Shu orqali o‘z vatanini «farovonlashtirish» fikri bilan Paganelni hamma tabrikladi, Elen esa sizga dunyodagi eng katta oltin bo‘lagini topish muyassar bo‘lsin, deb istak bildirdi.
Sayohatchilarimiz shu tarzcla chaqchaqlashib, oltin konlarining ko‘pgina yerlarini aylanib chiqdilar. Hamma yerda hamma ish bir me’yorda borardi, lekin odamlar ixtiyorsiz, hech qanday shavqsiz ishlardilar.
Ikki soatcha atrofni aylanib tomosha qilishgach, Paganel durustgina bir qovoqxonani ko'rib qoldi-da, arava orqasidan yo‘lga chiqish vaqti bo'lguncha shu yerda o‘tirib, vaqt o‘tkazishni taklif qildi.
Ularning har biriga bir stakandan nobler keltirish-di. Bu ichimlik grogning aksi bo'ladi. Katta stakanda-gi suvga kichkinagina ryumkada araq qo‘shish o‘rni-ga, bu yerda katta stakandagi araqqa kichkinagina ryumkada suv qo‘shiladi, so‘ngra unga qand solib ichiladi. Bu ichimlik juda avstraliyachasiga bo‘lib ketgan edi, shuning uchun qovoqxona xo'jayinini hayron qoldirib, mehmonlar katta grafinda toza suv so‘rab oldilar, shundan so‘ng suv aralashtirilgan nob ler rostakam britan grogiga aylandi.
365
Keyin, tabiiy, oltin konlari va kon ishchilari to‘g ‘risida gap ochildi. Paganel butun ko'rganlaridan juda xursand bo‘lsa ham, har holda, bu yerlarga oltin topilgan dastlabki yillarda bir kelish juda ham qiziq bo‘lardi-da, dedi.
— 0 ‘sha vaqtlarda, — deb so'zini davom ettirdi u, — hamma yoq o‘ra bosib, butunlay ilma-teshik bo‘lib ketgan edi, sonsiz-sanoqsiz chuqurlarda ko'plab mehnatsevar chumolilar qaynab yotardi! Ammo oltin izlab kelgan emigrantlar chumolilardan mehnatkash-likni o‘rgandilar-u, ehtiyotkorlikni o'rganmadilar. Oltinni orqa-o‘ngga qaramay sarf qilardilar: ular top-ganini ichishar, qimorga boy berishardi, biz hozir o‘tirgan qovoqxona u vaqtda bir do'zohga aylangan bo'lsa ham ajab emas. Qimor pichoqbozlik bilan tugar, politsiya biror chora ko'rishga ojizlik qilardi. Gubernator jinni bo‘layozgan janjalkash oltin izlovchi-larning g'alvasini bostirish uchun bir necha marta ras-miy harbiy qismlarni yuborishga majbur bo‘lgan. Har qalay u oxiri odamlarni bosib oldi: qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, ularning har birini patent tanlashga majbur qildi, har holda, bu yerlarda janjal-suron va tar-tibsizliklar Kaliforniyadagidan kamroq bo‘ldi.
— Demak, istagan odam oltin izlovchi bo‘la olar ekan-da? — deb so‘radi Elen.
— Ha. Buning uchun universitetda o'qib chiqish shart emas, ikkita baquwat qo‘l bo‘lsa bas. Muhtojlik haydab kelgan avantyuristlar oltin konlariga bir tiyin-siz kelganlar, boyroqlari belkurak bilan, kambag‘al-lari — pichoq bilan, lekin ular yer kavlashga shunday g'ayrat bilan kirishar edilarki, boshqa bironta ham ish-ni bunchalik g ‘ayrat bilan qilmagan bo‘lardilar, albat-ta. Bu oltinga boy yerlarning manzarasi u vaqtlarda shunday g'alati ediki, asti qo'yasiz! Chor atrofga palatkalar qurilgan, chodirlar tutilgan, chaylalar yasalgan, yerto‘lalar qazilgan, yog'och va shox-shab-balardan baraklar qurilgan. 0 ‘rtaga tepasida Britaniya bayrog‘i hilpirab turgan hukumat palatkasi o‘rnash-gan. Uning atrofida davlat ma’murlarining ko‘k palatkalari; so‘ng esa oltinni pulga almashtirib beruv-chilar, oltin sotib oluvchilar, savdogarlar — qisqasi, vaqtdan foydalanib, boylik orttirib qolishning payiga tushganlarning do'konlari tizilib ketgan. Bu janoblarning boyishi shubhasiz edi-ya, lekin qizil
Do'stlaringiz bilan baham: |