Tur
Ekologik-geografik tiplar
Botanik turxillar
Shakl va navlar
Selektsiyada yangi nav yaratish uchun ekinning qandaydir turi, ekologik-geografik tipi, xili, shakllari yoki navlari boshlang`ich material sifatida olinib, tanlash o`tkazilsa ham baribir ular-ning bir qator muhim belgi va xususiyatlari hisobga olinadi (tanlash ekinlarning belgi va xususiyatlari asosidagina o`tkazil a-di). Ekinlarning har qanday navi (shakli) boshqa navlardan sifat jihatidan, ya’ni belgilari bilan farq qiladi. Navlarning sifatiularning belgi va xususiyatlarida namoyon bo`ladi.
Ekinning tashqi ko`rinishi va tuzilishidagi morfologik xu-susiyatlar belgi deb ataladi. U miqdor yoki sifat bilan ifodala-nadi. Miqdoriy belgilar ekinlarda sanab, o`lchab, tarozida tortib aniqlanadi. Masalan, bug`doydagi serhosil (boshoq chiqarib, don beradigan) poyalar, g`o`zadagi hosil shoxlar, ko`sakdagi chigitlar, kartoshkadagi tuganaklar soni sanalib, g`o`zada o`simlikning bo`yi, bug`doyda boshoqning, g`o`zada esa tolaning uzunligi o`lchanadi, bir tup g`o`zadagi hosil, har bir ko`sakning yirikligi, 1000 ta urug`ning og`irligi tarozida tortiladi.
O`simlikning ko`z bilan bevosita ko`rib aniqlash mumkin bo`lgan belgilari sifat belgilar deyiladi. Masalan, gul, meva, urug` va boshoqning rangi, shakli, boshoqcha qobiqchasining tukli yoki tuksizligi, boshoqning qiltiqli yoki qiltiqsiz kabilar.
Ekinning fiziolgik, bioximik va texnologik xossalari xususiyat deb aytiladi. O`simlikning fiziologik xususiyatlari -uning yuqori va past haroratga, kasalliklarga chidamliligi, agro-texnika sharoitlariga (o`g`itlarga va suvga) munosabati kabilar.
O`simlikdagi turli moddalarning (oqsil, moy, qand, kraxmal, efir moylari, vitaminlar, mineral tuzlar va boshqalarning) miqdori va sifati ekinning bioximik xususiyatlari deyiladi. O`simlikning texnologik xususiyatlari ularni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan ko`rsatkichlardir. Masalan, dondan un, undan non chiqishi, tolaning uzunligi va pishiqligi kabi xususiyatlari, arpa donidan pivo tayyorlanishi, kartoshka tuganagidan spirt va kraxmal chiqishi va boshqalar texnologik xususiyatlari sanaladi.
Selektsiya jarayoni boshlang`ich materialni tanlash va tayyor-lashdan boshlanadi. Selektsiya ishining boshlanishida boshlang`ich material qanchalik to`g`ri tanlansa, shunchalik oson va tez muddatda maqsadga erishish mumkin. Akademik N.I.Vavilov “Selektsiya ishining muvaffaqiyatlari hammadan ko`ra ko`pro q boshlang`ich ma-terialni tanlashga bog`liqdir”, deb ko`rsatgan edi. Boshlang`ich material deb, selektsiyada yangi navlar yaratish uchun qo`llaniladigan madaniy va yovvoyi o`simliklarga aytiladi.
Selektsiyada foydalaniladigan boshlang`ich materiallar asosan
3 kategoriyaga bo`linadi:
1. Tabiatda tayyor holda mavjud bo`lgan o`simliklar;
2. Duragaylash yo`li bilan yetishtirilgan o`simliklar;
3. Sun’iy mutagenez, poliploidiya va boshqa usullar bilan
olingan o`simliklar.
Tabiatda tayyor bo`lgan o`simliklardan selektsiyada keng foyd a-lanish uchun o`simliklar sistematikasi, ekologiyasi va geograf i-yasini chuqur bilish lozim.
Hozirgi zamon selektsiyasi uchun boshlang`ich materiallar 4 guruhga bo`linadi:
- tabiiy populyatsiyalar;
- duragay populyatsiyalar;
- o`zidan changlangan (intsux) – liniyalar;
- sun’iy mutatsiyalar va poliploid shakllar.
O`simliklarning yovvoyi holda o`sadigan xillari, ekinlarning mahalliy va o`simliklarning VIRdagi jahon kollektsiyasi namunalari tabiiy populyatsiyalar deb aytiladi.
Duragaylash natijasida paydo bo`lgan o`zaro erkin chatishadigan, lekin bir biridan irsiy belgilari bilan farq qiladigan o`simliklar guruhi duragay populyatsiyalar deb aytiladi. Ular ikki xil bo`ladi: bir botanik turga mansub bo`lgan nav va shaklla r-dan chatishtirib olingan tur ichida duragay populyatsiyalar; boshqa botanik tur yoki turkumlarga mansub bo`lgan ekinlardan chatish ti-rib olingan turlararo va turkumlararo duragay populyatsiyalar.
O`zidan changlangan (intsuxt) – liniyalar deb chetdan changla-nadigan o`simlikni ko`p marta majburan o`zidan changlantirib olingan bir o`simlikning nasliga aytiladi. Geterozisli duragay-lar yaratishda yaxshi intsuxt-liniyalar tanlab olinib, o`zaro yoki navlar bilan chatishtiriladi. Natijada hosil qilingan duragay urug`lar ekilgan yili hosildorlik keskin oshadi. Shuning uchun intsuxt-liniyalar duragaylarining urug`ini har yili yetishtirish kerak.
Sun’iy mutatsiya va poliploid shakllar deb, o`simliklarga radiatsiyaning har xil turlari, maxsus murakkab ximiyaviy modd a-lar, harorat va boshqa omillar bilan ta’sir etib yaratilgan boshlang`ich materialga aytiladi.
Selektsiyaning rivojlanish tarixida turli boshlang`ich mate-rial ahamiyati turlichadir. Tab iiy populyatsiyalar ko`p asrlar davo-mida selektsiya uchun yagona boshlang`ich material bo`lib kelgan. Genetika fani paydo bo`lishi va rivojlanishi natijasida selektsiyada duragaylashni qo`llash nazariy jihatdan asoslab berildi.
Mutantlar va poliploid shakllar selektsiya uchun yangi boshlang`ich material bo`lib, ko`pchilik ekinlar sohasida yaxshi natijalar bermoqda. Masalan, genetik olim Nabijon Nazirov g`o`za selektsiyasida radiatsiyadan foydalanishning istiqbollari katta ekanligini 1977 yildayoq yozgan edi. Oxirgi yillarda shu usul bilan yaratilgan boshlang`ich material asosida g`o`za va boshqa ekinlarning ko`p miqdorda yuqori hosilli, chidamli, yaxshi sifatli navlari yaratilmoqda.
Tabiiy populyatsiyalar va ekinlarning mahalliy navlari hozirgi zamon selektsiyasining talabini to`la qondira olmaydi, chunki ular mahalliy sharoitlarga ekologik jihatdan yaxshi mo-slashsada, yangi navlarda bo`lishi zarur hisoblangan hamma si-fatlarga ega emas. Ekinlarning talabga to`la javob beradigan navlarini yaratish uchun selektsiyada chet mamlakatlardan yoki boshqa qit’alardan keltirilgan dastlabki materialdan ham foydalanish kerak.
2. Bog`dorchilikning ko`p ilmiy va amaliy masalalari meva ekinlarining kelib chiqish muammolari bilan bog`langan. N.I.Vavilov madaniy o`simliklarning kelib chiqish markazlari bo`yicha ta’limot tuzdi.
Selektsiyada o`simliklarning kelib chiqish markazlarini bilish, asosiy turlarining va shakllarining tarqalish hududla-ini va shakllanish makonlarini aniqlash dastlabki materiallarni to`g`ri tanlashda katta yordam beradi. Kelib chiqish markaz-larida o`simlik turining eng ko`p shakllari uchraydi. Lekin shu bilan bir qatorda foydali xo`jalik belgilarga ega bo`lgan shakllar markazlardan uzoqda joylashgan bo`lishi mumkin. Asosiy markazlar N.I.Vavilov ta’limoti bo`yicha 8 ta bo`lib, ular quyidagilardan iborat: Xitoy, Hindiston, O`rta Osiyo Osiyo oldi mamlakatlari, O`rta yer dengizi, Abissiniya, Janubiy Meksika va Markaziy Amerika, Janubiy Amerika markazlari. Keyingi 10 yilliklar davomida o`simliklar geografiyasining kengayishi, yangi turlarning, ekotiplarning, yangi o`simliklar shakllanish makonlarining topilishi va fanda bo`lgan yutuqlar sababli madaniy o`simliklarning kelib chiqish markazlariga ba’zi bir o`zgartirishlar kiritishga to`g`ri keldi. Hozirgi paytda I.M.Jukovskiy ta’limoti bo`yicha madaniy o`simliklarning 12 markazi belgilangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |