishib oladi. Ana shu uni qutqaradi, lekin u juda ham qo'rqib ketadi. Daryo bechorani toshlarga olib borib uradi. To'lqin uni ko‘mib yuboradi, ikkinchi bir to'lqin yana suv yuziga olib chiqadi. Suv uni toshdan toshga urib boraveradi. Qop- qorong‘u tun kiradi. Chelakdan quygandek yomg'ir yog‘ib beradi. A’zoi


514

badani qonga belangan, rosa shalabbo bo'lgan Luperni daryo bir necha soat oqizib boradi. Nihoyat qayiqcha sohilga borib uriladi va hushidan ketgan Luperni so-hilga chiqarib tashlaydi. Ertalab o‘ziga kelgan Luper ariq yoqasiga emaklab keladi-da, suv o‘zini daryoga tushgan joylaridan bir mil joyga oqizib kelganini bila-di. Keyin o'rnidan turib, daryo yoqalab ketadi va ko‘p o‘tmay, bechora Uitkombni ko'rib qoladi — u boshi va gavdasi suv o‘tlariga o‘ralashib, o‘lib yotgan ekan. Luper qum-ni qo‘li bilan qazib, o‘rtog‘ini o‘sha yerga ko‘madi. Ikki kundan keyin ochidan o'layozgan Lupreni allaqanday mehmondo‘st maorilar topib olib, boshpana beradilar — yerliklar orasida shundaylari ham bor — to'rtinchi mayda esa u Charlton Govit manzil qurib to'xtagan Bryuner ko‘li bo‘yiga yetib ke-ladi. Shuni ham qo'shib qo‘yayki, olti haftadan keyin Govit ham xuddi baxtsiz Uitkomb singari halok bo'la-di.
— Qiziq, — dedi Jon Mangls, — aftidan, bir ish ketidan yurgan sayohatchilar qandaydir bir yo‘l bilan bir-biriga bog'langan bo'ladi. 0 ‘sha bog‘lanish uzilishi bilanoq sayohatchilar birin -ketin halok bo'ladilar.
— To‘g‘ri aytdingiz, do‘stim Jon,— dedi Paganel, men ham ko‘pincha shunday deb o‘ylab qolaman. Qanday hamkorlik qonuniga binoan Govit ham ha-yotini xuddi Uitkomb singari tugatdiykin, degan savol tug‘iladi. Bunga nima desa bo‘ladi? Charlton Govitni hukumat ishlarining boshlig‘i m ister Uayd chaqirib, Xurunui yaylovidan va Taramakau daryosi­ ning dengizga quyiladigan joyigacha yo‘l qurish loyi-hasini chizib berish vazifasini topshiradi. Govit 1863-yil birinchi yanvarda besh kishi bilan yo'lga chiqadi. U o‘ziga topshirilgan ishni juda muvaffaqiyatli tugal-laydi: to Taramakau daryosigacha qirq mil joyga yo‘l quriladi, lekin daryodan o‘tishning iloji bo‘lmaydi. Govit Krayschyorchga qaytib keladi. Qish yaqinlashib kelayotganiga qaramay, u yo‘l qurish ishini davom et-dirishga ruxsat so‘raydi. Mister Uayd rozilik beradi. Govit barcha zarur narsalarni olib, o‘z lageriga qaytib ketadi, u o‘sha yerda qishlamoqchi edi. Yigirma yet-tinchi iyunda Govit Robert Litl va Genri Myuls degan ikki ishchisi bilan birga lagerdan chiqib ketadi. Ular qayiqqa tushib, Bryuner ko‘lining narigi sohiliga jo'naydilar. Shundan keyin ular dom-daraksiz bo‘lib


515

ketdilar. Ular tushib ketgan shaloq qayiqni ko‘l sohi-lidan to‘ntarilib yotgan holda topib oladilar. Govit bi­ lan uning hamrohlarini to'qqiz haftagacha rosa qidi-radilar, lekin topolmaydilar. Bittasi ham suzishni bil-magan u bechoralar ko‘lda cho‘kib ketgan bo‘lsalar kerak.
— Ehtimol, ular eson-omondir, yangi zelandiyalik biror qabilada yashab turgandir, — deb qo‘ydi Elen. — Har holda, ularni aniq o'lgan deb bo‘lmaydi-ku.
— Afsuski, bunday emas, — deb javob berdi Paganel: — o'sha falokatdan bir yil keyin ham qaytib kelmagach... — Geografiya olimi gapini shivirlab ta-momladi, — Yangi Zelandiyadan odam bir yil ichida ham qaytib kelmadimi, albatta, halok bo'ldi deyave-ring.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish