Anor seleksiyasi va navshunostligi



Download 6,85 Mb.
bet23/101
Sana24.11.2022
Hajmi6,85 Mb.
#871509
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101
Bog'liq
Anor seleksiyasi MAJMUA

Dastlabki nav o`rganish. Pomologik bog`larda yoki ilmiy tadqiqot institutlarining tajriba xo`jaliklarida olib boriladi. Bu bosqichda yangi selektsion navlar, muhim xo`jalik belgilari bo`yicha ajratilgan mahalliy, chet eldan keltirilgan navlar va klonlar, ilmiy tadqiqot institutlaridan selektsiya jarayonida yaratilgan elita ko`chatlari va nazorat sifatida rayonlashtirilgan navlar o`rganiladi.
O`rganish natijasida biologik xususiyatlari va xo`jalik ko`rsatkichlari bo`yicha rayonlashtirilgan navlardan ustun turgan navlar davlat nav sinashga beriladi.
Kollektsiyalarda nav o`rganish. Ilmiy tadqiqot institutlari-ning kollektsiyalarida olib boriladi. Kollektsiyada o`rganilayotgan namunalar tarkibi dastlabki nav o`rganish bosqichidan farq qilmaydi. Faqat bunda tezlashtirilgan usulda namunalarga baho beriladi.
Hozirgi kunda kollektsiyalar nav o`rganishning asosiy bos-qichi bo`lib qolmoqda. Bu yeda keltirilgan dastur bo`yicha kuzatishlar olib boriladi. Shuning uchun istiqbolli navlarni nav sinash hay’atiga topshirish mumkin.
Davdat nav sinovi. Uning asosiy vazifasi navlarni respub-likamizning har xil tuproq-iqlim sharoitlarida xo`jalik nuqtai nazaridan sinab ularga qiyosiy baho berish va eng yaxshilarini ma’lum bir tumanlarda, viloyatlarda yetishtirish uchun tavsiyalar berishdan iboratdir. Navlarni har xil muhitlarda si-nash ularning muhim xo`jalik belgilari to`la namoyon bo`ladigan sharoitlarni aniqlashga imkoi beradi. Natijada ishlab chiqa-rish uchun eng zarur xo`jalik ko`rsatkichlari yuqori bo`lgan navlar tavsiya etiladi.
Navlarning davlat nav sinoviga ilmiy tadqiqot institut-lari yoki jamoa xo`jaliklari taklif qilishlari mumkin. Navlar Davlat nav sinov hay’atiga pasportlari bilan beriladi. Foyda-li xo`jalik belgilari, mahalliy sharoitga moslashganligi va boshqa ko`rsatkichlar bo`yicha nazorat navdan ustun turgan navlar shu mintaqada Davlat nav sinov hay’ati tomonidan rayonlashtiriladi.
Ishlab chiqarishda nav sinash. Dastlabki nav o`rganish va Davlat nav sinov belgilarida biologik - xo`jalik xususiyatlari bo`yicha ajratilgan navlar ishlab chiqarish sharoitida sinaladi. Nav sinashning bu bosqichi asosan ixtisoslashtirilgan bog`dor-chilik xo`jaliklarida yoki tumandagi ilg`or xo`jalikning maxsus dalalarida o`tkaziladi. Navni ishlab chiqarishda sinash haqidagi bilimlarni kengaytiradi, Davlat nav bo`limlaridagi sinov natijalarini to`ldiradi. Keyinchalik bu bog`lardan ona bog`lar sifatida foydalanish mumkin.
3. Davlat nav sinovi hay’ati tomonidan ishlab chiqarishda ekishga tavsiya etilgan nav rayonlashtirilgan nav deyiladi. Respublikamizda har bir viloyat o`zining rayonlashtirilgan nav-lariga ega. Bu navlar yig`indisi rayonlashtirilgan navlar maj-mui deyiladi. Navlarni o`rganish, sinash jarayoni to`xtovsiz davom etib, har yili rayonlashtirilgan navlar majmuiga o`zgar-tirishlar kiritiladi.
Rayonlashtirilgan navlarni ko`paytirishda nav tozaligiga va navni yaxshilash maqsadida klon selektsiyasiga katta e’tibor berilishi kerak. Rayonlashtirilgan navlar ko`paytirilganda elita ko`chatlari yetishtiriladi. Elita – navga xos bo`lgan morfo-logik belgilarga, xo`jalik-biologik sifatlarga ega bo`lgan, yuqo-ri darajada saralangan ko`chatlardir. Elita ko`chatlari virus ka-salliklaridan, karantin va xavfli kasallik va zararkunanda-lardan xoli bo`lishi kerak.
4. O‘zbekistonda anorning qirqqa yaqin navlari bor. Ular orasidan sifati jihatidan jahon standart anorlaridan qolishmaydigan navlar ko‘plab topiladi.
Anor uch yoshidan boshlab hosilga kira boshlaydi. Har tupdan olinadigan o‘rtacha hosil 20-30 kg ga yetadi. Anor juda uzoq, yani 200 (300) yilgacha umr ko‘rish mumkin. Anor asosan ildiz bachkilaridan ko‘paytiriladi. O‘zbekistonda madaniy anor navlaridan tashqari, tabiatda tog‘ daralarida saqlanib qolgan kichik-kichik yovvoyi anorzorlarni uchratish mumkin.
Bu yovvoyi anorzorlar haqida botaniklar har xil fikr yuritganlar. Masalan, V.V.Kuznetsov (1949), To‘palon daryosining yuqori qismi (Hisor tog‘ tizmalari) G‘arbiy Kopetdag (Turkmanston Respublikasi) va Panj daryosining yuqori qismida (Tojikston Respublikasi) da o‘suvchi anorlar yovvoyi deb qaraladi.
O‘zbekiston florasining to‘rtinchi jildida esa To‘palon vohasidagi anorlar madaniy yovvoyilashgan deb olinadi. Bu bilan O‘rta Osiyodagi yovvoyi anorlar inkor etilmaydi. O‘zbekiston florasi uchun anorlar turkumini ishlagan R.P.Sumievich, Kopetdag va Darvozda uchraydigan anorlarni yovvoyilar qatoriga kiritadi.
Shunisi qiziqki, Surxondaryo viloyatida (To‘palang daryo vohasi), Kopetog‘ va Darvozda uchraydigan anorlar morfologik jihatidan va boshqa belgilari bilan bir-biriga juda ham o‘xshab ketadi. Shunday qilib O‘rta Osiyoning yuqori qismlarida uchraydigan anorlar bir taksonomik birlikka mansub o‘simlikdan boshqa narsa emas.
Anor o‘simligi odatda 2-5 m balandlikda buta shaklida o‘sadi. Guli yirik, chiroyli, yakka-yakka yoki to‘p-to‘p to‘q-qizil, zarg‘aldoq-qizil bo‘ladi. Bir tup anorda ikki xil uzunchoq tojbargli ko‘zacha shaklidagi gul uchraydi. Bulardan birinchisi meva tugadi, ikkinchisi esa erkak gul hisoblanib, undagi onalik qismi yaxshi rivojlanmagan va mayda bo‘lib, meva tugmaydi. Bulardan tashqari oraliq gullar bo‘lib, bular mayda burishqoq mevalar tugadi.
Asosiy tanadan shakllantirilgan shoxlarda mayda tikanli hosil shoxchalari shaklllangan bo‘ladi. Havo harorati -150S dan past bo‘lganda anor daraxtini sovuq urishi kuzatladi. Shuning uchun ham Farg‘ona viloyatidan boshqa viloyatlarda anor tupi oktyabr oyida 10-15 sm qilib tuproq qatlami bilan ko‘miladi.
Anor butasi madaniylashtirilgan xolda tanada 3-5 ta shoxlar bo‘lgan holida shakllantiriladi. Anor barglari silliq cho‘zinchoq yashil-qizg‘ish tusda bo‘lib novdada qarama qarshi tomonlama joylashgan.
Ildiz sisitemasi juda kuchli rivojlangan bo‘lib, yerga chuqur kirib boradi. Novdalari navlariga yoshiga qarab turli tusda bo‘ladi. Birinchi yili qizilga moyil, keyingi yili qo‘ng‘ir kulrang qoplamali, undan keyingi yillarda esa qo‘ng‘ir-yashil tuslarda bo‘ladi.
Anor may oyidan boshlab butun yoz davomida gullayveradi. Sifatli meva olish uchun may oyidan keyin gullab shakllangan meva tugunaklari olib tashlangani ma’qul, chunki bu mevalar to‘liq pishib yetilishga ulgurmaydi hamda erta shakllanishiga mevalarni ozuqa bilan ta’minlanishiga va rivojlanishiga aks ta’sir ko‘rsatadi. Anor mevasi sohta meva hisoblanib yumaloq yoki ovalsimon uchi tojsimon shaklga ega.
Mevasi yirik, dumaloq, qizg‘ish (qizil po‘st) yoki oqish (oq po‘st) bo‘lib, og‘irligi 250-1000 g keladi. Mevasi 6-12 uya (xona)li, doni och pushti yoki to‘q qizil. Ta’mi shirin, chuchuk-nordon va nordon, sersharbat (40-60%), tarkibida 14-21% qand, 0,3-9% limon kislota, itami, vitamin V, C bor. Po‘sti 29-50%, doni 10-20% ni tashkil etadi. Mevasi, po‘sti, ildiz po‘stlog‘ida 28% gacha oshlovchi moddalar bor.
Rangi naviga qarab pishib yetilganda. Qizil barqut, sariq tusda bo‘ladi. Mevasining og‘irligi o‘rtacha 200-300 g bo‘lib ichki qismi plyonka devor bilan ajratilgan 6-10 ta uyalardan iborat har bir uya yacheykasi sersuv etli meva donalari bilan zich to‘lgan. Meva donalari po‘stloq ichki etiga yopishib oziqlanadi va pishib etiladi.
Tabiiy holdagi anor madaniy anorlarning yovvoyi ilashgan holdagi formalarini yoki ular azaldan bormi, degan savol jiddiy mulohaza yuritishni talab etadi. Ma’lumki, madaniy sharoitda ekiladigan anorlar ham huddi mana shu tarixga egadir.
Anor oziq-ovqat mahsuloti bo‘lishi bilan birga inson organizmidagi ko‘plab kasalliklarni davolashda va oldini olishda keng qo‘llaniladigan noyob shifobaxsh ne’matdir. Anor mevasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki qayta ishlangan holda iste’mol qilinadi. Asosan anorning o‘ziga xos ta’mli sharbati sevib iste’mol qilinadi.
O‘rta Osiyo bir qator madaniy o‘simliklarning vatani bo‘lib, ularning yovvoyi turlari hozirgi kunda ham ko‘plab topiladi. Demak, bizdagi yovvoyi anorlar ham azaldan shu yerda o‘sgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas (Nabiev, 1975).
Shunday muhim ahamiyatga ega bo‘lgan anorni O‘zbekiston sharoitida ko‘paytirishimiz lozim va anorzorlarni barpo etishimiz darkor.



Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish