Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet236/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

T o ‘ q q i z i n c h i b o b
ShIMOLGA QARAB 0 ‘TTIZ MIL
7-fevral kuni ertalab soat oltida Glenarvan yo'lga chiqish uchun signal berdi. Yomg‘ir kechasiyoq tin-gan edi. Osmonni o‘rab olayotgan kul rang bulutlar quyosh nurini yerdan uch mil yuqorida to‘sib qo'ygan edilar. Issiq sezilarli emasdi, shuning uchun kunduz-gi sayohat og‘ir bo'lmasligi kutilardi.
Paganel kartaga qarab, Kauxa burunidan Oklendgacha bo'lgan oralikni o'lchadi: oraliq sakson mil chiqdi. Bu masofani har kuni o‘n mildan yo‘l bosib, sakkiz kunda o‘tsa bo‘lardi. Lekin geografiya olimi ilonizi bo'lib ketgan dengiz sohili bo'ylab yur-ishdan ko‘ra o'ttiz mil naridagi, Vaykato va Vaypa daryolari qo‘shiladigan joydagi Ngarnavaxia qishlog'i tomonga yo‘l olishni afzal ko‘rdi. U yerda pochta yo‘li bor, yana ham to‘g‘- rirog‘i, faqat arava yura oladigan va orolning juda ko‘p joyini kesib o'tadigan, Goks ko‘rfazidan Ok- lendga boradigan yo‘l bor. 0 ‘sha yo'ldan Dryuriga yetib olish va u yerda ayniqsa tabi-yotshunos G oxshtetter juda maqtagan ajoyib mehmonxonada dam olish mumkin. Oziqalarni o‘zaro bo‘lishib olib, sayohatchilarimiz Aotea ko'rfazi yoqa-lab yo‘lga tushdilar. Ehtiyot yuzasidan erkaklar o'qlangan karabinlarini tayyor holda ko'tarib, sharq tomonga cho‘zilib ketgan adirdan beixtiyor ko‘z uzol-may borar edilar.


516

Qo‘lidagi kartaga qarab borayotgan Paganel, unda har bir narsa nihoyatda aniq ko'rsatilganiga o‘zida yo‘q shodlanardi.
Kichkina otryad ancha vaqtgacha qo‘sh qanotli chig‘anoqlar maydasidan hosil bo‘lgan qum ustidan bordi.
Ko'tarilib kelayotgan dengiz suvining to ‘lqinlari sekin- sekin kelib urilib turgan sohilda bir necha tyu-lenlar bemalol o'ynashib yotardi. Yumaloq boshli, keng silliq peshonali, ko‘zlari jonli bu dengiz hayvon-lari juda xotirjam bo‘ladilar. Bu ajoyib jonivorlarga qarab turib, ularning juda yoqimsiz ovoz chiqarishiga qaramay, mifologiya-lardagi go‘zal dengiz parilarini nima uchun shularga o‘xshatganliklarini tushunib olasiz. Yangi Zelandiya sohillarida tyulen juda ko‘p uchraydi, tyulen ovi juda ham foydali, chunki uning yog‘i bilan terisiga talab katta.
Tyulenlar orasida uchta yoki to 'rtta dengiz fili ko'rinardi. Ularning rangi kul rang-zangori bo‘lib, uzunligi yigirma besh- o‘ttiz fut chiqardi. Suvda va quruqlikda yashovchi bu bahaybat hayvonlar la-m intariy degan katta-katta suv o‘tlari qalin o‘sgan yerda cho'zilib yotishar va tum shug'ini ko'tarib, olif-talarning oro berib burab qo'ygan m o'ylovlariga o‘xshash uzun, dag‘al, qayrilma mo'ylovlarini g'alati qilib qimirlatar edilar.
Robert bu g‘alati jonivorlarni maza qilib tomosha qildi.
— Iye, qaranglar! — deb qichqirib yubordi birdan hayron bo'lgan bola. — Tyulenlar tosh yeyishyaptil

Haqiqatan ham tyulenlardan ba’zilari sohilda sochilib yotgan toshlardan shoshib-pishib yutayotgan edilar.


— Bo'lmasamchi! — dedi Paganel. — Tyulenlar so­ hilda yotgan toshlarni yeydilar, bu bor gap.

— G'alati ovqat ekanmi, hazm qilib ham bo‘lmay-di, — dedi Robert.



— Bu jonivorlar toshni ovqat o‘rnida yemaydilar, balki ballast o‘rnida yutib oladilar, o‘g‘lim. Shu usul bilan ular o‘z og‘irliklarini oshiradilar: gavda og‘ir bo'lgandan keyin suv tagiga sho‘ng‘ish osonroq bo'la-di. Sohilga qaytib chiqqandan keyin ular toshlarni darhol y ana chiqarib tashlaydilar. Tosh yutib oigan tyulenlar suv tagiga tushib ketishini hozir o‘zing ko‘rasan.


517

Haqiqatan ham, besh-oltita tyulen keragicha bal­ last g'amlab oldilar shekilli, ko‘p o'tmay lapanglab suvga tomon o‘rmalab qoldilar, suv yoqasiga borib, dengiz tagiga sho‘ng‘ib ketdilar. Lekin ularning qaytib chiqib, yukini tashlashini kutishga Glenar-vanning vaqti yo‘q edi. Shuning uchun kichkina otryad yana yo'lga tushdi, Paganel bunga juda achin-di.
Soat o‘nda nonushta qilib olish uchun shunday dengiz yoqasida qaqqayib turgan katta- katta bazalt toshlar ostida to'xtadilar. 0 ‘sha erdagi sayozlikdan juda ko‘p ustritsalar topdilar. U stritsalar juda mayda va ancha bemaza ekan. Lekin Paganelning maslahati bilan Olbinet ularni cho‘g‘da qovurdi, natijada u strit­ salar juda shirin bo‘lib pishdi, nonushta vaqtida ular-dan bir necha o'nini yeb yubordilar.
Ovqatlanib va dam olib bo‘lib, sayohatchilarimiz qo‘ltiq yoqalab yana yo‘lga tushdilar. Arraning tishi-ga o‘xshab qolgan qirrali qoyalar tepasida juda ko‘p dengiz qushlari uchib yurardi. Ular orasida fregatlar ham, tentakqushlar ham, baliqchi qushlar ham, qoya cho'qqilarida qimir etmay o‘tirgan katta- katta alba-troslar ham bor edi. Soat to‘rtga-cha sira qiynalmay va uncha charchamay o‘n mil yo‘l bosib o'tdilar. Ayollar qorong‘u tushguncha yuraverishni taklif qi-lishdi. Xuddi shu payt yo'lni sal boshqa tarafdan so-lish kerak bo‘lib turgan edi. Shimol tarafda ko‘rinib turgan tog* etagidan o‘tib Vaypa daryosi vodisiga kirish kerak edi.
Uzoqda bepoyon yaylovlar ko‘rinar, ulardan o‘tish qiyin emasdek tuyulardi. Lekin dengizga o‘xshab yot­ gan u ko‘mko‘k yaylovlarga yetib borib qaraganda, ish sayohatchilarning o‘ylaganicha bo‘lib chiqmadi: yaylov o‘rnida ular qarshisida oq -oq gulli butalar o‘sib yotardi, butalar orasida esa Yangi Zelandiyada juda ko‘p bo'ladigan baland qirqquloqlar ko‘rinib tu-rardi. Ana shu daraxtsimon butalar orasidan yo‘l ochib yurishga majbur bo'ldilar, bu ancha qiyin ish edi. Har holda kechqurun soat sakkizlarda Xakarixatoa tizma tog‘laridan birining etagini ay-lanib o‘ta oldilar, shundan keyin sayohatchilar tunash uchun to'xtadilar.
0 ‘n to‘rt mil yo‘l yurgandan keyin dam olish ham kerak edi. Na arava, na palatka bo‘lmagani uchun ajoyib nor folk qarag'aylari tagida yotishga majbur


518

bo‘ldilar. Baxtlaridan bo‘lib, odeyaldan kamchilik yo‘q edi, taglariga o‘sha odeyallarni solib yotdilar.
Glenarvan kechasiga zarur ehtiyot choralarini ko‘rib qo'ydi. Erkaklar ikkita -ikkitadan bo‘lib, qurol-larini tayyor ushlagan holda to tong otguncha nav-batma -navbat qorovullik qilib chiqadigan bo'lishdi. Gulxan yoqmadilar. Gulxan yirtqich hayvonlar huju-midan saqlanish uchun yaxshi xizmat qila oladi, lekin Yangi Zelandiyada na yo‘lbars, na arslon, na ayiq uchraydi — unda bironta ham yirtqich hayvon yo‘q.
Yerliklar lahj asida ngamu deb ataladigan qumloq pashshalarining jiz-jiz chaqib, allaqanday jangovar oiladan bo'lgan kalam ushlarning oziq-ovqat solib qo‘yilgan qoplarni sira qo'rqmay qirtillatib chiqqanini hisobga olmaganda, tun umuman tinch o‘tdi.
Ertasiga, 8-fevral kuni ertalab Paganel ancha xotirjam kayfiyatda uyg‘ondi, u Yangi Zelandiyaga deyarlik ko'nikib qolgan edi. Geografiya olimi doim xavotir bo'layotgan m aorilar ko‘rinm adi, bu odamxo'rlar geografiya olimining tushiga ham kirma-di. U buni mamnuniyat bilan Glenarvanga so'zlab berdi.

— Bilasizmi, menimcha, biz bir sayrdek bo'lgan bu sayohatimizni eson-omon tamomlaymiz, — deb qo‘shib qo‘ydi u. — Bugun kechgacha Vaypa daryosi bilan Vaykato daryosi qo‘shiladigan yerga yetib olamiz, u yerdan Oklend yo'liga chiqib olganimizdan keyin esa yerliklar bilan uchrashib qolishdan qo‘rq-masak ham bo'ladi.


— Vaypa va Vaykato daryolari qo'shiladigan joyga yetib olish uchun qancha yurishimiz kerak? — deb so‘radi Glenarvan.
— 0 ‘n besh mil, deyarlik kecha yurganimizcha.

— Lekin mana bu badbaxt butalar yo'lim izni qiyinlashtirib yuboradi-da, — dedi Glenarvan.

— Yo‘q, — deb e’tiroz bildirdi geografiya oli­ mi, — endi Vaypa daryosini yoqalab boramiz, daryo bo‘yida esa hech qanday to'siq yo‘q, yurish oson bo‘la-di.
— Qani bo‘lmasa, yo‘lga tushdik! — dedi Glenarvan, hammaning yo‘lga chiqish uchun tayyor ekanini ko‘rib.
Dastlabki soatlarda quyuq o‘sgan butalar sayohat-chilarning yo‘lini ancha qiyinlashtirib turdi. Albatta, ular hozir o‘tib borayotgan joylardan arava u yoqda

519


tursin, otda ham o‘tib bo‘lmasdi. Shuning uchun Avstraliyada qolgan aravani orzu qilmasa ham bo‘lar-di. Bu changallar orasiga yo‘l solinmaguncha Yangi Zelandiyada faqat piyoda yo‘l yurish mumkin. Bu yer-larda o'sib yotgan har xil qirqquloqlarning o‘zi ham o‘z vatanini ajnabiylardan maorilarga qaraganda yaxshi-roq himoya qiladi.
Shuning uchun Xakarixatoa tog* tizm alari adirlarga aylanib boradigan bu dashtda kichkina otryad ko‘p qiyinchiliklarni yengib o'tishga majbur bo‘ldi. Shunga qaramay, sayohatchilar choshgohgacha Vaypa daryosi bo‘yiga chiqib oldilar-da, undan uyog'iga hech qiynalmay, tik sohil bo‘ylab shimol tarafga yo‘l oldilar.
Top -toza, zilol suv oqib yotgan tog‘ jilg‘alari tez- tez uchrab turgan ajoyib vodiydan bordilar — ularning su-

  1. butalar orasidan shildirab oqib yotardi. Botanika olimi Gukerning aytishicha, Yangi Zelandiyada ikki ming xil o‘simlik o‘sadi, bulardan besh yuz xili faqat Yangi Zelandiyada o‘sadigan o‘simliklar. Bu yerda gul kam bo'fadi, bor gullar ham rang-barang emas. Bir yil-lik o'sim liklar deyarlik yo‘q, lekin qirqquloqlar, boshoqli o‘simliklar, zontiksimonlar juda ko‘p. U yer-bu yerda, sohildan nariroqda ko‘m-ko‘k bo'lib yotgan dalada yakkam-dukkam daraxtlar uchrab turadi: bular orasida qip-qizil gulli matrosider daraxtlari, norfolk qarag'aylari, shoxlari tik o'sgan tui daraxtlari, sarv daraxtining bir xili, yevropalik urug‘-aymog‘iga juda o‘xshab ketadigan rim ular bor. Bu daraxtlarning ham-masi ko‘m-ko‘k maysadek so‘lib yotgan qirqquloqlar orasidan o‘sib chiqqan.

Daraxt shoxlari orasida va butalar ustida kakadu-lar, bo‘ynida qizil yo‘li bor, ko‘m-ko‘k kakariklar, chekkasida ajoyib qop-qora patlar o'sgan taupolar va, nihoyat, tabiyotshunoslar «janubiy nestorlar» deb ism bergan — ularning kattaligi o‘rdakdek keladi, patlari sap-sariq va o‘siq bo‘ladi — to'tiqushlar chug‘urlashib uchib yurishardi.


Mayor bilan Robert o'rtoqlaridan orqada qolmay, daraxt shoxlari orasiga yashirinib o'tirgan bir necha botqoq loyxo'ragi bilan kaklik otib oldilar. Olbinet ularni yo‘l-yo‘lakay tozalab bordi.
Paganel qushlarning go‘shtiga uncha qiziqmasdi, u faqat Yangi Zelandiyaga xos qushlardan birontasini tiriklay ushlab olsam derdi. lining tabiyotshunoslik


520

bilimiga qiziqishi sayohatchilik ishtahasidan ustun keldi. Geografiya olimining esiga tui degan mahalliy qushning ta’rifi tushib qoldi. Yerliklar uni birovni masxara qilayotgandek chag'illashiga qarab «masxa-raboz» deb ataydilar; pati katolik monaxlarning kiyi-miga o'xshab ketgani uchun uni «kyure» deb ham ataydilar; uning bo‘yin atrofidagi pati oq, qolgan yerdagi barcha patlari qop-qora bo'ladi.
— Tui qishda shunday semirib ketadiki, hatto bun-dan o‘zi betob bo‘lib qoladi, gavdasini ko‘tarib uchol-maydigan holga keladi, — deb hikoya qilib bera bosh-ladi Paganel mayorga. — Yog‘ini kamaytirib, bir oz yengilroq bo‘lib olish uchun u tum shug‘i bilan o‘z ko‘kragini teshadi. Sizga bu g‘alati tuyulmayaptimi, Mak-Nabbs?

— Shunday g‘alati tuyulyaptiki, — deb javob ber­ di mayor,— men bu hikoyangizga mutlaqo ishonmay-man.


Geografiya olimi hech narsaga ishonmaydigan ma­ yorga o‘z so'zini isbot qilish uchun tui qushidan birontasini ushlab, uning teshilgan, qonga bo‘yalgan ko‘kragini ko‘rsata olmaganiga juda afsus qildi.
Lekin Paganelning boshqa bir narsadan omadi ke-lib qoldi, bu ham o‘shanday qiziq bir jonivor edi: u odamning, itlar bilan m ushuklarning ta ’qibidan qochib, oroldagi hech kim turmaydigan, bo‘m-bo‘sh yerlarga chiqib ketgan va endi sekin-asta tuxumi qurib ketayotgan Yangi Zelandiya qushi edi. Iskovich itday hamma yoqni tintib borayotgan Robert buta ildizlaridan to‘qilgan bir qush inini topdi, inda na du-mi, na qanoti bo'lmagan il^kita tovuq bor ekan. Ularning oppoq pati tukka o'xshab o'sgan, tum shug‘i bekasniki singari uzun, oyog'ida esa to‘rttadan bar-mog‘i bor. Bu g‘alati jonivorlar tuxum qo'yuvchilar bilan sut emizuvchilar orasidagi o‘tkinchi bir turkum ga o'xshaydi.
Bu Yangi Zelandiya kivi-kivisi bo‘lib, lichin-kalarni ham, chuvalchanglarni ham, hasharot va don-dunni ham yeyaveradi. U faqat Yangi Zelan-diyada yashaydi, shuning uchun uni o‘z iqlimiga o'rgatib ol­ ish Yevropadagi hayvonot bog'lari uchun juda qiyin bo‘ldi. Kivi-kivi gavda tuzilishining originalligi, o‘ziga xos g'alati qilib yurishi bilan sayohatchilarning diqqatini tortgan, Fanlar Akademiyasi okeandagi orollarga yuborilgan katta ilmiy ekspeditsiya bosh-


521

lig‘i Dyumon-Dyurvilga o'sha g'alati qushdan bir-ikki nusxa olib kelishni topshiradi. Lekin olim yerliklarga katta sovg'alar va’da qilib ham, tirik kivi-kivini olib ketishga muyassar bo‘lmaydi.
Topilgan bu ajoyib g'animatdan xursand bo‘lib ketgan Paganel ikkala tovuqni bir-biriga bog‘lab ko‘tarib oldi-da, ildamlik bilan qadam tashlab ketdi; olim bu qushlarni Parij hayvonot bog‘iga sovg‘a qilishni o‘ylab, halitdan terisiga sig‘may sevinardi. Xayol uzoqlarga olib qochgan geografiya olimining ko‘ziga hayvonot bog‘idagi eng yaxshi qafasga yopishtirib qo‘yilgan: «Jak Paganelning sovg'asi» de­ gan yozuv ko‘rinib ketdi.
Bu orada kichkina otryad Vaypa daryosi bo'ylab il-dam yurib borar edi. Atrof bo‘m-bo‘sh. Yerliklarning bironta izi ko‘rinmas, bu orada odam borligini ko'rsa-tadigan bironta so'qmoq uchramasdi. Daryo suvi yo butalar orasidan, yo uzun qumloq sohil o‘rtasidan oqib o'tardi. Suv qumloq sohil orasidan oqib o‘tadigan joylarda sharq tomondan pastgina tog‘ etagiga borib taqaladigan keng past-tekislikning boshdan-oyog‘i ko'rinar edi. Bu tog'larning g'alati tuzilishi uzoqdan qorayib ko'rinib turgan gavdasi qadim zamondagi gi-gant hayvonlarga o'xshardi. Ular go‘yo birdan toshga aylanib qolgan kitsimon katta-katta hayvonlar galasi-day tuyulardi. Qoyalarning bunday betartib, g‘alati shakl olib yotishi ularning vulqon harakati hosil qil-ganidan darak berardi. Haqiqatan ham, Yangi Zelandiya vulqon harakati natij asida nisbatan yaqin zamonda hosil bo‘lgan yer. Bu orollar hozir ham suvdan ko‘tarilishda davom etmoqda. Orolning ba’zi bir joylari yigirma yil ichida dengiz sathidan butun bir sajen yuqori ko‘tarilgan. 0 ‘t Yangi Zelandiya orol-lari ostini hali ham larzaga solib turadi; unda zilzila qo‘zg‘atadi va ko‘p joylarda geyzerlar va vulqonlar orqali otilib chiqadi.
Soat to‘rtgacha dadil qadamlar bilan to‘qqiz mil yo‘lni bosib o'tdilar Paganel tez- tez qarab borayotgan kartaning ko‘rsatishicha, Vaypa va Vaykato daryolari qo'shilishadigan joyga yetish uchun yana besh mil yo‘l yurish kerak edi. U yerdan Oklendga boradigan yo‘l o‘tadi, tunash uchun to ‘xtash mumkin. Oklendgacha qolgan ellik milni ikki- uch kun ichida bosib o‘tsa bo‘ladi, baxtlaridan bo'lib, Goks va Oklend ko'rfazlari orasida oyiga ikki marta qatnab turadigan


522

pochta aravasiga duch kelib qolsalar, Oklendga sakkiz soatda yetib olsa ham bo‘ladi.
— Xullas, yana bir kun ochiq havoda yotadiganga o‘xshaymiz, — dedi Glenarvan.

— Ha, — dedi Paganel, — lekin bu oxirgi m arta ochiq havoda yotishimiz bo‘ladi deb umid qilaman.

— Juda soz bo‘ladi-da, nega desangiz, ochiq havo­ da yotishdan Elen bilan Meri juda qiynalyaptilar.

— Ammo bundan noliyotganlari ham yo‘q, — deb gap qistirdi Jon Mangls. — Agar men gapingizni to‘g‘ri tushungan bo'lsam, janob Paganel, siz bu ikki daryo qo‘shilishadigan joyga yaqin bir yerda allaqan-day qishloq bor degandek bo‘lib edingiz.


— Ha, bor, — deb javob berdi geografiya olimi, — Jonsonning kartasida ko‘rsatilgan. Daryolar tu-tashadigan joydan ikki mil naridagi Ngarnavaxia qishlog‘i.
— Xo‘sh, o‘sha yerdagi biror mehmonxonaga borib tushsak bo'lmaydimi? Meningcha, ayollarimiz tuzukroq mehmonxonaga borib, yaxshilab dam olish uchun ortiqcha ikki mil yo‘l yurishga rozi bo‘ladilar.

— Mehmonxona deysizmi? — deb yubordi Paganel. — Maorilar qishlog‘ida mehmonxona nima qilsin! U qishloqlarda mehmonxona! U qishloqlarda mehmonxona u yoqda tursin, katta karvon-saroy ham, qovoqxona ham yo‘q! Bu qishloq deganimiz bir nechta yerliklar kulbasidan iborat, xolos, shuning uchun menimcha, u qishloqlardan boshpana axtarish emas, aksincha, iloji boricha nari yurish kerak.

— Hali ham qo‘rquvingiz qolmabdi-ya, Paganel! — deb qo‘ydi Glenarvan.

— Qimmatli ser, xo‘p deyavering, bu yerlarda ishonchsizlik har qanday ishonchdan a’lo. Hozir mao­ rilar bilan inglizlarning munosabati qandayligi bizga noma’lum: qo‘zg‘olon bostirilganmi yo g‘olib kelgan-mi, bilmaymiz. Ehtimol, biz bu yerga urush avj olib turgan bir vaqtda kelgandirmiz. Agar kamtarlikni bir chetga surib qo‘ysak, bizdek odamlar yerliklar uchun yomon o‘lja bo‘lmas edik, shunga ko‘ra, men o‘z istagim dan tashqari yangi zelan-diyaliklarning mehmondo‘stligini ko'rishni istamayman. Shu sababli men o‘sha qishloqdan nariroq yurganimiz, uni aylanib o‘tganim iz, yerliklar bilan uchrashib qolishdan qochganimiz yaxshiroq deb hisoblayman. Dyuriga yetib olganimizdan keyin boshqa gap: u yerda ayol-




523

larimiz og‘ir safardan keyin istaganlaricha dam olish-lari mumkin.
Geografiya olimining so‘zi o‘tdi. Elen o‘rtoqlarini xavf- xatarga duchor qilishdan ko‘ra, yana bir kun ochiq havoda yotishni afzal ko‘rdi. Na Elen, na Meri Grant dam olish to‘g‘risida og‘iz ochmadilar, daryo yoqalab yana yo‘lga tushaverdilar.
Ikki soatdan keyin tog* tomondan kechki qoron-g‘ulik bostirib kela boshladi. Ufqqa og‘ib borayot-gan quyosh birdan bulutlar orasidan mo'ralab qoldi, uning qizil nurlari sharq tomonda uzoqdan ko‘rinib turgan tog* cho‘qqilarini yoritdi. Quyosh go‘yo sayo-hatchilarimiz bilan xayrlashayotgandek edi.
Hamma qadamini ildamlatdi, chunki bu kenglik-da qosh qorayib keladigan vaqtning qisqa bo‘lishi-ni, birdan qorong'u tushib qolishini bilar edilar. Qorong'u tushmay turib, daryolar tutashadigan yerga yetib olish zarur edi. Lekin xuddi shu payt atrofni quyuq turnan bosdi- da, yo‘lni topib yurish juda qiyinlashib qoldi.
Sayohatchilarning baxtiga, ko‘z ko'rm agan narsani quloq bilan eshitib ajratib olsa bo‘lardi. Ko‘p o‘tmay suvning guvullashi kuchaydi, bu ikki daryo-ning shu orada birlashuvidan darak berardi. Kechqurun soat sakkizda kichkina otryad nihoyat Vaypa daryosi guvullab Vaykatoga quyiladigan joyga yetib bordi.
— Bu Vaykato, — dedi Paganel, — Oklendga bo-radigan yo‘l uning o‘ng sohili yoqalab o'tadi!

— Daryoni ertaga ko'ramiz, kelinglar, hozir tu-nash uchun joy tayyorlaylik, — dedi mayor. — Meningcha, anavi ko'rinib turgan quyuq soya biror chakalakning soyasi bo‘lsa kerak, u bizni yashirish uchun jo‘rttaga o‘stirilgandek bo‘lib turibdi. Ovqat yeb olamiz-da, yotib uxlaymiz.


— Ovqat yeymiz,— dedi Paganel,— lekin gulxan yoqmay, suxari bilan qoq go‘sht yeb qo‘ya qolamiz. Biz bu yerga yashirin ravishda keldik, ketganimizni ham hech kim bilmay qo‘ya qolsin, yaxshiki tuman tu-fayli bizni hech kim ko‘rolmaydi.

Haqiqatan ham shunday yonginada chakalak bor ekan. Geografiya olimining maslahatini yodda tutgan sayohatchilar chakalak ichiga kirib, tinchgina ovqat-lanib oldilar. Ko‘p o‘tmay, o‘n besh mil yo‘l yurib charchagan yo‘lovchilar qattiq uyquga ketdilar.





Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish