Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet240/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

0 ‘ n i k k i n c hi b o b
MAORILAR BOShLIG‘IN I KO‘M ISh MAROSIMI
Kau-Kumu o‘z qabilasida faqat boshliq emas, balki uning ariki, ya’ni ruhoniysi ham edi — bunday hollar Yangi Zelandiyada ko‘p uchraydi, — shuning uchun o‘z qabiladoshlarining hurofotchiligidan foydalanib, tabu e’lon qila olardi.
Tabu — Polineziya xalqlarining hammasida rasm tusiga kirgan; biror kishiga yo biror narsaga tabu e’lon qilinsa, u kishi bilan biror munosabatda bo‘lish,


18 Kapitän Granl bolalari. 545

u narsadan biror maqsadda foydalanish butunlay man qilinadi. Maorilar dini tabu e’lon qilingan narsani tahqir qilgan har bir kishi xudoning g'azabiga uchraydi deb ta ’lim beradi. Shunisi ham borki, xudo bunday odamlarning jazosini berishga shoshilmasa, xudo o‘rniga uning jazosini ruhoniy beradi.
Boshliqlar siyosiy maqsadlarda tabu joriy qiladi - lar, lekin tabu kundalik hayotda, shaxsiy manfaatlar yo'lida ham joriy qilinishi mumkin. Biror yerlikka bir necha kungacha tabu e’lon qilish hollari tez - tez uchrab turadi: yerlik odam sochini oldirsa, uni ta-tuirovka qilinsa, u o‘ziga qayiq yasasa yoki uy qursa, o‘lim to'shagida yotgan bo‘lsa, yoki, nihoyat, vafot qilsa, linga tabu joriy qilinadi. Agar yerliklar baliqni juda ko‘p tutib yuborsalar -u, daryoda baliq qolmaslik xavfi tug'ilsa, yoki yana o‘sha yerlik odamlar hali pishib yetilmagan shirin patatlarni yeb qo‘ya bosh-lasalar-u, plantatsiyani quritib yuborishlari xavfi tug'ilsa, unda baliqlarga ham, patatlarga ham nJarni saqlab qoladigan tabu e’lon qilirfadi. Agar boshliq ha deb kelaverib, bezor qilgan mehmonlardan qutulishni istasa, uyiga tabu joriy qiladi. Bordi-yu boshliq biror ajnabiy kemada kelgan mollarni faqat o‘z ixtiyoriga olmoqchi bo‘lib qolsa, u darhol kemaga tabu joriy qi­ ladi. U o‘ziga yoqmagan biror yevropalik savdogarni xaridordan mahrum qilmoqchi bo'lsa ham, unga tabu e’lon qiladi. Boshliqning bu taqiqlari qirollar bir vaqt-lar joriy qilgan vetoni eslatadi.
Agar biror narsaga tabu joriy qilinsa, unga tekkan kishi jazolanmay qolmaydi. Yerlik odamga tabu joriy qilinsa, u ma’lum bir vaqtgacha ba’zi xil ovqatlarga qo‘l urolmaydi. Agar tabu joriy qilingan kishi ba-davlat bo‘lsa, unga qullari yordam beradilar: u o‘z qo‘li bilan tegishi mumkin bo'lmagan taomni qullari og‘ziga solib qo'yadilar. Tabu joriy qilingan odam kambag‘al bo‘lsa, o‘sha ovqatni to ‘g ‘ridan- to‘g ‘ri og‘zi bilan olib yeyishi kerak: tabu tufayli u hayvon darajasiga tushib qoladi.

Xullas, bu o‘ziga xos odat yangi zelandiyaliklar-ning eng arzimagan xatti-harakatlarini ham ma’lum bir yo‘riqqa solib va « ‘zgartirib turadi. Tabu qonun kuchiga ega, uning tez-tez joriy qilinib turishi yerlik-larning butun qoida-qonunlari o‘rnini bosadi, uni muhokama qilish ham, unga shak keltirish ham mumkin em^s.




546

Sayohatchilarimizga joriy qilingan tabuga kelsak, Kai-Kumu ularni g‘azabi qaynab toshgan hamqabi-lalaridan saqlab qolish uchun joriy qildi. Kai-Kumu bir sihrli so‘zni aytishi bilanoq uning do‘stlari va tarafdorlari taqqa to‘xtab, asirlarni o‘z himoyalari os-tiga olishdi, keyin ularni o‘zlari qo'riqlasha boshlash-di.
Lekin Glenarvan o‘zining taqdiri qanday bo‘lishini yaxshi bilardi. U yerliklar boshlig‘ini o‘ldirgani uchun o‘z hayoti bilar xun to'lashini tushunardi. Yowoyi xalqlar esa birovni o‘ldirishdan oldin rosa qiynaydilar. Glenarvan Kara- Teteni o‘ldirishiga sabab bo‘lgan g'azabining qanchalik o‘rinli bo‘lishiga qara-may, har qanday qiynoqlarga dosh berishga tayyor edi, lekin u Kai -Kumüning g‘azabi faqat mening boshimga tushadi deb umid qilardi.
Glenarvan bilan hamrohlari tunni qanday azoblar ichida o'tkazganlarini bilsangiz edi! Ularning g ‘ami-ni, tortgan uqubatlarini kirn tasvirlab bera oladi! Bechora Robert bilan dovyurak Pagenei qaytib kel-madilar. Ularning taqdiriga zarracha ham shubha qilish mumkinmidi!. Ular o‘ch olishga tashna bo‘lib yotgan yerliklarning dastlabki qurboni bo‘ldilar. Hatto Mak-Nabbs ham umidsizlikka tushdi. Ukasidan ajralgan Meri Grantning dili siyohligini ko‘rib, Jon Manglas jinni bo'layozdi. Glenarvan Elenning mash’um iltimosi to ‘g ‘risida, qiynoqlar va qullik azobini ko‘rmaslik uchlin erining qo'lida o'lishni orzu qilgani to‘g ‘risida o‘ylar edi. U shunday dahshatli ishga kuch topa olarmikanman, deb o'zidan so‘rardi.
«Xo‘sh, Merichi, uni o‘ldirishga mening qanday haqqim bor?» — deb o‘ylar edi dilxastalik bilan Jon Mangls.
Qochish to‘g‘risida o‘ylashning ham hojati yo‘q: tish-tirnog‘igacha qurollangan o‘nta jangchi ibodat-xona eshigi oldida soqchilik qilib turardi.
13-fevral tongi otdi. Yerliklar tabu joriy qilingan asirlar bilan hech qanday aloqa qilmas edilar. Ibodatxonada biroz ozuqa bor edi, lekin bechora sayo-hatchilar zo‘rg ‘a bir-ikki luqma ovqat yegan bo‘ldilar. G‘am ochlikdan ustun keldi. Kun ham o‘tdi, lekin hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi, qutulishga biror umid ham tug'ilmadi. Aftidan, oMdirilgan boshliqni dafn qilish marosimi bilan qotilni qatl qilish bir vaqt-da bo‘lishi kerak edi.


5 4 7

Glenarvan Kai-Kumu asirlarni ayirbosh qilish fikridan voz kechganiga ishonib qoldi. Mak -Nabbs esa hamon salgina bo‘lsa ham bundan umidvor edi:
Lekin Mak-Nabbs har nima demasin, Glenarvan endi tamom umidini uzib qo'ydi. 14-fevral ham o‘tdi, lekin bugun ham qatlga hech qanday tayyorgarlik ko‘rilmadi. Buning sababi esa quyidagicha edi.
Maorilar o‘lgan kishining joni uch kungacha mur-dani tashlab ketmaydi deb ishonadilar, shuning uchun uni uch kungacha ko‘mmay saqlaydilar. Dafn qilishni orqaga surishga majbur etgan bu odatga har galgidek bu safar ham qat’iy rioya qilindi. 15-fevralgacha pa huvillab yotdi. Jon Manglas Vilsonning yelkasiga chiqib, tashqarini bir necha m arta ko'zdan kechirdi. Tashqarida bitta ham yerlik ko‘rinmas edi. Faqat ibo-datxona eshigi oldida asirlarni hushyorlik bilan qo‘riqlab turgan soqchilar almashinib turardi.
Lekin uchinchi kun kulbalarning eshiklari katta ochildi. Bir necha yuz maori — erkaklar, xotinlar, bo-lalar — pa maydoniga to'plandilar. Ular xotirjam va jim turardilar.
Kai -Kumu qabilaning asosiy boshliqlari qurshovi-da o‘z uyidan chiqib keldi-da, qal’aning o‘rtasiga qurilgan bir necha sajen narida yarim doira shaklida g‘uj bo'ldilar. Hali ham hamma jim turardi.
Kai-Kumu ishora qildi, jangchilardan biri ibodat-xona tarafga yurdi.

— Gapim esingda bo‘lsin, — dedi Elen, eriga. Glenarvan indamay uni bag‘riga bosdi. Shu payt

Meri Grant Jon Mangls oldiga keldi.
— Xo‘rlikdan xalos etish uchun er xotinini o‘ldira olsa xuddi shu maqsadda bo'lajak kuyov ham o‘z qal-lig‘ini o‘ldira oladi. Jon, ehtimol, bu umrimizning oxirgi m inutlaridir, sizdan shuni so‘rab olay, siz meni allaqachonlardan beri sevasiz, shunday emasmi? Azizim Jon, Elen o‘z eridan iltimos qilgan narsani men ham sizdan kutishim mumkinmi?

— Meri! — deb yubordi dovdirab qolgan yosh kapi-tan. — Meri! Jonim!..

U gapini tugata olmadi: eshik o‘rniga tutib qo‘yü-gan bordon ko‘tarildi-yu, ularni Kai-Kumu oldiga olib ketdilar. Ayollar taqdirlariga tan bergan edilar. Erkaklar esa butun kuch va irodalarini sarf qilib, o‘zlarini xotirjam ko'rsatishga tirishardilar.



548

Asirlarni yangi zelandiyaliklar boshlig‘i oldiga olib bordilar. Hukm qisqa bo‘ldi.
— Sen Kara-Teteni o'ldirdingmi? — deb so'radi Kai-Kumu, Glenarvandan.

— 0 ‘ldirdim, — deb javob berdi u.

— Ertaga tong paytida sen o‘lasan.

— Bir o‘zimmi? — deb so‘radi Glenarvan; uning yuragi gupillab urib ketdi.

— Eh, Togongamiz hayoti sizlarnikidan qim-matliroq bo'lmaganda edi! — dedi g‘azab aralash af-sus bilan Kai-Kumu.
Shu vaqt yerliklar orasida allaqanday harakat boshlandi. Glenarvan darhol o‘sha tomonga qayrilib qaradi. Ha demay oloman chetlashib, allakimga yo‘l berdi, odamlar orasidan terlab ketgan, charchab holdan toygan bir jangchi o‘tib keldi. Kai-Kumu uni ko‘rishi bilanoq ingliz tilida savol berdi — aftidan, u gapini asirlar ham tushunishini istar edi.

— Sen pakekaslar lageridan keldingmi?

— Ha, — deb javob berdi maori.

— Sen asirni — bizning Togongani ko‘rdingmi?

— Ko'rdim .

— U tirikm i?

— 0 ‘ldi. Inglizlar otib tashladilar.

Glenarvan bilan hamrohlarining taqdiri hal etilgan edi.


— Ertaga tongotar paytda hammangiz ham o‘la-siz! — dedi Kai-Kumu.

Shunday qilib, asirlarning hammasi ham jazola-nadigan bo'ldi.

Asirlarni ibodatxonaga qamadilar. Ular boshliqni dafn qilish marosimida va bu marosimda bo'ladigan qonli udumlarda qatnashishlari lozim edi. Yerliklar otryadi asirlarni bir necha qadam chetroqqa, kuni de-gan kattakon daraxt ostiga olib bordi. Asirlar ulardan ko‘z uzmay turgan soqchilar qurshovida turardilar. Boshliqni ko'mish mahalida talab qilinadigan g‘am-g‘ussaga berilgan boshqa maorilar ularni unutgandek edi.
Kara-Tete o‘lganidan keyin odat talab qilgan uch kun o‘tdi. Yangi zelandiyaliklarning e’tiqodicha, endi uning ruhi chirik tanasidan butunlay chiqib ketdi. Ko'mish marosimi boshlandi. Boshliqning jasadini
olib kelib, qal’a o'rtasidagi supaga q o ‘y d i l a r . Marhumga eng yaxshi kiyimlar kiydirilgan va ustiga

549


a’lo navli formium sholcha yopilgan edi. Patjig'alar bilan bezatilgan boshiga ko‘k barglardan yasalgan gulchambar qo'yilgandi. Marhumning yuzi, qo‘llari va ko‘kragiga o‘simlik moyi surtilgan bo‘lib, jasad sira buzilmagandi.
Kara-Tetening qarindosh-urug‘lari va yor-do‘st-lari uning jasadi qo‘yilgan supa yoniga keldilar, shunda go'yo marosimda motam marshini chalishga dirijyorlik qilayotgan kapelmeysterning tayoqchasiga b o ‘y s iin g a n d e k , birdan quloqni batangga keltiruvchi dod-faryod, oh- voh ko‘tarildi. Azadagi bu dod-dodlar va fig ‘on chekishlarga qarab, ularga achinmay bo'lmas edi. Marhumning do'stlari o‘z boshlariga mushtlar, qarindosh-urug'lari esa o'tkir tirnoqlari bi­ lan yuz -ko‘zlarini timdalashar, ko‘z yoshidan ko‘ra ko‘proq qon to‘kishardi. Bu bechora ayollar o'zlari-ning yowoyi odatlarini chin yurakdan bajarmoqda edilar. Lekin marhumning ruhi halovatda bo‘lishi uchun, aftidan, hali bu kifoya qilmasdi, shuning uchun jangchilar boshliqning o‘lmay qolgan qabila-doshlariga qahri kelmasin deb qo‘rqib, bu dunyoda ko‘rgan izzat-hurm atini u dunyoda ham ko‘rsin uchun marhumni rozi qilmoqchi bo‘ldilar. Shuning uchun Kara -Tetening turm ush yo‘ldoshi vafot etgan erini narigi dunyoga yolg‘iz jo'natmasligi kerak edi. Bechora xotin o‘zi ham eridan keyin qolishni istamas-di. Odat, qonun ana shunday edi. Yangi Zelandiya ta-rixi bunday qurbon keltirishlarni juda ko‘p ko‘rgan.

Kara-Tetening tul qolgan xotini paydo bo‘ldi. U hali yoshgina ekan. To‘zib ketgan sochlari yelkasida yoyilib yotar, uw os ko'tarib, oh-voh qilardi. U yig'i orasida o'lgan erining fazilatlarini aytib yig‘lar va uning o‘lganiga afsuslar chekardi. Nihoyat, u g ‘am-alamga toqat qilolmay, supa oldiga uzala cho‘zildi-da, zo‘r berib boshini yerga ura boshladi.


Shu payt uning oldiga Kai-Kumu keldi. Bechora qurbon birdan o'rnidan turdi, lekin boshliq qo'lidagi tayoq bilan uning boshiga qarsillatib urib, uni yana bir yerga ag‘dardi. Xotin yashin urgandek gursillab yiqildi.
Dahshatli hayqiriqlar eshitildi. Yuzlab qo'llar g'azab bilan asirlar tarafga cho‘zildi. Lekin hech kim joyidan qimirlamadi, chunki dafn qilish marosimi hali tugamagan edi.

Kara-Tetening xotini eriga qo‘shildi. Endi ular-




550

ning jasadi yonma-yon yotardi. Lekin marhumning mangu hayoti uchun sodiq xot^nigina kifoya qilmas edi. Bu dunyodagi qullari ketlaridan jo'natilm asa, N.ua-Atua dargohida er-xotinga kim xizmat qiladi?
Bechora qullardan oltitasini olib kelib, xo'jayinla-rining jasadi yoniga tu rg ‘izishdi. Bular urushning shafqatsiz qonunlari natijasida qul bo‘lib qolgan xiz-matkorlar edi.
Bu bechoralar, aftidan, o‘z taqdirlariga so‘zsiz bo‘ysungan edilar. Ular bunga hayron bo‘lmadilar: shunday bo‘lishini ular allaqachon bilardilar. Ularning qo‘li bog‘lanmaganligi qurbonlar qarshilik ko ‘rsatmasligini bildirardi.
Buning ustiga qullarning o‘limi tez bo‘ldi: ularni qiynoqdan halos qildilar. Qiynoqlar azobi boshliqni o‘ldirganlarni kutardi. Ular bu mash’um manzaradan yuzlarini teskari o'girib yigirma qa-damcha narida turardilar; mash’um manzara hali bundan ham avjga minishi kerak edi.
Oltita baquw at jangchi tayoq bilan urib qurbon-larni yerga ag‘dardilar, ular qora qonlariga belanib yiqildilar. Bu odamxo‘rlikdek jirkanch ishning bosh-lanishiga signal bo'ldi.
Xo‘jayinlarning jasadiga joriy qilingan tabu qullarning jasadiga taalluqli bo‘lmaydi. Qullarning jasadi qabila o‘ljasi hisoblanadi. Bu — dafn etish marosimida ko‘z yoshi to‘kkanlarga tashlangan may-da xayr-ehson. Shuning uchun, qurbonlar yiqilishi bi-lanoq yerliklar hammasi — boshliqlar, jangchilar, chollar, ayollar, bolalar — yoshi va jinsidan qat’iy nazar, hammalari vahshiyona bir ochko‘zlik bilan qurbonlarning o‘lik tani ustiga tashlandilar.

Glenarvan bilan uning hamrohlari jirkanib, bu yaramas manzarani ayollar ko‘zidan yashirishga urindilar. Ular ertasi kuni ertalab kun chiqar paytda o‘zlarini nima kutib turganini va o‘limdan oldin qan-day qiynoqlarga duchor bo‘lishlarini yaxshi bilar edi­ lar. Sayohatchilar dahshat va nafratdan qotib qolgan edilar.


Odam go'shti ziyofatidan keyin dafn raqslari bosh­ landi. Garimdori aralashtirilgan o‘tkir ichkiliklar paydo bo‘ldi, qon ichib mast bo‘lib turgan yow oyilar battarroq quturib ketdilar. Ularning odam ekanini ko‘rsatadigan hech qanday alomat qolmadi. Ular boshliq joriy qilgan tabuni ham unutib, o'zlarining


551

hozirgi ahvolidan esi og‘ib qolayozgan asirlar ustiga tashlanadigandek tuyular edi.
Lekin umumiy mast-alastilik ichida Kai -Kumu o'zini yo‘qotmadi. U bu qonli marosimni eng yuqori nuqtasiga yetib chiqishiga qo'yü) berdi, so‘ng marosim sekin-asta tinchlana bordi va, nihoyat, belgi-langan qoida yo‘liga kirib tugadi. Kara -Tete bilan xo-tinining jasadini ko'tarib, yangi zelandiyaliklar rasmi b o 'y i c h a , oyog‘ini yig‘ib, qorniga tirab o‘tqazdilar-da, tizzasi ustiga m urdalarning qo‘lini qo'ydilar. Jasadlarni chirib, faqat suyagi qoguncha yerga ko‘mish vaqti keldi.
Qabr uchun joyni qal’adan tashqaridan, ikki milcha nariroqda, ko‘lning o‘ng sohilida qad ko'tarib turgan, uncha katta bo‘lmgan Maunganamu tog'ining cho‘qqisidan tanladilar.
Boshliq bilan xotinining jasadini o‘sha yerga olib borishlari kerak edi. 0 ‘liklar yotgan supa oldiga ikki-ta ibtidoiy taxtiravon, yoki to‘g‘rirog‘i, ikki zambil olib keldilar. Ularga ikkala o‘likni o‘tqazdilar va kiyimlaridan lian bilan zambilga bog'lab qo‘ydilar. To'rtta jangchi zambillarni ko‘tarib oldi, butun qabi-la yana yig‘i -sig‘i, dod-faryod ko‘tarib, ularni ko'madigan yerga jo‘nadi.

Hali ham soqchilar hushyorlik bilan qo‘riqlab tu r­ gan asirlar shu payt marosimga ishtirok etayotgan-larning birinchi to'siqdan tashqari chiqib ketganini ko‘rib turdilar, shundan keyin qo‘shiq va dod-faryod sekin- asta pasaya boshladi.


Vodiydan o'tib borayotgan marosim qatnashchilari yarim soatcha asirlarga ko'rinmay turdi, so‘ng toqqa ko‘tarilib boradigan ilon izi so‘qmoqda yana ko'rina boshladi. Ilonizi bo‘lib ko‘tarilib borayotgan odamlar uzoqdan g‘ira-shira ko‘zga chalinardi.
Qabila Maunganamu cho'qqisida, sakkiz yuz fut balandlikda, Kara-Teteni ko'mish uchun qabr hozirlab qo'yilgan yerda to ‘xtadi.
Oddiy bir maorini ko‘mayotgan bo'lsalar, oddiy bir chuqur qazib, o‘likni tosh bilan ko‘mib qo‘ya qolgan bo‘lardilar. Lekin qabila yaqin orada shubhasiz ilohi-yat darajasiga ko‘tariladigan qahri qattiq, qudratli boshliqqa uning ko‘rsatgan xizmatlariga yarasha qabr hozirlagan edi.
Qabr atrofi katta-katta to‘sinlar qoqib o'ralgan, boshliq bilan xotinining jasadi qo‘yüadigan chuqur


552

atrofiga ham qoziqlar qoqilgan; bu qoziqlar oxraga bo'yalgan har xil tasvirlar bilan bezatilgan. Dafn qili-nayotganlarning qarindoshlari vaydua, ya’ni o‘lgan-larning ruhi tirik vaqtdagi singari ovqat yeyishini unutmagan edilar. Shuning uchun qabrga marhum-larning quroli va kiyim-boshidan tashqari har xil oziq-ovqat ham qo‘yildi.
Shunday qilib, o‘lgan boshliqning qabrida unga zarur bo‘lgan hamma narsa bor edi. Er-xotinni yon-ma-yon yotqizdilar, keyin yangidan oh-voh qilib, ko‘z yoshi to‘kib oldilar- da, ularni tuproq va gui bilan ko'mdilar. Bu ishlar tamom bo‘lgach, hamma chuqur sukunat ichida tog‘dan tushdi. Shundan buyon o‘lib ketishdan qo‘rqib, Muanganamu tog'iga hech kim chiqmaydigan bo'ldi, chunki 1846-yilgi yer qimirlash-da halok bo‘lgan boshliq ko‘milgan Tangariro tog‘iga joriy qilingandek, bu toqqa ham tabu e’lon qilindi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish