Antidangasalik


Diqqatni kuchaytirish usullari



Download 1,59 Mb.
bet15/19
Sana28.10.2022
Hajmi1,59 Mb.
#857425
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Antidangasalik Ðéð░Ê│ÐÇð©ÐÇ

Diqqatni kuchaytirish usullari


2015-yil Microsoft korporatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot29 natijalariga qaraganda, hozirgi davr odami 8 soniyadan ortiq diqqatini bir narsaga uzluksiz qaratib tura olmas ekan. 2000-yilda30 bu ko‘rsatkich 12 soniyani tashkil etgan. Raqamli dunyoning turmush tarziga tobora chuqurlashib borishi diqqatning susayishiga olib kelmoqda. Siz kitob o‘qiyotganingizda yoki yangi so‘zlarni yodlayotganingizda birdan boshqa narsalar haqida o‘ylab ketasiz. Muammo diqqatingiz qaysi payt bo‘linganini bilmay qolishingizda. Agar siz diqqatingiz bo‘lingan vaqtni payqashni o‘rgansangiz, uni qaytarishni ham o‘rganib olasiz.
Aslini olganda, diqqat bo‘linishi bu insondagi tabiiy mexanizm hisoblanadi, shuning uchun uni 100% kuchaytirishning imkoni yo‘q. Atrofingizdagi oddiy tovushlarning ham sizni chalg‘itishiga reflekslaringiz sababchi bo‘ladi. Shunga qaramasdan, diqqatni shug‘ullantirish orqali bir joyga jamlab turishni o‘rganish mumkin.
Diqqatni shug‘ullantirish ham ko‘nikmali jarayonga kiradi, ammo bunda biroz muammolar mavjud. Biz avvalgi bobda bilib olganimizdek, ko‘nikma shakllantirishda unga qancha ko‘p kuch bersak va vaqt ajratsak, u shunchalik tez rivojlanadi. Ammo diqqatni shug‘ullantirish mashqlarida ma’lum chegaradan keyin sarflangan kuchning ta’siri bo‘lmay qoladi. Go‘yoki bir stakan suv to‘lgach, unga ortiq suv quyish imkonsiz bo‘lib qolganidek.


Nuqta mashqi


Diqqatni shug‘ullantirish borasidagi eng samarali mashq deb tan olingani — bu nuqta mashqi. Mashqni bajarish tartibi juda oddiy: Bitta daftar varag‘idek yoki o‘rtacha kattalikdagi oq karton qog‘ozi olasiz (bo‘lmasa, oddiy oq varaq ham bo‘ladi). Uning markaziga o‘rtacha kattalikda nuqta qo‘yasiz. Taymer signalini 2 daqiqa qilib belgilaysiz. So‘ngra taymerni bosishingiz bilanoq signal chalmaguncha bor diqqatingizni nuqtada jamlashga urinasiz. Shu ikki daqiqa davomida tashqi ta’sirlarning birortasiga ham javob bermaysiz.

Birinchi marta bajarish jarayonida chalg‘ishlar soni juda ko‘p bo‘ladi. Har safar chalg‘iganingizda e’tiboringizni yana nuqtaga qaratishga kuch sarflashingiz diqqatingiz kuchayishiga olib keladi. Bilishimiz kerakki, diqqat mavhum narsa emas, balki miyamizdagi ma’lum hududni egallovchi neyronlar to‘plami. U II Bobdagi miya tuzilishida keltirib o‘tilgan profental korteksda joylashgan. Shuning uchun ham uni shug‘ullantirish mumkin. Bu mashg‘ulotni kuniga ikki daqiqadan ortiq bajarishingiz sizga samara bermaydi. “Ko‘proq shug‘ullansam, tezroq kuchayadi”, degan tushuncha xato. Diqqat kuchayishi sekin rivojlanadigan jarayon bo‘lib, ikki-uch oydan olti oygacha cho‘zilishi mumkin. Shu bois boshida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rmasligingiz ham mumkin. Buni cheklistning “Amaliyotlar” bo‘limiga qo‘shib qo‘yasiz.



Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish