Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


Chodir o‘qdan saqlay olmasdi. Chekinish kerak



Download 0,7 Mb.
bet222/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Chodir o‘qdan saqlay olmasdi. Chekinish kerak.

Yengil yarador bo‘lgan Glenarvan o‘rnidan turdi.
Aravaga! Aravaga!— deb qichqirdi Jon Mangls, Elen bilan Meri Grantni yetaklab, o‘sha tomonga chopar ekan.
Ko‘p o‘tmay ular qalin taxtalardan yasalgan ar­ avaga kirib yashirindilar.
Jon Mangls, mayor, Paganel va matroslar o‘z karabinlarini olib, arava panasiga o‘rnashdilar va qochqin mahbuslar hujumini qaytarishga hozirlik ko‘rdilar. Olbinet ham darhol himoyachilar orasidan o‘rin oldi.
Bu ishlar hammasi yashin tezligida qilindi. Jon Mangls o'rmon chetida nima bo'layotganini diqqat bi­ lan kuzatib turardi. Ben Joys o‘z shaykasiga borib qo‘shilishi bilanoq pala-partish otilayotgan miltiq ovozlari tinib, jimlik cho'kdi. Faqat u yer-bu yerda, yelim daraxtlari orasida yaqindagina otilgan miltiq o'qlarining tutuni tarqalib borar, baland o‘sgan gas-trolobium butalari qimir etmasdi. Hujum tayyor-lanayotganini ko'rsatadigan hech qanday alomat yo'q.
Mayor bilan Jon Mangls to o‘rmongacha razvedka qilib keldilar. Hech kim yo‘q. Ko‘p odamlarning izi ko‘zga tashlanar, u yer-bu yerda miltiq otilganda to‘kilgan porox yonib turmoqda edi. Qurib yotgan o'rmonga o‘t ketishi uchun bitta uchqun ham kifoya qilishini yaxshi bilgan ehtiyotkor mayor uni tepkilab o‘chirib tashladi.
Katorjniklar g ‘oyib bo‘libdi, — dedi Jon Mangls.

420


— Ha, — dedi mayor, — rostim ni aytsam, bu meni tashvishga solyapti, menimcha, bu m uttaham lar bilan yuzma-yuz uchrashganim iz m a’qul edi, chunki qalin o‘t ichida yashirinib yotgan ilondan ochiq dashtdagi yo‘lbars xavfsizroq. A rava atrofidagi anavi b u talarni bir ko‘zdan kechirib chiqaylik.
Mayor bilan Jon M angls aravaning to ‘r t atrofini bir-bir tekshirib chiqdilar. 0 ‘rm on yoqasidan to Snou
sohiligacha b itta ham qochqin uchram adi. Ben Joysning shaykasi yirtqich qushlar galasi singari uchib ketgandek tuyulardi. U larning bunday g'oyib bo‘lishi juda g ‘alati edi, chunki sayohatchilar o‘zlari-

ni xavfsizlikda

deb

hisoblay

olm asdilar.

Shuning




uchun

ular doim hushyor

bo‘lishga

qaror

qildilar.




A rava,

boshqacha qilib aytganda, loyga botib

qolgan




bu rostakam qal’a m anzilning

m arkazi bo'lib

qoldi.




H ar

soatda almashinib, ikki kishidan

poyloqchilikda




tu ra

boshladilar.

G rant

dastlab

G lenarvanning




Elen

bilan

Meri




yarasini bog‘ladilar. G lenarvan Ben Joysning o‘qidan yaralanib, yerga yiqilganda Elen qo'rqib ketib, erin-ing ustiga o‘zini otdi. Keyin bu mard xotin o‘zini bosib olib, erining aravaga yetib borishiga ko‘mak-lashdi. G lenarvanning yelkasini ochib k o 'rd ila r .

Y arani sinchiklab ko‘zdan kechirgan mayor o‘q na


m uskulga, na suyakka zarar yetkazm aganiga ishonch hosil qildi. Yaradan tinm ay qon oqar, lekin Glenarvan qo'li va barm oqlarini bemalol qim irlata olardi — bu

hol xo tin i bilan do‘stla rin i ancha tin ch lan tird i.


Darhol yarani yaxshilab bog‘lashdi, shundan so‘ng Glenarvan men bilan ortiq ovora bo‘lib o‘tirm anglar, deb talab qildi. Hozirgina bo'lib o'tgan hodisaning sabablarini aniqlab olish payti keldi. T ashqarida soqchilik qilayotgan Vilson bilan M yulredidan boshqa barcha sayohatchilar bir amallab arava ichiga joy-lashib oldilar-da, mayordan izoh so‘radilar.
Hikoyasini boshlashdan oldin mayor Elenni hali unga m a’lum bo‘lmagan narsalar: Pert turm asidan katorjniklar shaykasi qochgani, bu shayka V iktoriya viloyatida paydo bo‘lgani, Kemden ko‘prigida yuz bergan halokat o‘shalarning ishi ekanidan xabardor qilib qo'yishni lozim topdi. Shuningdek, u Elenga «A vstraliya va Yangi Zelandiya gazetasi»ning o‘zi Seym urda sotib oigan sonini ham berdi-da, b ir yarim


421

yil ichida qilgan jinoyatlari bilan yomon nom chiqar-gan xavfli qaroqchi Ben Joysning boshi uchun polit-siya yuz fu n t sterling m ukofot belgilanini ham qo‘shib qo‘ydi.
Lekin botsman A yrtonning Ben Joys ekanini Mak-Nabbs qanday bilib oldi? Hammaning ham ana shu sirni tezroq bilgisi kelardi. M ayor quyidagilarni hikoya qilib berdi.
Mak-Nabbsning aytishicha, A yrton bilan dastlabki uchrashuvdayoq nima uchundir mayorning ko‘nglida ishonchsizlik uyg‘onadi. B itta-ikkita mayda-chuyda faktlar, uning Vimmera daryosi yoqasida tem irchi bi­ lan g 'alati qilib ko‘z urishtirib olishlari, iloji boricha shahar va qishloqlarni chetlab o‘tishga urinishi, hadeb «Dunkan»ni sharqiy sohilga chaqirishni iltimos qilishi, ixtiyoriga topshirib qo'yügan ot va ho‘ki-zlarning g 'ala ti bir usulda halok bo'lishi — bularning hammasi, shuningdek, botsm anning odamlar bilan muomala qilishidagi doimiy ehtiyotkorligi mayorda shubha uyg‘otadi. Ammo kecha kechasidagi hodis-agacha A yrtondan nima uchun shubha qilayotganini m ayorning o‘zi ham aniq bilmaydi.
Lekin u kecha kechasi baland o‘sgan butalar orasi-dan yashirinib, uzoqdan o'zining diqqatini tortgan, manzildan yarim mil naridagi shubhali ko‘lankalar oldiga boradi. Yorug* beradigan qo‘ziqorinlar qop-qorong‘u zim istonni sal-pal yoritib turardi. Uch kishi yerga tushib qolgan yangi izlarni ko'zdan ko'chiray-otgan ekan. Mak-Nabbs ulardan biri Blek-Poyntdan kelgan tem irchi ekanini tanib qoladi. «Bu o'shalarn-ing izi», deydi bittasi. «Ha, — deb javob beradi ikkin-chisi, — mana belgili taqaning izi». — «Bu Vim-meraning xuddi o‘zidan boshlangan iz». — «Hamma otlar harom qotib bo‘ldi». — «Zahar har qadamda tay-yor». — «Ha, u butun bir kavaleriya polkining otlar-ini qirib tashlashga ham yetadi». — «Gastrolobium juda foydali o‘t chiqdi-da!»
— Shundan so‘ng ular jim bo‘lib qolishdi, — deb davom etdi mayor, — keyin nari ketishdi. Lekin men-ga bu eshitganlarim hali ozlik qilardi, shuning uchun men ham ular ketidan ketdim . Ko‘p o‘tm ay ular yana gapga kirdilar. «Ben Joys juda epchil yigit chiqdi-da! — dedi tem irchi. — Qoyilman-e, botsm ani tush-magur kema halokatini yaxshi o‘ylab topdi-da! Agar


. 422

uning plani amalga oshsa, bizdan badavlat odam bo‘lmaydi! Bu Ayrton odam emas, shayton», — «yo‘q, uni Ben Joys deb atayver, u bu ismga loyiq ekanini ko‘rsatdi!» Shundan keyin ablahlar o‘rm ondan chiqib ketishdi. Endi men o'zim ga kerak narsalarning ham-m asini bilib oigan edim, shuning uchun, Paganelning jahli chiqmasin-u, A vstraliya har qanday m ahbuslar-

ning ham

axloqini tu zata olmas ekan, degan

xulosa




chiqarib, manzilga qaytib keldim .

o‘yga




Mayor

jim qoldi. O 'rto q lari indam ay,




cho‘mib o‘tira r edilar.







— Demak, A yrton bizni bu yerga ta lash va o‘ldirish uchun olib kelgan ekan-da? — deb so'radi g ‘azabdan rangi oqarib ketgan Glenarvan.
— Ha! — deb javob berdi mayor.

— Uning shaykasi Vimmera daryosi yoqasidan to shu yergacha izimizdan ergashib kelgan, shundaym i?


— Ha.

— Demak, bu m uttaham «Britaniya» kem asining

m atrosi ham emas ekan-da? Demak, u A yrton degan

tam om an boshqa kishining ism ini va kema kapitani


bilan qilgan bitim daftarchasini o‘g‘irlab oigan ekan-da?
Hamma Mak-Nabbsga qarab turardi: axir bu fik r uning miyasiga ham kelgan bo'lishi kerak edi-ku.
— Bu mudhish voqialardan mana shularni aniq aytish mumkin, — deb javob berdi mayor odatdagidek xotirjam lik bilan. — Menimcha, uning ismi haqiqatan

ham

Ayrton. Ben Joys —

uning

laqabi.

U G arri

G rantni bilishi

va «Britaniya»da

botsman

bo‘lgani

ham

shubhasiz.

B ularning

ham masini A yrtonning

o‘zi mufassal aytib bergan gaplar isbot qila oladi, buni men hozir aytib bergan katorjniklarning suhbati ham tasdiqlaydi. Befoyda taxm inlar bilan boshimizni qotirib o‘tirm aylik-da, A yrton bilan Ben Joys b itta odam, ya’ni «Britaniya» kem asining m atrosi keyin-chalik qochqin katorjniklar shaykasining boshlig‘i

bo‘lib oigan deb xulosa chiqaraylik.

kim

e’tiroz




M ak-Nabbsning

so 'zlarig a hech




bildirm adi.













— E ndi,— dedi

G lenarvan,— Garri G rantning




botsm ani qanday qilib A vstraliyaga

kelib

qolgan,




menga shuni tushuntirib bera olasizmi, Mak-Nabbs?

— Qanday qilib? Bilmadim, — deb javob berdi




423

mayor. — Politsiya ham hundan xabarsiz ekanini bildirdi. Nima uchun? Buni men ham bilmayman. Bu sirni faqat kelajak ochib berishi mumkin.

— A yrton bilan Ben Joysning b itta odam ekanini politsiya xayoliga ham keltirm aydi, — dedi Jon Mangls.


— To‘g ‘ri aytdingiz, Jon, — dedi mayor. — Bu ma’lumot politsiyaning qidirish ishlarini yengillatgan bo'lardi.
— U m uttaham , Paddi Murning fermasiga yomon niyat bilan borgan bo‘lsa kerak,— dedi Elen.
— Shubhasiz, — dedi Mak-Nabbs. — A ftidan, u irlandiyaning ferm asida allaqanday biror jinoyat hozirlayotgan ekan-u, bu yoqda u o‘ylaganidan ham yaxshiroq o'lja chiqib qolgan. Tasodif u bilan bizni to‘qnash qiladi. U Glenarvanning hikoyasini eshita-di, kema halokati yuz berganini bilib oladi-da, surbet, dovyurak odam bo‘lgani uchun darhol yuz bergan bu ahvoldan foydalanm oqchi bo'ladi. Ekspeditsiya tashkil qilishga qaror qilinadi. Yimmera daryosi bo‘yida o‘z odam laridan biri, ya’ni

Blek-Poyntli tem irchi bilan aloqa bog‘laydi,

tem irchi esa Glenarvanning otini uch yaproq rasm i

tushirilgan taqa bilan

taqalab, shaykaga bizning

izimizdan kelish im koniyatini

beradi.

Ben

Joys

zaxarli o ‘t yordam i

bilan

birin -ketin ot va

ho‘kizlarim izni qirib bitiradi. Nihoyat,

vaqti

yetib,

bizni Snou botqoqligiga olib keladi-da, o‘zi bosh bo'lgan qochqin katorjniklar ixtiyoriga topshiradi.
Hammasi ravshan bo'ldi. Mayor Ben Joysning bu-tun taktikasini ochib tashladi, u m uttaham ning asi basharasi ochildi-qo‘ydi: A yrton dovyurak va xavfli jinoyatchi edi. Uning niyatlari endi m a’lum, shuning uchun G lenarvan nihoyatda ehtiyot bo'lishi kerak. Sayohatchilarning baxtiga fosh qilingan qaroqchi, xoindan xavfsizroq, albatta.
Lekin m ayor tomonidan har tom onlam a ochib tash-langan hozirgi vaziyatdan bir muhim natija chiqardi-ki, bu to ‘g ‘rida hozircha Meri G rantdan boshqa hech kim o‘ylab ko‘rganicha yo‘q edi. Hamma bo'lib o‘tgan hodisalarni muhokama qilish bilan band ekan, Meri G rant kelajak to ‘g ‘risida o'ylardi.
Qizning um idsizlikka tu sh g an i, rangi oppoq

oqarib ketganini eng oldin Jon Mangls sezib qoldi.




424

U qizning ko‘nglida nim alar yuz berayotganini darhol fahmladi.
— Miss Meri! Miss Meri! Yig‘layapsizmi?! — deb yubordi u.
— Nega yig‘layapsan, jonim? — dedi Elen Meriga mehribonlik bilan.
— Oh, otajonim , otam!.. — deb shivirladi bechora qiz.
Gapini davom ettirish g a uning holi qolm adi.

H am m aning m iyasiga lop etib b ir fik r keldi —



M erining gapiga ham ma tushundi, uning nim a uchun

yig‘layotganini,

nim a

uchun

otasini

eslayotganini

hamma darhol anglab oldi.



















A yrtonning

xiyonati

fosh




qilingandan

keyin

G arri

G rantni

topishga

bo‘lgan

har

qanday

umid

ham

puchga

chiqdi.

M uttaham

katorjnik

Glenar-

vanni




q it’aning

ichkarisiga




olib




kirib,




qo‘lga

tushirish uchun

kema

A vstraliya

sohilida

halok

bo'lgan

degan

uydirm ani o‘ylab

chiqargan edi.

M uttaham larning Mak-Nabbs

eshitib

kelgan

suh-

batida

ham

bu

aniq -ravshan

ko‘rinib

tu ra rd i.

«Britaniya» hech vaqt Tufold ko'rfazining suv osti

toshlariga

urilib halok

bo‘lmagan

ekan! G arri

G rant

hech vaqt

A v straliy a

q it’asiga

kelm agan

ekan!

H ujjatlarning noto‘g ‘ri

taxlil qilinishi «Britaniya»ni




axtarib

yurgan

kishilarni

yana,

ikkinchi

m arta

noto‘g ‘ri

yo‘lga

solib

yuborgan ekan.




Yosh

G rantlarning

g ‘ami bilan

yuraklari

ezilgan

sayohatchilar su k u t qilar

edilar.

Robert opasining

pinjiga kirib y ig ‘lardi. M uxtaram olim esa jahl bilan:
— Eh! Badbaxt hujjat! Bir to ‘da sofdil odamlarn-ing miyasini rosa ham qotirding-da! — deb to ‘ng‘illar va o‘zidan-o‘zi achchig‘lanib, nuqul m iyasiga musht-lar edi.
Bu orada G lenarvan qorovullikda turgan Myulredi bilan Vilsonning oldiga chiqdi. 0 ‘rmon yoqasidan boshlanib, daryo yoqasigacha cho'zilib ketgan ochiq maydonda jim jitlik hukm surar, osmon betini qopla-gan qalin bulutlar qilt etmay turardi. Og‘ir suku-natga cho'm gan bu yerda tiq etgan tovush ham uzoq-
uzoqlardan eshitilgan bo‘lardi, lekin atro f jim jit. A ftidan, Ben Joys bilan uning shaykasi ancha nariga ketib qolgan edilar, aks holda daraxtlarning pastki shoxlarida o 'y n a s h i b yurgan qushlar bunday chug‘ul-


425

lashmas, bir necha kenguru bolasi bunday xotirjam lik bilan o'tlab yurm as, anavi bir ju ft eurus bunday dadillik bilan inidan kallasini chiqarib atrofga m o‘ralamas edi — bularning hammasi chuqur suku-natga cho'mgan bu atrofda odam yo‘qligini ko‘rsatar edi.
— Shu bir soat ichida hech narsa ko‘rmadingiz ham , eshitm adingiz hammi? — deb so'radi Glenarvan, m atroslardan.

— Hech narsa, ser, — deb javob berdi Vilson. — U yaram aslar hozir bu yerdan bir necha mil uzoqda bo‘lsalar kerak.


— A ftidan, ular ozga o'xshaydi, bizga hujum qil-ishga ju r’at qilishmadi, — dedi M yulredi.— Ben Joys Alp tog'lari etagida izg‘ib yurgan o‘ziga o'xshash qochqin m ahbuslardan odam to'plash uchun ketganga o'xshaydi.
— Shunday bo‘lsa kerak, M yulredi,— dedi Gle­ narvan .— Bu ablahlar — juda qo'rqoq bo‘ladi. Ular bizning qurollanganligim izni, qurollanganda ham ju ­ da yaxshi qurollanganligim izni biladi. Ehtimol, ular bizga hujum qilish uchun qorong'u tushuvini kutishayotgandir. Qorong‘u tushuvi bilan biz hushy-orligimizni yana ham orttirishim iz kerak. Eh, qani endi bu botqoqlikdan ketib, yo‘limizni davom ettirish - ning iloji bo‘lsa! Ammo daryo to-shib, yo‘limizni to ‘sib qo'ydi. Bizni daryodan o‘tqazib qo‘ygan kishiga tilla bilan haq to ‘lardim da.
— Nima uchun bizga sol yasashni buyurib qo‘ya qolmaysiz, ser? — deb so'radi Vilson. — Bu yerda daraxt to'lib yotibdi-ku.
— Yo‘q, Vilson,— deb javob berdi G lenarvan,— bu Snou daryo emas, bir balo.
Shu payt Glenarvanning oldiga Jon Mangls, mayor va Paganel keldilar. U lar hozirgina Snou daryosini ko‘zdan kechirib kelgan edilar. So‘nggi yomg‘irdan keyin uning suvi yana bir fu t ko‘tarilibdi. Uning suvi A m erika daryolarining dengizga kelib quyiladigan joyiday juda tez oqadi. Guvillab ko‘piklar sochib va girdoblar hosil qilib, hayqirib oqib tu rg an suvdan o‘tishning sira iloji yo‘q. Jon Mangls daryodan o‘tish-ning iloji yo‘q, dedi.
— Har holda qo‘l qovushtirib o‘tirishim iz to ‘g ‘ri emas, — dedi u. — Menimcha, A yrtonning xiyonati


426

ochilguncha qilmoqchi bo‘lgan ishim izni endi amalga oshirish yana ham zarurroq bo'lib qoldi.
— Bu bilan nim a demoqchisiz, Jon? — deb so‘radi Glenarvan.
— Bizga yordam juda zarur, Tufold ko‘rfaziga borib bo'lm as ekan, demak, M elburnga odam yuborish kerak, demoqchiman.

— Bu juda xavfli ish-ku, Jon, — dedi Glenarvan. Noma’lum o‘lkada qilinadigan ikki yuz m illi bunday katta safarning barcha xavf-xatarlarini aytm aganda ham, barcha yo'llar bilan so‘qmoqlarni Ben Joysning sheriklari kesib qo'ygam ni e’tiborga olish kerak-ku.


— Men buni bilaman, ser, lekin ahvolning bunday

davom etishi m um kin emas-da, axir. A yrtonning

gapiga qaraganda, «Dunkan»ning m atroslarini bu
yerga boshlab kelish uchun bir hafta kifoya qiladi; men esa ularni Snou bo'yiga olti kunda yetkazib ke-lishni zimmamga olaman. Xo‘sh, ser? Nima deysiz shunga?
Glenarvandan oldin Paganel gap boshlab qoldi.

— Men bir fik r aytmoqchiman, — dedi u. — M elburnga odam yuborish kerak, lekin men bu xavf-xatarlarga Jon Mangls duchor bo'lishiga qarshim an. U «Dunkan»ning kapitani, shuning uchun hayotini xavf ostiga qo'yniasligi kerak. Uning o‘rniga men bo-ram an.


— Mardona gap aytdingiz! — deb uni m aqtadi mayor. — Lekin nim a uchun kelib-kelib, xuddi siz borishingiz kerak ekan?
— Biz borolmas ekanmizmi? — deb so'rashdi bara-variga M yulredi bilan Vilson.
— Men-chi, shu ikki yuz mil yerga safar qilish, yana ot bilan safar qilish meni qo'rqitadi deb o‘ylay-sizmi? — dedi Mak-Nabbs.
— Do‘stlarim , — dedi Glenarvan, — rostki bit-tam iz M elburnga borishim iz zarur ekan, kelinglar, chek tashlaym iz. Paganel, ism larim izni yozing.
— H ar nima bo‘lganda ham, sizning ism ingizni yozmaymiz, ser, — dedi Jon Mangls.
— Nima uchun? — deb so'radi Glenarvan.

— A xir missis Elenni qanday tashlab ketasiz? Buning ustiga yarangiz hali bitgani yo‘q!


— G lenarvan, sizning bu yerdan ketishingiz bo‘lmaydi! — deb qichsirdi Paganel.


427

— Men ham qarshim an bunga, — dedi Mak-Nabbs.
— Siz shu yerda bo'lishingiz kerak, Eduard, siz hech qaerga ketm asligingiz kerak.
— S afar x atarli bo'ladi, shuning uchun men boshqalarni yuborib o‘zim chetda qolishni istamay-man, — deb javob berdi G lenarvan. — Yozing, Paganel. Mening ismim ham o‘rtoqlarim ning ismi qa-torida bo'lsin.
Glenarvanning ham rohlari bo‘ysunishga m ajbur bo'ldilar. Glenarvanning ismi ham qo'shib yozildi. Chek M yulrediga chiqdi. Dovyurak m atros shodlik bi­ lan «ura» deb qichqirib yubordi.

— Ser, men yo‘lga chiqishga tayyorm an, — deb ra-port berdi u.


G lenarvan M yulredining qo‘lini qisib, arava tomonga yurdi, mayor bilan Jon Mangls esa soqchi-likda qoldilar.
Elen M elburnga chopar yuborish to ‘g ‘risidagi quvonchli qarorni darhol eshitdi, u chekning kimga chiqqanidan ham xabardor qilindi. Elenning minnat-dorchilik bildirib aytgan gaplaridan sofdil m atrosning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilib ketdi. M yulredi dovyurak, aqlli, charchamas odam ekanini hamma bilar, chek ham juda bop odamni topib chiqqan edi.
Myulredi kechqurun soat sakkizda, qosh qorayishi bilan yo'lga chiqadigan bo‘ldi. Otni safarga hoizrlash-ni Vilson o‘z zimmasiga oldi. U otning oyog‘idagi uch yaproq belgisi tushirilgan taqani olib tashlab, o‘rniga kechasi o‘lib qolgan otlardan birining taqasini qoqdi. Shunday qilsam , k ato rjn ik lar M yulredining iziga tusholm aydi, otlari bo‘lm agandan keyin uning orqasi-dan quvolmaydi ham, deb o‘ylardi u.
Vilson ot bilan ovora ekan, Glenarvan Tom Os-tin-ga xat yozgani o‘tirdi. U qo'li yarador bo‘lgani uchun o‘zi yozolmay, Paganeldan yozib berishni iltim os qil-di. Allaqanday fik rlar bilan band bo‘lib qolgan ge-ografiya olimi, aftidan, atrofida nim alar bo'layot-ganidan tamom bexabar edi. To‘g ‘risini aytish kerak, hamma xavotirlikka tushib qolgan hozirgi sharoitda Paganel faqat bir narsa: hujjatning noto‘g ‘ri tahlil qilingani to ‘g ‘risida o'ylardi. U hujjatning uzuq-yu-luq so'zlarini ming ohangga solib ko‘rar, ulardan yan-gi ma’no axtarar, bu ishga tamom sho‘ng‘ib ketgandi. Shunig uchun ham u G lenarvanning iltim osini es-


428

hitm adi, albatta. Glenarvan takror so‘rashga m ajbur bo'ldi.
— Juda soz! Men tayyorman! — dedi Paganel. Shunday deb u beixtiyor yozuv daftarchasidan b ir
varaq qog'oz yirtib oldi-da, qo‘liga qalam ushlab, yozishga tayyorlandi.

Glenarvan aytib turdi:

— «Tom Ostinga darhol dengizga chiqishni va «Dunkan»ni...
Paganel shu oxirgi so'zni yozayotganda ko'zi bir-dan yerda yotgan «A vstraliya va Yangi Zelandiya gazetasi»ga tushib qoldi.
Gazeta buklangan bo‘lib, nom ining faq at «Ze­ landiya» degan yerigina ko'rinib tu rardi. Paganel-ning qo‘lidagi qalam birdan to'xtab qoldi: geografiya olimi, aftidan, Glenarvanni ham, xatni ham tamom unutgan edi.
— Paganel! — deb chaqirdi uni Glenarvan.

— Ah! — deb yubordi cho‘chib ketgan olim.

— Nima bo'ldi sizga? — deb so‘radi mayor.

— «Hech narsa, hech narsa bo‘lgani yo‘q, — deb ping'illadi Paganel. Keyin o'zicha: — Zeland... land ...


landiya! — deb shivirladi.

U irg'ib o‘rnidan turdi. Borib gazetani oldi. U og‘zidan otilib chiqishga tayyor turgan so'zlarini zo‘rg ‘a to'xtatib, gazetani boshi ustida silkitdi.


Elen, Meri, Robert, Glenarvan uning bunchalik hayajonlanishiga sabab nim a ekanini tushunolm ay, geografiya olimiga hayron bo'lib qarab turishardi.

Paganel birdan esi og‘ib qolgan kishiga o‘xshar edi. Lekin uning bunday hayajonlanishi uzoqqa


cho'zilm adi. Olim sekin -asta o 'zini bosib oldi. Ko‘zlarida porlagan shodlik o‘tlari so‘ndi, keyin u yana o‘z joyiga o'tirib, xotirjam lik bilan:

— Men tayyorm an, ser, — dedi.


Glenarvan xatning davomini ayta boshladi. X at quyidagicha qilib yozildi: «Tom Ostinga darhol den­ gizga chiqishni va o‘ttiz yettinchi paralleldan borib «Dunkan»ni A vstraliyaning sharqiy sohiliga olib kel-ishni buyuram an».
— A vstraliyaning deysizmi? — ta k ro r so 'rad i

Paganel. — Ha-ya, Avstraliyaning!..

Geografiya olimi xatni yozib bo'lib, im zolagani

Glenarvanga berdi. U bir amallab qo‘l qo‘ydi — chun-


429


ki yarasi halaqit berardi. So'ng xatni konvertga solib yopishtirdilar, Paganel esa hayajondan hali ham titrayotgan qo‘li bilan ustiga adres yozdi:
«Melburn, «Dunkan» kemasining kapitan yordam-chisi Tom O stinga».
Shundan so‘ng u qo'llarini qim irlatib va g‘alati so'zlarni takrorlab, aravadan tushib ketdi:

— Landiya! Landiya! Zelandiya!



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish