Faqat ovqatdan so‘ng Elen Glenarvan, Meri va Robert Grantlar o‘z xonalariga tarqab ketishgach, mayor qolgan hamrohlarini to‘xtatdi-da:
— Sendxorst temir yo‘lida poyezdni halokatga uchratgan muttahkmlar topilibdi, — deb xabar qildi.
— Ular qo‘lga tushibdi hammi? — deb so'radi Ayrton shoshib-pishib.
— Yo‘q, — deb javob berdi Mak-Nabbs, bunga botsmanning bunchalik qiziqqanini sezmagan kishi bo‘lib (uning bunga qiziqishi hozirgi sharoitda juda tabiiy bir hoi edi).
— Yaxshi bo‘lmabdi, — dedi Ayrton.
— Xo‘sh, jinoyatni kim qilgan ekan? — deb so‘ra-di Glenarvan.
— Mana o‘qing, — dedi mayor Glenarvanga «Avstraliya va Yangi Zelandiya gazetasi»ni uza-tib, — bosh inspektorning yanglishmagan ekaniga ishonasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |