Anor seleksiyasi va navshunostligi



Download 6,85 Mb.
bet24/101
Sana24.11.2022
Hajmi6,85 Mb.
#871509
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101
Bog'liq
Anor seleksiyasi MAJMUA

NAZORAT SAVOLLARI:
1. Elita ona bog`larni tashkil etish?
2. Ona bog`larda aprobatsiya o`tkazish xususiyatlari?
3. Anorning o‘simligining o‘ziga xos xususiyatlarini bilasimi?
7-MAVZU. SELEKTSIYa UChUN DASTLABKI MATERIAL TANLASh
REJA:

  1. Selektsiya uchun dastlabki material manbalari.

  2. Madaniy o`simliklarning kelib chiqish markazlari bo`yicha I.I.Vavilov ta’limoti.

  3. Selektsiyada mahalliy va chetdan keltirilgan materiallarning ahamiyati.



Boshlang`ich material. Boshlang`ich material deb, yangi navlarni yaratish uchun selektsiya ishida qo`llaniladigan madaniy va yovvoyi o`simlik xillariga aytiladi. Selektsiya uchun boshlang`ich material turli yovvoyi va madaniy o`simliklarni topish, ularni o`rganish, duragaylash hamda sun’iy mutagenez, poliploidiya, get ye-rozisdan foydalanish yo`llari bilan yaratiladi. Selektsiyada boshlang`ich materialdan to`g`ri foydalanish uchun o`simliklarning sistematikasi va tarqalishini chuqur bilish kerak.
Hozirgi vaqtda o`simliklarning 500 mingdan ortiq turi borligi aniqlangan, shundan 300 mingga yaqini yopiq urug`li (gulli) o`simliklardir. O`simliklar sistematikasidagi asosiy taksono-mik birlik - turdir.
Tur deb kelib chiqishi o`xshash, boshqa guruhlardan sifat jihatdan farqlanuvchi o`simliklar to`plamiga aytiladi. Bitta turga kiradigan o`simliklar bir-biri bilan oson chatishadi, naslli avlod beradi va ma’lum arealda tarqalgan bo`ladi.
Fanda o`simlik va hayvon turlari ikkita lotincha so`z – turkum va tur nomi bilan yuritiladi. Turkumning nomi bosh harf b i-lan turning nomi esa kichik harf bilan yoziladi. Masalan, yumshoq bug`doy – Tritikum aestivum T. aestivum (tritikum ayestivum) – tri-tikum – turkum nomi, ayestivum – tur nomi, Tritiku m durum T.durum (tritikum durum), o`rta tolali g`o`za – Gossipium hirsutum G. hirsutum (gossipium xirzutum), madaniy kartoshka turi Solanum tuberosum S. tuberosum (solanum tuberozum), beda (ko`k) Medicado sativa M. sativa (medikago sativa) va boshqalar.
Turlar birlashib turkumlarni, bir-biriga yaqin turkumlar esa oilalarni tashkil qiladi. Selektsiyada boshlang`ich materialdan foydalanish uchun zarur bo`lgan asosiy sistematik birliklar: oila, turkum, tur va turxillarni yaxshi bilish lozim.
O`simlik turlari o`z navbatida bir necha turxillarga bo`li-nadi. Turxillar o`rtasidagi belgi va xususiyatlar farqi ancha kam, masalan, bug`doyning turxillari boshoqning rangi, qiltiqning bor yo`qligi va rangi, boshoqcha qobig`ining tuklanganligi va rangi, donning rangi kabi belgilar bilan farq qiladi.
Bir botanik tur yoki turxilga mansub, lekin geografik kelib chiqishi har xil bo`lgan ekinlar noqulay sharoitlarga – qurg`oqchi-likka, sovuqqa, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi hamda bioximik xususiyatlari bo`yicha keskin farqlanishi mumkin. Bitta turga mansub ekinlar o`rtasidagi biologik tafovutlarni ayir-boshlashda selektsiyada ekologik tip (ekotip) tushunchasi qabul qilingan.
Ekotip deb ekin turining ma’lum tuproq iqlim sharoitiga moslashgan irsiy barqaror xillariga (shakllariga) aytiladi. Ma-salan, yumshoq bug`doyning cho`l, o`rmoncho`l, Eron-Turkiston, Shimoliy Rus, Zakavkaz kabi ekotiplari mavjud.Bundan tashqari, akademik P.N.Konstantinov agroekotip tu-shunchasini fanga kiritdi.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish