373
ketayotgan Livandagi to‘rt yuz yillik kedrlar singari yo‘qolib ketadi.
Paganelning maslahati bilan Olbinet ovqat hozir-lash uchun ichi kavak daraxtlardan birining tagida olov yoqdi. Daraxtning kavagi darhol tutunni tortib keta boshladi: tutun balandda, daraxt barglari orasi-da yo‘qolib ketardi.
Tunda barcha ehtiyot choralari ko'rildi: Ayrton, Myulredi, Vilson va Jon Mangls navbatma-navbat lagerni qo'riqlab chiqdilar.
Uchinchi yanvarda ham sayohatchilar kuni bilan bir tekisda saf tortgan daraxtlarning uzun qatorlari orasidan o‘tib bordilar. 0 ‘rmonning poyoni yo‘qdek edi. Lekin kechga yaqin daraxtlar siyraklasha boshla di, nihoyat uncha katta bo‘lmagan vodiyda bir qator uylar ko‘rindi.
— Seymur! — deb qichqirdi Paganel. — Bu Viktoriya viloyatida yo‘limizda uchraydigan oxirgi shahar.
— U rostdan ham shaharmi? — deb so‘radi Elen.
— Oddiy bir qishloq, — deb javob berdi Paga nel, — endigina shaharga aylanish oldida turibdi.
— Unda durustroq biror mehmonxona bormi-kan? — deb so‘radi Glenarvan.
— Bo‘lsa kerak, — deb javob berdi geografiya oli-
Do'stlaringiz bilan baham: |