467
U c h i n c h i b o b
Y aN G I ZELAN D IY a QIRG IN I
To‘rt kun ichida «Makari» Avstraliyadan Yangi Zelandiyagacha bo‘lgan yo‘lnig uchdan ikkisini ham bosib o'tolmadi. Bill Galley kemaga kam qarar, hamma ishni yordamchilariga tashlab qo‘-yardi. U kamdan-kam ko‘rinar, yo'lovchilar ham bundan xafa emas edi lar. Galley har kuni vaqtini o‘z kayutasida o‘tirib o‘t-kazsa ham bunga hech kim qarshi bo'lmas edi-yu, lekin qo‘rs xo‘jayin har kuni djin va brendi ichib, mast bo‘lib yurardi. Komanda ham undan o‘rnak olardi, natijada kema o‘z holiga tashlab qo‘yilardi, hech vaqt hech bir kema ham Tufold qo‘ltig‘idan chiqqan kemachalik o‘z holiga tashlab qo'yilmagan bo‘lsa kerak.
Bu kechirib bo‘lmas beparvolik Jon Manglsni hushyor bo‘lishga va kemaning boshqarilishini doim diqqat bilan kuzatib turishga majbur etardi. kema yonboshlab qolay degan paytlarida, Myulredi bilan Vilson bir necha bor rulni to‘rilashga otildilar. Lekin Bill Galley har safar ham ikkala matrosni rosa bo‘ra-lab so'kib berdi. Bunday qo'pol muomalaga o'rganma-gan matroslar har safar ham bu piyanistaning qo‘llar-ini orqasiga qayirib, manzilga yetib olguncha tryum-ning eng tagiga qamab qo‘ygulari kelar edi. Lekin Jon Mangls haqli ravishda g‘azabga kelgan o‘z matroslar-ini bir amallab shaxtidan qaytarib turdi.
Shunday bo‘lsa ham kemaning ahvoli yosh kapi-tanni tashvishga solmay qololmasdi. Lekin u Glenarvanni xavotir qilmaslik uchun buni faqat may or bilan Pagnelga aytdi. Maks-Nabbs ham unga Myulredi bilan Vilson aytgan gapning xuddi o'zini maslaxat berdi.
— Agar zarar deb topsangiz, Jon, — dedi mayor,
— hech ikkilanmay kema qo'mondonligini, yoki — agar siz fikrimni bundan boshqacharoq ifoda qilishni so'rasangiz — kemani boshqarishni o‘z qo‘lingizga ol-ishingiz kerak. Oklendga borib tushganimizdan keyin bu piyanista yana kemasinig xo‘jayini bo‘lib qolavera-di, ana o'shanda kemasini istaganicha to‘ntaraversin, istagan vaqtida cho'kib ketaversin.
— To‘g ‘ri, mister Mak-Nabbs, zarurat tug‘ilishi bilanoq shunday qilaman, — dedi Jon Mangls, — Lekin hozircha ochiq dengizdamiz, kuzatib turishning o‘zi ham kifoya qiladi. Na men, na matroslarim
468
alubadan ketmaymiz. Lekin Bill Galley sohilga yaqin-lashganda ham es-hushini yig‘ib olmasa, rostimni ayt-sam, men juda qiyin ahvolda qolaman.
— Siz to‘g‘ri yo‘lni topib yurolmaysizmi? — deb so‘radi Paganel.
— To‘g‘ri yo‘lni topib yurish oson emas-da, — de-di Jon. — Aytsam ishonmassizlar, lekin bu kemada dengiz kartasi yo‘q.
— Rostdanmi?
— Ha, rost. «Makari» faqat Eden bilan Oklend o'rtasida yuk tashiydi, Bill Galley be yerlarni shun-day o‘rganib olganki, hech qanday hisob-kitobga muh-toj emas.
— Aftidan, u kemaning o‘zi yo'lni topib ketave-ra-di deb o'ylasa kerak, — dedi Paganel.
— Lekin men o‘zi yo‘lini topib yuradigan kema-larga ishonmayman, — dedi Jon Mangls. — Bill Galley kema sohiliga yaqinlashganda ham mast-alast bo‘lsa, ahvolimiz juda chatoq bo‘ladi.
— Zora bu piyanista sohilga yaqinlashganda es-xushini yig'ib olsa, — dedi Paganel.
— Demak, zarur bo‘lib qolsa, siz «Makari»ni Oklend portiga olib kirolmas ekansiz-da? — deb so‘ra-di Mak-Nabbs.
— Sohilning kartasi bo‘lmasa, olib kirib bo‘lmay-di. Bu sohil atrofi juda xavfli, u Norvegiya sohillar-idagi fiordlarga o‘xshagan katta-kichik qing‘ir-qiyshiq va g'alati fiordlardan iborat. U yerda suv osti toshlari juda ko‘p, kemani ularga olib borib urmaslik uchun sohilni yaxshi bilish kerak. Kema har qancha pishiq bo'lmasin, kili biror suv osti toshiga borib uril-sa, pachaq-pachaq bo‘lib ketadi.
— Unda kemadagilar faqat sohilga chiqib jon as-rashlari mumkin, shundaymi? — deb so‘radi mayor.
— Ha, mister Mak-Nabbs, agar bunga ob-havo imkon bersa.
— Chatoq ekan, — dedi Paganel. — Axir Yangi Zelandiyaning sohillari mehmondo'st joylar emas-ku, sohilda xavf-xatar dengizdagidan ham ko'proq.
— Siz m aorilarni nazarda tutyapsiz-a, janob Paganel? — deb so‘radi Jon Mangls.
— Ha, do‘stim. Okeanda suzib yuradigan den-gizchilar orasida ularning juda dong'i chiqqan. Maorilar yowosh avstraliyaliklar emas, zehni o'tkir qonxo'r xalq ular, nihoyatda odamxo‘r bo'ladi.
469
— Demak, agar kapitan Grant Yangi Zelandiya so-hillarida halokatga uchragan bo‘lsa, uni qidirib o‘tir-maslikni maslahat ko‘rar ekansiz-da? — deb so‘radi mayor.
— Faqat dengiz sohilidan qidirish to ‘g‘ri bo‘lardi,
— deb javob berdi geografiya olimi, — chuni «Britaniya»ning izini faqat sohildan topish mumkin, lekin orolning ichkarisiga kirib borish befoyda. Bu o‘lkaga kirishga ju r’at etgan har bir yevropalik mao-rilar qo'liga tushadi, ularning qo‘liga tushgan odam esa tirikchiqmaydi. Men do'stlarimni pampaslardan o‘tishga, Avstraliyani kesib chiqishga da’vat qildim, lekin hech vaqt Yangi Zelandiya so'qmoqlariga bosh-lamayman. Bu shafqatsiz yerliklardan xudoning o‘zi asrasin!
Paganelning xavfsiraganicha bor edi. Bu orollar yomon nom bilan dong chiqargan edi: u orollarni tek-shirish uchun bo‘lgan deyarlik har bir urinish qonli voqialar bilan bog‘langan.
Azob-uqubatlar ichida o‘lgan dengizchilar orasida yangi zelendiyaliklarning qurboni bo'lganlar juda ko‘p. Bu shafqatsizliklarning qonli tarixi yerliklar tomonidan Avel Tasmanning besh matrosini o‘ldirib, yeb yubarilishi bilan boshlanadi. Kapitan Tukley bilan uning qayig‘idagi matroslarning taq-diri ham xuddi shunday bo'lgan. Yangi zelandiyaliklar «Sidney-Kov» kemasining beshta baliqchisini ham Fovo bo‘g‘ozining sharqiy qismida ushlab olib yeb yuborganlar. Shu qa-torda «Og‘aynilar» kemasining Moline gavanida o‘ldirilgan to‘rt matrosini, general Geytsning bir necha soldatini, «Matilda» kemasidan dizertirlik qil-gan uchta matrosni eslatib o‘tish kerak, nihoyat, achinarli taqdiri haqidagi shum xabarlar juda keng tarqalgan kapitan Mariondyu-Frenni ham aytib o'tish kerak.
1772-yil 11-mayda, Kukning birinchi sayohatidan keyin fransuz kapitani Marion o‘z qo‘mondonligi os-tidagi «Maskaren» va «Kastri» degan ikki kema bilan kelib, langar tashlaydi; «Kastri»ga uning yordam-chisi kapitan Kroze boshchilik qilardi. Ikki yuzlama yangi zelendiyaliklar yangi kelgan mehmonlarni juda xursandlik bilan qarshi oladilar. Hatto fransuzlarga o‘zlarini qo'rqoq qilib ko‘rsatadilar. Ularni o‘rgatib olish uchun sovg'alar berishga, har xil yaxshiliklar, do‘stona muomala qilishga to‘g ‘ri keladi.
470
Dyumon-Dyurvilning aytishicha, ularning bosh-lig‘i bo‘lgan idrokli Takuri vangaroa qabilasidan bo‘lib, bundan ikki yil burun Syurvil olib ketgan yer-lik yigitnig qarindoshi ekan.
Har bir haqorat uchun qonli o‘ch olish odati bo‘lo gan maoriylar m am lakatining fuqarosi bo‘lga-ni uchun Takuri uning qabilasinigina emas, hatto urug‘ini ham haqorat qilib ketgan oq tanlilarni kechi-rolmas edi. U yevropaliklarnnig biror kemasi kilishi-ni sabr bilan kutardi. Qanday o‘ch olishni yaxshilab o‘ylab qo'ygan Takuri o‘z planini nihoyatda sovuqqonlik bilan amalga oshirdi.
Takuri oldin o‘zini fransuzlardan qo‘rqqan qilib ko‘rsatdi-da, barcha vositalra bilan fransuzlarni tamo-manbexavotir yurishga o'rgatdi. U o‘rtoqlari bilan ko‘-pincha fransuz kemalarida tunab qoldi. Ular fransuz-larga eng yaxshi baliqlarni tanlab olib kelardilar Ularga xotinlari bilan qizlari yordam qilardi. Ko‘p o‘tmay yer-liklar ofitserlarning ismini ham bilib oldi, ularni o‘z qishloqlariga taklif qila boshladi. Bunday mehmon-do‘stlikka ishongan Marion bilan Kroze aholisi to‘rt ming kishiga yetadigan sohildagi barcha qishloqlarni aylanib chiqadilar. Yerliklar fransuzlarning qarshisiga hech qanday qurolsiz chopib chiqishar, ularning to‘la ishonchini qozonishga harakat qilar edilar.
Kapitan M arionning Orollar qo‘ltig ‘iga langar tashlab to'xtashidan maqsad. «Kastri» kemasining so‘nggi bo‘ron vaqtida ishdan chiqqan machtasini yangilash edi. Shuning uchun u orolni ko'zdan kechi-ra boshladi va 23 -mayda ajoyib kedr daraxtlari o‘sib yotgan o‘rmonga duch keldi; bu o‘rmonlar sohildan sakkiz kilometr ichkarida edi, kemalar esa qo‘ltiqda sohildan to‘rt kilometr masofada turar edilar. 0 ‘sha o‘rmonga lager qurdilar, keyin matroslarning uchdan ikki qismi boita va boshqa asbob-uskuna bilan kedr daraxtlarini kesib, qo'ltiqqacha yo‘l qurishga kirishdilar. Bundan boshqa yana ikkita lager qurdi lar: biri ko'rfazning o‘rtasidagi Motu-Aro orolchasida qurildi va unga ekspeditsiyaning bemorlari va kema tem irchilari bilan bochkasozlari joylashtirildi; ikkinchi lager okean sohiliga, kemalar turgan yerdan olti kilometr beriga qurildi; bu lager duradgorlar lageri bilan aloqa qilib turar edi. Hamma lagerlarda ham dengizchilarga kuchli va har xizmatga hozir yer liklar yordamlashib turdilar.
471
Kapitan Tarion ana shu vaqtgacha ba’zi ehtiyot choralari ko'rishni zarur deb hisoblagan edi. Jumladan, yowoyilarning qurolli holda kemaga kel-ishlari taqiqlangan edi, qayiqlar esa sohilga borganda yaxshi qurollangan komanda soqchiligida borardi. Lekin yerliklar o‘zlarining yaxshi muomalalari bilan Marionnigina emas, hatto eng hushyor ofitserlarni ham alday oldilar. Shuning uchun ekspeditsiya bosh-lig‘i matroslarga sohilga qurolsiz boraverishni buyur-di. Kapitan Kroze bu buyruqni bekor qildirishga ko‘p urindi, lekin bunga erisha olmadi.
Buning ustiga yangi zelandiyaliklar yana ham sadoqat va tadbirkorlik ko'rsata boshladilar. Ularning qabila boshliqlari fransuz ofitserlari bilan juda qalin munosabatda bo‘ldilar. Takuri kemalarga o‘g‘lini ju da ko‘p olib kelar va kechalari o‘sha yerda qoldirib ke-tardi. 8-iyunda Marion qabila boshlig‘inikida tanta-nali ravishda mehmon bo‘ldi, yerliklar fransuz kapi-tanini butun o'lkaning «buyuk boshlig‘i» deb e’lon qildilar va hurmat yuzasidan uning sochiga to‘rtta oq pat-qadab qo'ydilar.
Kemalar Orollar qo‘ltig‘iga kelganidan keyin shu tarzda o‘ttiz uch kun o‘tdi. Machta qurish ishlari an cha ilgari surilib qolgan edi. Bu ishga kapitan Krozening shaxsan o‘zi rahbarlik qilardi. Kemalarga Motu-Aro orolidagi buloqlardan chu-chuk suv g‘am-lab bo‘ldilar. Hullas, ishlar shunday silliq borar ediki, uning muvaffaqiyatli tugashiga hech qanday monelik yo'qdek tuyulardi.
12-iyunda komandirning kateri Takuri yashaydi-gan qishloq yonida baliq ovlashga tayyorlandi. Marion bu baliq oviga o‘zining ikki yosh ofitseri — Vodrikur va Legu, bir ko‘ngilli matros, bir kaplenarmus va o‘n ikki matros bilan birga bordi. Ularni Takuri boshchiligida beshta qabila boshlig'i kuzatib bordi. 0 ‘n yettita yevropalikdan o‘n oltitasining hayotini olib ketadigan dahshatli qirg‘indan hech narsa darak bermas edi.
Kater kema yonidan qirg‘oqqa qarab jo‘nab ketdi-yu, ko‘p o‘tmay ko'zdan g‘oyib bo‘ldi.
Kechqurun kapitan Marion kemaga qaytib kelma-di. Bundan hech kim xavotir olmadi. Kapitan o'rmondagi lagerni ko'rgani borib, o‘sha yerda tunab qolgan bo lsa kerak deb qo‘ya qoldilar.
Ertasiga ertalab «Kastri» kemasining bir qayig‘i
472
har kungidek Motu-Aro oroliga chuchuk suv olib kel-gani ketdi. U eson-omon qaytib keldi.
Ertalab soat to‘qqizda «Maskaren» kemasida vax-tada turgan matros dengizda kemalar turgan joyga juda holdan toygan bir odam suzib kelayotganini ko‘rib qoldi. Darhol unga yordam berish uchun qayiq yuboridi, qayiq uni kemaga olib keldi.
Bu kishi kapitan Marionning katerida eshkakchi bo‘lib ketgan Turner ekan; uning biqinida nayza sanchib qilingan ikkita yara izi ko‘rinib turardi. Bir kun avval baliq oviga ketganlardan faqat u tirik qaytib keldi.
Turnerni savollarga ko‘mib tashladilar, ko‘p o‘tmay mudhish qirg'inning barcha tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
Bechora Marionning kateri ertalab soat yettida so-hilga yetib boradi. Yowoyilar mehmonlarga peshvoz chiqish uchun shodlik bilan o'zlarini suvga tashlaydi-lar va ofitserlar bilan oyog‘ini ho‘l qilishni istamagan matroslarni yelkalarida ko'tarib, sohilga olib chiqadi-lar.
Sohilga chiqib olgandan keyin fransuzlar har tarafga tarqalib ketadilar. Xuddi ana shu paytda nayza va so‘yillar bilan qurollangan yow oyilar ularn-ing har bittasi ustiga o‘ntadan bo‘lib tashlanadilar-da, qirib tashlaydilar. Yarador Turner dushmanlari-dan qochib, chakalak ichiga yashirinishga muvaffaq bo'ladi. U o‘sha yerda o'tirib, butun dahshatli man-zaraning guvohi bo‘ladi. Turner hech kimga ko‘rin-may o‘zini dengizga tashlaydi, o‘lar holatga yetganda «Maskaren»dan yuborilgan qayiq uni kemaga olib ke-ladi.
Bu qirg'in to‘g ‘rlsidagi xabar ikkala kema ko-mandasini ham dahshatga soldi. 0 ‘ch olish to‘g‘-risidagi chaqiriqlar eshitila boshladi. Ammo o‘lganlar uchun o‘ch olishdan oldin tiriklarni qutqarish lozim edi. Sohilda uchta lager bor edi axir, ularni esa odam go‘shtining mazasini allaqachon tatib ko'rgan odamxo'r yowoyilar o‘rab yotardi.
Kapitan Kroze kemada emasdi; u o'rm onda, lagerda tunab qolgandi. Shuning uchun starshiy ofitser Dklemer shoshilinch ravishda barcha zarur ehtiyot choralari ko‘rdi. U «Maskaren»dan bir ofitser boshchiligida soldatlar otryadnini sohilga yubordi. Bu ofitserga birinchi navbatda duradgor-
473
larni qutqazish vazifasi topshirildi. U jo‘nab ketdi, sohil bo‘ylab borib, Marionning tashlab ketilgan katerini ko‘rdi va shu yerda sohilga tushdi.
Yuqorida aytilgandek, o‘rmonda tunab qolgan kapitan Kroze qirg'indan tamom xabarsiz edi. Kunduz soat ikkilarda u lagerga yaqinlashib kelayot-gan soldatlar otryadini ko‘rib qoladi. Kroze allaqan-day baxtsizlik yuz berganini sezib, darrov otryadga peshvoz chiqadi va yuz bergan hodisadan xabardor bo‘ladi. Bu xabarni eshitsa, komandaning ruhi tushib ketishidan qo'rqib, u hech kimga hech narsa ayt-maslikni tayinlaydi.
Bu orada yerliklar lager atrofidagi barcha tepalik-larni egallab oladilar. Kapitan Kroze eng zarur as-boblarni olib, boshqalarnii ko‘mib tashlashni va om-borlarga o‘t qo‘yishni buyuradi. Bu buyruq bajaril-gach, u chekina boshlaydi; uning qo‘li ostida oltmish kishi bor edi.
Erlieklar: «Takuri mate Marion!»1 deya qich-qirib ular ketidan kelishardi. Ular matroslarga boshliqlari o‘ldirilganini bildirjb, ular orasida sarosima boshla-moqchi edilar. G‘azablangan matroslar yow oyilar ustiga otilmoqchi bo‘lar, kapitan Kroze ularni zo‘rg ‘a bosib turardi.
Sakkiz kilometr yo‘lni bosib o'tadilar. Otryad so hilga yetib kelib, ikkinchi lagerdagi m atroslarga qo‘shilishadi-da, qayiqlarga tusha boshlaydi. Bu payt-da mingta yowoyi hech qanday chora ko‘rmay, sohil-da o‘tirar edilar. Lekin qayiqlar dengizga chiqishi bi-lan ular ustiga tosh yog'ila boshlaydi. Shunda to 'rtta mergan matros o‘t ochib, birin -ketin yerliklarning hamma boshliqlarini o'ldiradilar, bu bilan miltiq nima ekanini hali bilmagan yowoyilarni nihoyatda hayron qoldiradilar.
«Maskaren»ga yetib kelgach, kapitan Kroze darhol bir qayiqda Motu-Aro oroliga soldatlar otryadi yubo-radi. Oroldagi bemorlar shu soldatlar soqchiligida yana bir kecha o‘sha yerda tunaydilar, ertalab esa hamma kasallarni kemalarga qaytarib olib keladilar.
Ertasiga Motu-arodagi soqchilar posti qo'shimcha soldatlar bilan yana ham kuchaytiriladi. Orolni undagi yerliklardan tozalab, chuchuk suv g‘amlashni yana davom ettirish kerak edi. Motu- Arodagi qishloqda uch
1«Takuri M arionni o'ldirdil*
474
yuztacha yerlik aholi yashardi. Fransuzlar ularga hu-jum qilib, oltita qabila boshlig'ini o‘ldiradilar, qolgan-larini nayza bilan qochib ketishga majbur qiladilar, qishloqqa esa o‘t qo‘yadilar.
Ammo «Kastri» machtasiz dengizga chiqolmasdi. Kroze kedr daraxtlaridan machta qurish fikridan voz kechishga majbur bo‘ladi, shuning uchun u eski machtani tuzatishga buyruq beradi. Kemalarga chuchuk suv tashish davom etardi. Shu tarzda bir oy vaqt o‘tadi. Yowoyilar Motu-Aroni qaytarib olishga bir necha bor urinib ko'radilar, lekin uddasidan chiqolmaydilar. Yowoyilarning qayiqlari ko'rinishi bilanoq zambarak o‘qlari ularni parcha-parcha qilib yuborar edi.
Nihoyat ishlar tugatildi. Endi o‘n olti qurbondan birortasi tirik qoldimikan, — ana shuni bilish va un-dan keyin hammalari uchun o‘ch olish qolgan edi. Ofitserlar va soldatlar otryadi tushgan qayiq Takuri yashaydigan qishloqqa jo‘naydi. Qayiq yaqinlashib kelganda yerliklarning xoin va qo‘rqoq boshlig'i ko-mandir Marionning shinelini kiyib, qochib ketadi. Uning qishlog'idagi barcha kulbalar sinchiklab tinti-ladi. Takurining o‘z uyida yaqinda pishirib yeyilgan odamning kallasi topiladi. Unda odamxo‘rning tish izlari hali ko'rinar, devorda odamning bir soni osig‘liq turardi. Marionning yoqasi, qonga belangan ko‘ylagi, yosh ofitser Vodrikurning kiyim-boshlari bi lan to'pponchasi, qayiqdagi qurollar va dabdala bo‘lib ketgan kiyim lar topiladi. Nariroqda, boshqa bir qishloqda tozalangan va pishirilgan odam ichak-chavaqlarini topadilar.
Qotillik va odamxo‘rlikni isbot qiladigan bu bar cha dalillarni yig‘ib keladilar. Odam qoldiqlarini izzat-ikrom bilan yerga ko‘madilar. Keyin Takuri bi lan uning sherigi Piki-Orening qishlog'iga o‘t qo‘yib yuboradilar. 1772- yil 14- iyulda ikkala kema ham bu mudhish joylardan jo'nab ketadi.
Yangi Zelandiya tuprog'iga boradigan har bir sa-yohatchi yodda tutishi kerak bo'lgan dahshatli voqia ana shu. Bunday ogohlantirishga quloq solmagan har bir kapitan noma’qui kishidir. Yangi zelandiyaliklar hali ham odamxo‘rlik va shafqatsizlikni tashlaganlari yo‘q. Bunga o‘zining ikkinchi sayohati vaqtida, yaxshi ko'rgan o'lkasi Yangi Zelandiyaga 1773-yilda yana kelgan Kuk ham ishondi. Uning kemalaridan
475
birining 17- dekabrda sohilga o‘t o‘rib kelgani yuboril-gan qayig'i qaytib kelmadi. Qayiqda michman bilan to'qqiz matros bor edi. 0 ‘sha kemaning kapitani Fyurno komandaning qaytmaganidan xavotir olib, leytenant Byurney rahbarligida sohilga odam yubora-di. U oldingi qayiq sohilga yondoshgan yerga borib, mudhish bir vahshiylik va shafqatsizlik manzarasi ustidan chiqadi, bu to‘g‘rida, leytenantning so'ziga qaraganda, «xotirjamlik bilan gapirib bo‘lmasdi. Atrofda, qumloq yerda o‘rtoqlarim izning kallasi, ichak-chavaqlari, o‘pkalari sochilib yotardi, sal nari-da xuddi shunday odam qoldiqlarini bir necha it yeb yurardi».
Bunday qonli voqialar sanog‘ini tugallash uchun yuqoridagilarga yana yangi zelandiyaliklarning 1815-yilda «Og‘aynilar» degan kemaga qilgan hujumini, shuningdek 1820-yilda «Boyd» kemasining butun ko-mandasi hatto kapitani ham, yangi zelandiyaliklar qo'lida halok bo'lganini qo‘shibo‘tish kerak. Nihoyat, 1829-yilning 1-martida qabila boshlig‘i Enararo Sidneydan kelgan «Gaus» degan kemani talab ketdi. Bu talon-toroj vaqtida uning odamlari bir necha mat-rosni o'ldirib, go'shtini keyin pishirib yedilar.
«Makari» kemasi o‘zining kalta fahm matroslar-dan iborat komandasi va piyanista kapitani bilan ke-tayotgan yangi Zelandiya ana shunday joy edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |