Antidangasalik


Time bound — vaqt bilan chegaralangan



Download 1,59 Mb.
bet12/19
Sana28.10.2022
Hajmi1,59 Mb.
#857425
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Antidangasalik Ðéð░Ê│ÐÇð©ÐÇ

Time bound — vaqt bilan chegaralangan


Siz maqsadingizga erishmoqchi bo‘lgan aniq bir sana bo‘lsin. Aynan belgilagan sanangizda maqsadga erisha olmasligingiz mumkin, ammo u sizni tezlashtiradi. Chegaralangan ongga psixologik bosim beradi va siz aynan o‘sha sanaga qo‘ygan maqsadingizga erishishga ko‘proq harakat qilasiz.

Evaluate — baholang


Siz maqsad qo‘yib, bajarishga kirishishni boshlaganingizdan keyin uni turli intervallarda baholashni boshlang. Ya’ni har kunda, haftada, oyda maqsadingiz sari nima ishlar qilayotganingizni baholab, o‘lchab boring. Yana qancha ish qilganingizdan keyin erishishingiz mumkinligini aniqlashtirib borsangiz, ongingiz maqsadingingizni unutib yuborishiga yo‘l qo‘ymaysiz. Shuningdek, maqsadingiz amalga oshishi uchun qancha ish qilayotganingiz va yana qancha ish qilishingiz kerakligi ko‘zingizga ko‘rina boshlaydi, bu esa jarayonni yanada tezlashtiradi.

Readjust — qayta sozlash


Agar siz maqsadlaringizga erisha olmayotgan bo‘lsangiz, maqsadni o‘zgartirmang.
Rejalaringizni qaytadan ko‘rib chiqing. Qayerdadir xato o‘ylagan bo‘lsangiz, uni to‘g‘rilang. Qaytadan hisoblab chiqing va yana boshlang.


Yangi yil sindromi


Aniqki, juda ko‘pchilik yangi yil arafasida bitta qog‘oz yoki daftarni oladi va yangi yilda erishmoqchi bo‘lgan maqsadlari ro‘yxatini yozadi. Kelasi yilgacha yozilgan maqsadlardan qanchasi amalga oshishini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Shu bo‘yicha 2014-yilda Skanton universitetida tadqiqot26 o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yangi yilda maqsad qo‘ygan odamlarning atigi 8 foizi qo‘ygan maqsadlariga haqiqatan erishadi. Faqat 64 foizi oxirgi bir oyda, 46 foizi oxirgi 6 oyda va 8 foizi oxirigacha uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishadi. Shu sababli maqsad qo‘yish uchun yangi yilni yoki yangi oy, yangi haftaning boshlanishini kutmasdan, bugunoq maqsadingizni aniqlashtirib oling.

Loyihalashtirish


Biz maqsad qo‘yish qanchalik muhimligini va u qanday shartlarni bajarishi kerakligini aniqlab oldik. Ammo maqsad qo‘yishning o‘zigina yetarli emas. Biz endi maqsadlarni loyihalarga o‘tkazamiz. Loyihalashtirishda maqsadlarga aniq rejalar, qadamlar, topshiriqlar belgilanadi. Bu bilan maqsadlar amalga oshishi yanada osonlashadi.
Loyihani amalga oshirishning 3 bosqichi mavjud:

  1. Loyihalarni yozib olish.

  2. Loyihalarni loyihachalarga bo‘lish.

  3. Birinchi qadamni aniqlash.

Bitta loyihani misol qilib olgan holda ish jarayonini tushuntiramiz.


Loyiha — “Oziq-ovqat do‘koni ochish”.
Bu loyihani loyihachalarga ajratamiz:

  • MCHJ ochish;

  • joy qidirish;

  • ishchilar topish;

  • mahsulot sotib olish.

“MCHJ ochish” loyihachasini olib, uning birinchi qadamini aniqlaymiz:

  • internetga kirib, O‘zbekistonda MCHJ ochish uchun nimalar talab qilinishini bilish.

Bu sizning birinchi qadamingiz bo‘ladi. Buni dangasa odam ham qila oladi. Sababi, ikki daqiqadan ortiq vaqt olmaydi. Xuddi shunday barcha topshiriqlaringizni o‘ta maydalashtirsangiz, uni amalga oshirishingiz shunchalik osonlashadi. Bu topshiriqni bajarib bo‘lishingiz bilan keyingi vazifa uchun birinchi topshiriqni aniqlab, shu zahoti bajarishga tushasiz:

Mana shunday ketma-ketlikda har bir topshiriqni yakunlashingiz bilan keyingi topshiriqning birinchi qadamini aniqlab, bajarishni boshlaysiz. Birinchi qadamni aniqlashingiz bilan stikerga yozasiz va daftaringizga yopishtirib qo‘yasiz. Shunda kun oxiriga borib ko‘zingizga katta bo‘lib ko‘ringan ish bir nechta stikerdagi topshiriqlar bilan bitganining guvohi bo‘lasiz.


Bir yillik maqsadlar qo‘yilganda o‘rtacha 7-9 ta maqsad qo‘yish taklif qilinadi. Siz ham shunday qilishingiz mumkin, ammo ular orasida bittasi boshqalariga nisbatan muhimroq bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Endi maqsadni qayerga yozish kerak, degan savolga javob bersak. Bloknotingiz varag‘idek kattalikdagi bitta karton qog‘ozi olasiz va unga katta qilib asosiy maqsadlaringizni yozasiz. So‘ngra uni shu bloknotning birinchi betiga qo‘yasiz. Istasangiz, yopishtirib qo‘yishingiz ham mumkin. Sababi, siz maqsadingizni har kuni bir necha marta ko‘rib turishingiz kerak. Ko‘z bilan ko‘rib turiladigan narsalar xotiradan osonlikcha o‘chmaydi. Shuningdek, bu sizga psixologik bosim bergan holda oldinga tezroq harakatlanishga undaydi. “Loyihalar ro‘yxatini ko‘rib chiqish” degan topshiriqni cheklistingizning “Amaliyotlar” bo‘limiga yozib qo‘yasiz. “Time management” tizimlarida barcha narsani oldindan rejalashtirish o‘rgatiladi. Ammo bunday qilish mutlaqo xato bo‘ladi. Sababi, biz insonmiz va ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Kutilmagan hodisalar biz avvaldan rejalashtirgan tuzilmalarni butunlay buzib yuborishi mumkin. Shu bois bizning qiladigan birinchi asosiy ishimiz — maqsad (loyiha)ni aniqlash, ikkinchi — uni loyihachalarga bo‘lib chiqish va uchinchi — kun davomida har bir loyihachaning birinchi qadamini aniqlab, vaziyatga qaragan holda uni amalga oshirib borish.
Ba’zida ko‘pchilik birinchi qadamni aniqlay olmaydi. Shu paytda “Vaqtni qisqartirish” usuli qo‘l keladi. Oldingizda topshiriq bor va siz uning birinchi qadamini aniqlamoqchisiz. Shunda tasavvur qilasiz: oldingizga bir qotil keldi va shu topshiriqni uzog‘i yarim soat ichida bajarmasangiz, sizni o‘ldirishini aytdi. Shu paytda xayolingizga birinchi kelgan ish topshirig‘ingiz bo‘ladi. Bu usul g‘alatidek tuyilishi mumkin, ammo eng samarali usullardan biri hisoblanadi. O‘lim oldidagi qo‘rquv insonning o‘zi tasavvur qilmagan imkoniyatlarini ochib beradi. Shunda tezroq o‘ylaysiz va tezroq harakatlanasiz. Topshiriqlaringiz vaqtini qisqartiring va o‘zingizga savol bering: “Agar yarim soat vaqtim bo‘lganda, hozir nima ish qilgan bo‘lardim?” Shunda javob tezda keladi.

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish