B i r i n ch i b o b
«MAKARI»
Kapitan Grantni qidirib yurgan sayohatchilar biror vaqt umidsizlikka tushishi mumkin bo'lsa, bu hol ular hamma narsadan ajragan hozirgi kunlarda yuz berishi mumkin edi. Endi dunyoning qaysi qismiga yangi eks-peditsiya uyushtirish kerak? Yangi m am lakatlarni qanday tekshirsa bo‘ladi? «Dun-kan» qo‘ldan ketdi, hatto o‘z vatanlariga darhol qaytishning ham iloji yo‘q. Shunday qilib, bu olijanob shotlandiyaliklarning
ekspeditsiyasi m uvaffaqiyatsizlikka uchradi. Muvaffaqiyatsizlik! Dovyurak kishilar qalbidan o‘rin ololmaydigan qayg'uli so‘z bu. Shunday bo‘lsa ham Glenarvan o‘z bo‘yniga oigan bu mardona ishni davom ettirishdan ojiz ekanini e’tirof etishga majbur edi.
Mana shu og‘ir paytda Meri Grant otasining nomi-ni tilga olmaslikdek qiyin ishga mardlik bilan chida-di. U «Dunkan»ning halok bo‘lgan komandasi to‘g‘risida o‘ylar ekan, dardini ichiga yutar, shu bilan birga ilgari o'zini ovutib kelgan Elenga tasalli berar-di. Shotlandiyaga qaytish to ‘g‘risida eng oldin Meri gap ochdi. Qizning mardligini, taqdiriga qanchalik mardlik bilan bo‘ysunayotganini ko'rgan Jon Mangls qizga juda qoyil bo‘ldi. Bir kun u kapitan Grantni qidirish ishlarini davom ettirish to ‘g ‘risida so‘z ochgan edi, Meri bir qarash bilan uni to'xtatdi, bir ozdan so‘ng unga:
— Yo‘q, mister Jon, endi o'zini qurbon qilganlar to‘g ‘risida o‘ylaylik. Mister Glenarvan Yevropaga qaytishi kerak, — dedi.
— To‘g‘ri aytdingiz, miss Meri, — deb javob berdi Jon Mangls, — uning Yevropaga qaytishi zarur. Lekin ingliz ma’m urlarini «Dunkan»ning taqdiri to‘g ‘risida xabardor qilib qo'yish ham zarur. Siz ham umidingizni uzmang. Men boshlagan ishimizni tash-lab qo'ymayman — bir o‘zim davom ettiraman. Yo kapitan Grantni topaman, yo uni qidirib yurib o‘zim ham halok bo‘laman!
452
Jon Mangls bo'yniga olayotgan bu majburiyat hazil gap emasdi. Meri bunga rozi bo'lib, go‘yo bu ahdni qo‘l qisish bilan mustahkamlashni istagandek yosh kapitanga qo‘lini berdi. Jon o‘z ixtiyori bilan hayotini xavf-xatarlarga duchor qilmoqda edi, shun-ing uchun Merining qalbi unga nisbatan cheksiz min-natdorchilik bilan to ‘ldi.
0 ‘sha kuni o‘z vatanlargia qaytish to‘g ‘risida qat’iy bir qarorga keldilar. Darhol Melburnga qarab yo‘lga chiqishga qaror qildilar. Ertasiga ertalab Jon Mangls yo‘lga chiqadigan kemalar bor-yo‘qligini bilib kelgani ketdi. Yosh kapitan Edén bilan Viktoriya viloyatining poytaxti o'rtasida kemalar tez-tez qatnab tursa kerak deb o‘ylagan edi.
Lekin ish u o'ylagandek bo‘lib chiqmadi: kemalar juda kam qatnar ekan. Portda langar tashlab turgan uch- to‘rtta kemaning hammasi mahalliy savdo floti-ning kemalari bo‘lib, birontasi ham na Melburnga, na Sidneyga, na Poynt-de-Gallga bormas ekan. Angliyaga esa faqat o‘sha portlardangina borish mumkin.
Endi nima qilish kerak? Biror o'tkinchi kema keli-shini kutish kerakmi? Unda juda uzoq kutib qolish ham hech gap emas, chunki Tufold ko‘rfaziga kemalar kamdan-kam keladi. Ochiq dengizdan qanchadan-qan-cha kemalar o‘tar, ammo buxtaga kirmasdi.
Glenarvan shu to ‘g‘rida o'rtioqlari bilan maslahat-lashib olib, Sidneyga quruqlikdan ketaversakmikin deb turgan ediki, Paganel hech kimning xayoliga kel-magan bir maslahatni o'rtaga tashlab qoldi.
Geografiya olimi ham Tufold ko‘rfaziga borib kel-gan bo‘lib, u yerda Melburn yoki Sidneyga boradigan kemalarning yo'qligidan xabardor edi. Lekin u ko‘rfazda turgan kemalardan biri Yangi Zelandiya orollarining shimoliysi bo‘lgan Ika- na-Maui orolining poytaxti Oklendga jo'nab ketishga tayyorlanayotgani-ni bilib kelgan edi. Paganel o‘sha kemani yollab, Oklendga yetib olishni taklif qildi, u yerdan Yevropaga doim kemalar qatnab turgani uchun vatan-ga qaytishlari oson bo‘lardi.
Bu taklif diqqatga sazovor edi. Buning ustiga Paganel o‘z odatiga qarshi o'laroq taklifini o‘tkazish uchun ming xil dalillar keltirib o'tirm adi, balki maqsadini aytish bilan cheklandi-da, bu safar besh-olti kunga cho‘ziladi, xolos, deb qo‘shib qo‘ydi.
453
Haqiqatan ham, Avstraliyadan Yangi Zelandiyagacha bo‘lgan masofa bir ming mildan oshmaydi.
Taqdirning g'alati bir taqazosi bilan Oklend sayo-hatchilarimiz Araukaniya sohillaridan beri sal bo‘lsa ham chetga chiqmy bosib kelayotganlari o‘ttiz yet-tinchi parallelning xuddi o'zida edi. Geografiya olimi, o‘zini xudbinlikda ayblashlaridan ham cho'chimay, so'zini o‘tkazish uchun buni dalil qilib keltirsa bo‘lar-di, albatta (axir bu unga Yangi Zelandiya sohillarini borib ko‘rish imkoniyatini berardi). Lekin Paganel bunday qilmadi. Aftidan, hujjatlarni ikki m arta qilib bergan tahlili ham noto‘g‘ri bo‘lib chiqqandan keyin u hujjatlarni yana, uchinchi marta yangicha ma’noda tahlil qilib berishga cho‘chigan bo‘lsa kerak. Buning ustiga, hujjatlarning o'zida kapitan Grant oroldan emas, qit’adan boshpana topgan deb aniq aytib qo'yil-gandan keyin uni Yangi Zelandiyada deb isbot qilib bo‘larmidi? Yangi Zelandiya esa orol, albatta. Shu sababdanmi, yo boshqa biror sababdanmi, har holda, Paganel Oklendga jo‘nash to‘g‘risida taklif kiritar ekan, u yerda qidirish ishlarini davom ettirish mumkin degan gapni aytmadi, balki Oklend bilan Buyukbritaniya o'rtasida doim kemalar qatnab tu-rushiga e’tiborni jalb qilish bilan cheklandi.
Tufold ko‘rfaziga kemalar qachon keladi, deb kutib yotish o'rniga shu kemaga tushib yo‘lga chiqish ma’qulroq, degan fikrda bo‘lgan Jon Mangls Paganelning taklifini quw atladi. Lekin u bunday qaror qabul qilishdan oldin geografiya olimi aytgan kemani bir ko‘rib kelish kerak, degan fikrda edi. Glenarvan, mayor, Paganel, Robert va yosh kapitan qayiqqa tushib bir necha m arta eshkak eshishdayoq qirg‘oqdan birnecha kabeltov joyda turgan o‘sha ke-ma oldiga yetib bordilar.
Bu suv sig'im i ikki yuz ellik tonna bo‘lgan «Makari» nomli kema edi. U Avstraliya va Yangi Zelandiyaning turli portlari orasida qatnab turardi. Kapitan, yoki to‘g‘rirog‘i, kemaning xo'jayini ularni ancha dag‘allik bilan qarshi oldi. Sayohatchilar uning beshtala matrosi kabi juda tarbiyasiz odam ekanini darhol sezib oldilar. U semiz, qip-qizil, qo'llari dag'al, burni pachoq, ko'zlari shilpiq odam edi; bular ustiga uning vahshiyona ko‘rinishini qo‘shsangiz, Bill Galley juda yoqimsiz odam ekanini ko‘z oldingizga keltira olasiz. Lekin boshqa chora yo‘q, safar bir
454
necha kungagina cho‘ziladigan bo'lgani uchun bunga uncha ahamiyat berilmasa ham bo‘laverardi.
— Ey, nima kerak sizlarga? — deb qichqirdi Bill Galley, kemasiga chiqib kelayotgan begona kishilarga.
— Kapitan siz bo‘lasizmi?— deb so'radi Jon Mangls.
— Men, — deb javob berdi Galley. — Xo‘sh, yana nima deysiz?
— «Makari» Oklendga yuk olib ketyaptimi?
— Ha. Xo‘sh, yana!
— U nima olib ketadi?
—Nuqul olish va sotish mumkin bo‘lgan narsalarni. Xo‘sh, yana!
— U qachon yo‘lga chiqadi?
— Ertaga choshgohda, suv ko‘tarilishi bilan. Xo‘sh, yana?
— Kemaga yo‘lovchi olarmidingiz?
— Odamiga qaraymiz-da, buning ustiga — ular ke-madagi umumiy qozondan ovqat yeyishga rozi bo'lish-lari kerak.
— Ularning o‘z oziq-ovqatlari bo‘ladi.
— Xo‘sh, yana!
— Yana?
— Ha. Ular necha kishi?
— To'qqiz kishi, ikkitasi ayollar.
— Kemada kayuta yo‘q.
— Rubkada ham ketaveradilar.
— Xo‘sh, yana!
— Rozimisiz? — deb so'radi Jon Mangls, kapitan-ning qo‘pol muomalasi va bem a’ni qiliqlariga zarracha ham ahamiyat bermay.
— 0 ‘ylab ko'rish kerak, — deb to ‘ng‘illadi «Makari»ning xo‘jayini.
Bill Galley tagiga nag‘al qoqilgan, qo‘pol etiklari-ni gursillatib palubaning u boshidan bu boshiga ikki marta borib keldi, keyin shartta burilib kelib, Jon Manglsning qarshisida to‘xtadi-da:
— Qancha to‘laysiz? — deb so‘radi.
— Qancha so‘raysiz? — deb so'radi Jon.
— Ellik funt.
Glenarvan rozi ekanini bildirib, bosh silkitdi.
— Xo‘p, — dedi Jon Mangls, — rozimiz: ellik funt to‘laymiz.
— Bu faqat yo‘l kira.
— Faqat yo‘l kira.
— Ovqat xaqini alohida to‘laysizlar.
455
— Alohida to'laymiz.
— Bo‘bdi. Xo‘sh, yana! — dedi to‘ng‘illab Galley.
— Nima yana?
— Bay puli.
— Mana bu kira haqining yarmisi — yigirma besh funt, — dedi Jon Mangls, pulni kemaning xo‘jayini ko‘z oldidayoq sanab berar ekan.
Galley rahmat deyishni xayoliga ham keltirmay, pulni cho'ntagiga tiqdi.
— Ertaga shu yerda bo‘linglar. Choshgohgacha. Yetib kelsanglar, kelmasanglar — langarni ko‘ta-raveraman.
— Yetib kelamiz.
Ishni tugatib, Glenarvan, mayor, Robert, Paganel va Jon Mangls kemadan jo‘nab ketdilar, Bill Galley esa ularga hurm at yuzasidan juda bo‘lmaganda shap-kasiga qo‘l tegizib qo‘yishni ham ep ko‘rmadi.
— Qo‘polligini qarang-a! — dedi Jon Mangls.
— Menga esa yoqdi, — dedi Paganel. — Haqiqiy dengiz bo‘risi ekan!
— Ayiq deng, ayiq, — deb qo‘ydi mayor.
— Menimcha, bu ayiq bir vaqtlar qul oldi-sotdisi ham qilgan bo‘lsa kerak, — dedi Jon Mangls.
— Bizga bari bir emasmi? — dedi Glenarvan — Bizga kerakli joyi shuki, u «Makari»ning kapitani, «Makari» esa Yangi Zelandiyaga boradi. Tufold ko‘rfazidan chiqib, Oklendga yetib borguncha biz uni har zamonda bir ko'ramiz. Oklendga yetib olgandan keyin esa sira ham ko‘rmaymiz.
Elen bilan Meri Grant ertaga yo‘lga chiqishlarini eshitib juda xursand bo'ldilar. Glenarvan ularni «Makari»da «Dunkan»dagi qulayliklar yo‘q deb ogoh-lantirib qo‘ydi. Lekin bu arzimas ikir-chikirlar shun-cha qiyinchiliklarni boshdan kechirgan dovyurak ayol-larni cho‘chita olmadi. Oziq-ovqat g‘am-lashni Olbi-netga topshirildi. Bechora Olbinet kemada qolgan xotinining dardida kuyardi: u ham, albatta, butun eki-paj bilan birga yovuz katorjniklar qo‘lida halok bo‘l-gan. Shunga qaramay, mister Olbinet o‘zining oshpaz-lik vazifasini har vaqtdagidek puxta bajarardi. U oziq-ovqat sotib olish ishini bir necha soatda tamomladi.
Bu orada mayor Glenarvanning cheki bilan Melburn ittifoqi bankidan borib pul oldi. Keyin u qurol va o‘q-dori sotib olishga kirishdi. Paganel esa Yangi Zelandiyaning ajoyib bir kartasini sotib oldi.
456
Myulredi yana kuchga kirdi. Yarasining og‘rig ‘i deyarlik qoldi. Dengiz safari uning sihatini tamom tik-lashi kerak edi. U Tinch okean shamollarida davolanib, tamom tuzalib ketish umidida edi. Vilsonga «Makari»da yo‘lovchilar uchun joy hozirlash vazifasi topshirildi. U shchetka va supurgi bilan kemadagi rubkani yaraqlatib tozaladi. Bill Galley hayron bo‘lib yelkasini qisdi, lekin Vilsonni o‘z holiga qo‘yib berdi. Glenarvan va uning hamrohlari kapitanni zarracha ham qiziqtirmasdi. U o‘z yo‘lovchilarining ismini ham bilmas, bilishga qiziqmasdi ham. Bu yo‘lovchilar unga qo‘shimcha ellik funt daromad keltirardi — boshqasi bilan uning ishi yo‘q. Uning uchun kema tryum iga liq-liq qilib ortilgan ikki yuz tonna oshlangan teri ko‘proq ahamiyatga ega. Unga, odamdan teri afzalroq.
U negotsiant1 edi. Shunga qaramay, uni marjon qoyalari ko‘p bo‘ladigan bu atrofdagi dengizlarni yaxshi biladigan tajribali dengizchi deb tanir edilar.
Glenarvan jo‘nab ketishdan oldingi kunning oxirgi soatlarini sohilning o‘ttiz yettinchi parallel o'tadigan joylarini yana bir tekshirib chiqishga bag'ishlamoqchi bo‘ldi. Bunda u ikki maqsadni ko‘zda tutardi. Birinchi-dan, u «Britaniya» halokatga uchragan bo‘lishi ehti-mol tutilgan sohilni yana bir marta ko‘zdan kechirish-ni istardi. Axir Ayrton, albatta «Britaniya»ning bots-mani bo'lgan, kema xaqiqatan ham A vstraliyaning sharqiy sohilida, shu orada halokatga uchragan bo'lishi ehtimol. Bu mamlakatdan butunlay ketishdan oldin o ‘sha yerni yaxshiroq tekshirib ko‘rmaslik yengiltaklik bo'lardi. Ikkinchidan, u yerda «Bri taniya »ning biror izini topib bo‘lgmaganda ham, «Dunkan» katorjniklar qo‘liga shu sohilda tushganligi shubhasiz. Ehtimol, jang bo'lgandir. Shunday ekan, sohilda bo‘lib o‘tgan kurash izlarini, ko'rsatilgan oxir gi, keskin qarshilik izlarini uchratish mumkin emas-midi? Agar komanda dengiz to'lqinlari orasida halok bo‘lgan bo'lsa, to'lqin aqalli bir necha murdani sohilga chiqarib tashlagan bo‘lishi ehtimol emasmi?
Shuning uchun Glenarvan Jon Mangls bilan birga razvedkaga jo‘nadi. «Viktoriya» mehmonxonasining xo‘jayini ularga ikkita ot topib berdi, so‘ng ular yana Tufol ko‘rfazini aylanib o‘tadigan yo'ldan shimol tomonga yo‘l oldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |