1. [(AxB) x V] x G
2. [(Ax B) x (Vx G)] x D
Zamonaviy selektsiyada pog`onali chatishtirish keng qo`llanilmoqda. Oddiy chatishtirish yo`li bilan kerakli belgi va xususiyatlarga ega bo`lgan nav olish ancha murakkabdir. Ko`pincha talab darajasida nav ishlab chiqarish uchun bir necha ota-ona shaklla-ridan foydalanishga to`g`ri keladi. Pog`onali chatishtirishning mohiyati shundan iboratki, har doim ma’lum bir foydali xo`jalik belgilariga va xususiyatlariga ega bo`lgan duragaylar olish mumkin. I.V.Michurin ham bu usulga katta e’tibor berib, olin-gan duragaylarga yetishmaydigan xususiyatlarni kiritish uchun ularni boshqa navlar bilan chatishtirgan.
Qayta chatishuvda duragay ota yoki ona shakli bilan qayta chatishtiriladi. Bu usulni quyidagicha ifodalash mumkin:
(A x B) x B
Bu usul duragaylarda kerakli bo`lgan belgilarni kuchaytirish uchun qo`llaniladi. Buni to`yintirish chatshuvi ham deyiladi va uni quyidagicha ifodalash mumkin:
A x B AB x B ABB x B ABBB x B ABBBB x B va h.k.
To`yintirish chatishuvida duragay avlodi ketma-ket irsiy material bilan to`yintiriladi va natijada ma’lum belgi va xususiyatlar kuchaytiriladi. Agar bu belgilarning irsiy xusu-siyatlari yuqori bo`lsa, bu usul katta samara beradi.
Duragaylarning keyingi avlodlaridagi qayta chatishuvi bekkros deb ataladi. Meva ekinlari selektsiyasida duragaylarning muhim xo`jalik xususiyatlarini (hosildorligi, kasallik va za-rarkunandalarga chidamliligi va h.k.) kuchaytirish uchun bekkros qo`llaniladi.
2. Chatishuv turlar va turlar aro sodir bo`lsa, uzoqdan chatishtirish deyiladi. Selektsiyaning ba’zi muammolarini turlar ichidagi chatishtirish yo`li bilan hal etish ancha murakkabdir. Meva ekinlari yovvoyi turlarining meva sifati past bo`lishiga qaramay, ular ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan ba’zi xo`jalik belgilarga ega bo`ladi. Shuning uchun yangi navlar olishda uzoqdan chatishtirish usulini qo`llash maqsadga muvofiqdir. Bundagi asosiy maqsad madaniy navlarga yovvoyi ajdodlarning foydali belgilarini o`tkazishdan iboratdir.
Uzoqdan chatishtirish ma’lum bir darajada mutatsion jara-yonining kuchayishga olib keladi. Natijada ota-onalarida bo`l-magan belgi va xususiyatlarga ega bo`lgan organizmlar paydo bo`-ladi. Masalan, Yevropada keng tarqalgan olchaning qadimgi ma-halliy navlari olchaning gilos bilan chatishuvidan kelib chiq-qan.
Uzoqdan chatishtirish yo`li bilan navlar bilan bir qatorda o`simliklarning yangi turlarini ham olish mumkin. Masalan, bog` qulupnayi (Fragaria ananassa yoki Fr. Grandiflora) Chili qulupna-yining (Fr. Chiloensis) virgin qulupnayi (Fr. Virginiana) bilan chatishuvidan kelib chiqqan.
O`zbekistona turlar aro chatishtirish natijasida olmaning Detskoye (Kitayka x Zolotoye Grayma) va Kalьvilь Tashkentskiy (Oq naliv x Arman paradizkasi) navlari olindi.
Navlar aro tur ichidagi chatishuv juda osonlik bidan sodir bo`ladi. Lekin turlar aro chatishuv ko`p holatda juda qiyin kecha-di. Uzoqdan chatishtirishda ota-ona shakllarining sistematika bo`yicha yaqinligi va shu bilan bog`liq bo`lgan biologik mosligi katta ahamiyatga ega.
Madaniy o`simliklar ming yillar davomida shakllanib, o`zining biologik xususiyatlari bo`yicha ajdodlaridan keskin farq qiladi va mustaqil turlarga aylanib ketgan. Shuning uchun madaniy o`simliklarning yovvoyi turlar bilan chatishuvi qiyin kechadi. Uzoqdan chatishtirishda har xil turlarning o`zaro qiyin chatishuvi bilan bir qatorda olingan duragay urug`larning unib chiqmasligi va duragaylarning bepushtligi ham kuzatiladi. Tur-lar aro chatishmaslikning yoki qiyin chatishuvining asosiy sa-bablari chatishtirilayotgan turlarning sistematik jihatdan uzoq bo`lishi va ularning bir-biriga biologik jihatdan mos kelmas-ligidandir. Chatishmaslik changlarning onalik (urug`chi) tumshuq-chalarida qiyin o`sishi yoki umuman o`smasligi, chang naychalari-ning urug`chi ichida sekin o`sishi, gametalarning qo`shila olmas-ligi, duragay embrionlarning halok bo`lishi bilan ham bog`liq bo`lishi mumkin.
Chatishuvning ota-ona o`simliklaridagi xromosomalar soni-ning bir-biriga bo`lgan o`zaro nisbatiga ham bog`liqligi aniq-langan. Hozirgi kunda uzoqdan chatishmaslikni bartaraf etadi-gan yo`llar ishlab chiqilgan.
I.V.Michurin meva ekinlari selektsiyasida uzoqdan chatishti-rishda yaxshi natijalarga erishish va chatishmaslikni bartaraf etish uchun quyidagi usullardan foydalangan:
chatishtirish uchun olingan ota-ona juftlarini oldindan vege-tativ yaqinlashtirish;
oraliq duragay bo`g`in - vositachi yaratilishi;
urug`lanish uchun qulay sharoit vujudga keltirish;
changlanish uchun tayyorlangan changlarga ona o`simlik changini qo`shish;
ona urug`chi tumshuqchalariga ota o`simlik urug`chi tumshuq sek-retlarini (shira) surtish;
har xil navlar, turlar changlari aralashmasi bilan changlatish;
yosh duragaylarni birinchi gullash davrida changlash va sun’iy ravishda changlanmagan gullarni olib tashlash;
urug`larni yaxshi unib chiqishi uchun stratifikatsiya davridan so`ng, urug`larni danak po`stlog`isiz ekish va boshqa.
Hozirgi paytda chatishmaslikni bartaraf qilish uchun o`zaro chatishtirish, chatishtirishda har xil biotiklardan foydalanish, ota-ona o`simliklarida ploidlar darajasini o`zgartirish, cha-tishtirilayotgan o`simliklarga fizik va kimyoviy omillar bilan ta’sir ko`rsatish, urug`chilarga o`sish stimulyatorlari bilan ta’sir ko`rsatish yo`li bilan ham amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |