Introduktsiya deb, o`simlik tur yoki navlarini ular ilgari o`smagan (ekilmagan) mamlakat yoki mintaqaga (o`smagan joyga yoki sharoitga) olib (ko`chirib) kelib kiritilishiga aytiladi. Makkajo`xori, kartoshka, tamaki, kungaboqar, pomidor, ingich-ka tolali g`o`za kabi ekinlar mamlakatimizga Amerika qit’asidan introduktsiya qilingan.
O`simliklar selektsiyasida introduktsiyaning ahamiyati juda katta. N.I.Vavilov o`simliklar introduktsiyasining nazariy asoslarini yaratib, madaniy o`simliklarning geografik tarqalishi bilan bog`liq bo`lgan o`zgaruvchanlikning qator muhim qonuniyatlarini aniqladi.
N.I.Vavilov kuzatishlari natijasida o`simliklarning tur va xillari yer yuzida bir tekisda taqsimlanmaganligi aniqlandi. O`simlik turlarining ko`pchilik qismi yer sharining bir qator mintaqalarda (janubiy-sharqiy Xitoyda, Hindistonda, Janubiy-G`arbiy Osiyoda, Efiopiyada (Habashiston), Markaziy va janubiy Amerikada, O`rta yer dengizi qirg`og`i mamlakatlarida (Old Osiyoda) tarqalgan. Kavkaz va O`rta Osiyoning tog` etaklari o`simlik turlariga boy joylar hisoblanadi.
O`simliklar birlamchi introduktsiyasi qadimiy zamonlarda, odamlar dehqonchilik bilan shug`ullana boshlaganda vujudga kela-di. Ilgari faqat mahalliy o`simliklar, odamlar yashagan joy o l-dida ekilgan bo`lsa, keyinchalik qo`shni qishloq qabilalar o`rtasida urug` almashtirish o`tkazilib, sifati va hosildorligi past o`si m-liklar siqib chiqarilgan.
Keyinchalik ayrim xalqlar, qabilalar iqlimning, yashash sha-roitining o`zgarishi sababli bir joydan ikkinchi joyga ko`chishi, aholining sonini o`sishi, har xil harbiy yurishlar, yangi mintaqa,qit’alarni ochilishi, mamlakatlarda savdo aloqalari va boshqa ko`p sabablarga ko`ra introduktsiya avj olib – yangi-yangi o`simlik turla-ri, xillari tarqalgan.
Odamlarning bir joydan ikkinchi joyga ko`chishi, ular bilan o`simlik va hayvonlarning ham olib ketib tarqalishi madaniy o`simliklarning dastlabki geografiyasini keskin o`zg arishiga sa-bab bo`ladi. Masalan AQSh, Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasi va Argentinaga o`xshagan mamlakatlar o`zini qishloq xo`jaligini deyarli to`lig`icha chetda joylashgan o`simlik va hayvo nlarning introduktsiyasi asosida yaratganlar. AQSh va Kanada qishloq xo`jaligida Rossiyaning bug`doy, arpa, suli, don, sebarga, olmalarning qanday rol o`ynagani ma’lum. Amerika Qo`shma Shtatlarida makkajo`xori, tamaki va qisman katta ahamiyatga ega bo`lmagan o`simliklardan tashqari hamma dala ekinlari va mevali o`simliklar introduktsiya orqali kiritilgan. Kaliforniyada esa hamma qishloq xo`jalik ekinlari, jumladan makkajo`xori ham in-troduktsiya qilingan ekinlardir.Selektsiya uchun boshlang`ich material yig`ish maqsadida ko`p mamlakatlarda maxsus choralar, ekspeditsiyalar tashkil qilingan. Masalan, Rossiyada ayrim agronom, dehqonlar, tajribakorlar o`simliklarni to`plash bilan 1700 yillardan boshlaganlar. Natijada qishloq xo`jaligiga yangi: kartoshka, makkajo`xori, kun-gaboqar, qand lavlagi, pomidor, ba’zi sabzavotlar, dukkakli don, manzarali ekinlar kiritiladi.
Kartoshkaning birinchi tuganaklari va kungaboqarni urug`ini 1700 yili Pyotr 1 Gollandiyadan Peterburg shahriga graf Shereme-tьyevga yuboradi. Keyinchalik kartoshkaning introduktsiyasi natijasida katta maydonlarga tarqalishi “ikkinchi non”ga ayla-nishida atoqli agronom I.M.Komov va A.T.Bolotovlarning xizma-tlari katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |