Nazorat savollari:
Ekalogiya omillarni aytib bering?
I.V.Vavilov ta’limoti bo`yicha birlamchi va ikkilamchi shakllangan markazlar haqida ma’lumot bering?
Respublikamizda introduktsiya qilinib, rayonlashtirilgan meva ekin navlarini ayting?
8-MAVZU. SELEKTSIYa USULLARI
REJA:
Yangi nav yaratishda tabiiy va oddiy duragaylardan foydalanish.
Intsuxt usuli.
Poliploidlar.
Mutatsion o`zgaruvchanlik va uning selektsiyadagi ahamiyati.
Klon selektsiyasi.
1. XIX asrdan boshlab meva ekinlarining yangi navlarini olishda chatishtirish (duragaylash) qo`llana boshlandi va bu selektsiyaning asosiy usuli bo`lib qoldi.
Chatishtirish natijasida duragaylar hosil bo`ladi. Duragaylar sun’iy yoki tabiiy chatishtirish natijasida hosil bo`lgan yangi organizmdir. Ota-ona juftliklarini to`g`ri tanlab duragaylarda kerakli bo`lgan belgi va xususiyatlarni mujassamlashtirish mumkin. Tabiiy chatishtirish natijasida tabiiy duragaylar, sun’iy chatishtirish natijasida oddiy duragaylar hosil bo`ladi.
Tabiiy chatishtirish tabiatda keng tarqalgan bo`lib, inson ishtirokisiz erkin (tabiiy) changlanish natijasida amalga oshadi. Tabiiy duragaylarda faqat onalik shakllari ma’lumdir. Tabiiy duragaylardan foydalanib, meva ekinlarining yangi navlarini olish katta maydon va ko`p vaqtni talab qiladi. Xalq selektsiyasi davrida bu usul juda katta samara bergan. Buning uchun erkin changlanish natijasida olingan muhim xo`jalik belgilariga ega bo`lgan o`simliklar tanlab olinadi.
XVIII asrda Van Mons shu usul bilan olma va nokning yangi navlarini olib katta natijalarga erishdi. Bu usul hozirgi paytda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Ch.Darvin ta’limoti-dan so`ng o`simliklarning yangi navlarini olishda chatishtirish-ning ahamiyati yanada ortdi va ilmiy tus ola boshladi. L.Berbank, I.V.Michurin va boshqalar chatishtirish usuli bilan meva ekinlarini yangi navlarini ishlab chiqarishdi.
Genetika fani va o`simliklar xususiy selektsiyasining rivojlanishi selektsiya jarayonini ilmiy asosda olib borish imkonini berdi. Sun’iy chatishtirishning muvaffaqiyati ota-ona juftliklarini to`g`ri tanlash va selektsiyaning keyingi bosqichlarini yuksak darajada olib borishga bog`liqdir.
Selektsioner ma’lum bir yo`nalishda ishlab, nisbatan qisqa muddat ichida kerakli belgi va xususiyatlarga ega, bo`lgan duragaylarni tanlab olish va yangi nav olishi mumkin. Respublikamizning har xil tuproq-iqlim sharoitlarida rayonlashtirilgan meva-rezavor ekin navlarini ko`pchiligi sun’iy chatishtirish usuli bilan olingan.
2. Chatishtirish natijasida irsiyati har xil bo`lgan ota-onalardan yangi organizm-duragaylar vujudga keladi. Duragay avlodlarida dominant va retsessiv belgilar ma’lum bir o`zaro nisbatda bo`ladi. Shuning uchun o`zini o`zi changlash (intsuxt) oqibatida duragaylar ota-onalarining dominant va retsessiv belgilariga ega bo`lgan shakllariga bo`linib ketadi. Intsuxt retsessiv belgilar bo`yicha gomozigot o`simliklarning paydo bo`lishiga imkoniyat yaratadi. Agar bu belgilar xo`jalik ahamiyatiga ega bo`lsa, ulardan selektsiyada foydalanish mumkin.
Meva ekinlari selektsiyasida intsuxt usuli juda kam qo`llaniladi. Bu usulni o`zini o`zi changlash qobiliyati yuqori bo`lgan meva ekinlari navlarida yoki turlarida, masalan shaftolida qo`llash mumkin.
3. Har bir o`simlik turi hujayralari ma’lum xromosomalar soniga ega. Jinsiy hujayralar xromosomaning oddiy to`plami - gaploid (p) to`plamga ega. Chatishtirish natijasida ota-ona gaploid to`plamlari birlashib zigota hosil qiladi va u diploid (2p) to`plamga ega bo`ladi. Xromosomalar soni gaploidga nisbatan ikki martadan ko`proq ko`paysa poliploid deyiladi. Poliploidlar meva-rezavor, texnik, tsitrus, donli, manzarali va boshqa ekin turlarida uchraydi. Meva ekin turlarida poliploid keng tarqalgan. Ba’zilari o`zining kelib chiqishi bo`yicha tabiiy poliploidlardir.
XX asr boshlarida tsitologlar tomonidan olingan o`simliklarning xromosomalar to`plami to`g`risidagi ma’lumotlar poliploidlarning madaniy va yovvoyi o`simliklar evolyutsiyasida katta rol o`ynashini ko`rsatdi. Poliploid o`simliklar diploidlarga nisbatan kuchli o`sishi va noqulay sharoitlarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Poliploid meva ekinlarida morfologik belgilar, mevasining kimyoviy tarkibi, tovar va ta’m sifati va boshqa xususiyatlarining o`zgarishi kuzatiladi. Ko`pincha poliploidlarda hosildorlik yuqori bo`ladi.
Meva ekin navlarida triploid ko`p uchraydi. Urug`li meva ekinlari triploid navlarida tana hujayralarida xromosomalar soni 34 o`rniga 51 ta bo`ladi. Olmaning Grafenshteynskoye krasnoye, Krasnыy jeleznyak, Bolduin, Pepin Ribstona, Pepin Nьyutona va boshqa navlar triploidlar jumlasidandir.
Poliploid meva ekinlari o`zgaruvchanlik manbaidir. Uladan selektsiyada dastlabki material sifatida foydalanish mumkin. Poliploid o`simliklarni sun’iy ravishda hujayralarning bo`linishi, urug`lanish paytida harorat bilan ta’sir ko`rsatib olish mumkin. Bundan tashqari har xil kimyoviy birikmalar ta’sirida (kolxitsin, xloroform, feniluretan) ta’sirida ham poliploidlar hosil bo`ladi. Masalan, olma novdasining uchki, kurtagiga ta’sir qilish uchun 1,0% kolxitsin (suvdagi eritmasi) eritmasi yaxshi samara beradi.
Sun’iy mutagenez o`simliklarning yangi shakllarini, navlarini olishdagi yangi istiqbolli usuldir. Qishloq xo`jalik ekinlari selektsiyasida bu usul hozirgi kunda keng foydalanilmoqda. Mutagen omillar ta’sirida o`simlikning har xil xususiyatlari va belgilari o`zgaradi. Meva va rezavor ekinlarda navlarning asosiy xususiyatlari saqlangan holda ayrim xo`jalik ahamiyatiga ega bo`lgan belgilar paydo bo`lishi yoki o`zgarishi mumkin. Duragaylash natijasida esa ota-ona juftliklarining irsiy xususiyatlari duragay nihollarda har xil birikmada namoyon bo`ladi. Selektsiyada bu ikki usuldan oqilona foydalanish yangi nav olish jarayonini tezlashtiradi.
Mutatsiya deb gen va xromosomalardagi barqaror o`zgarishlar natijasida o`simlik organizmida yangi xususiyatlarning va belgilarning paydo bo`lishiga aytiladi. Mutatsiyani qo`zg`aydigan, paydo qiluvchi hamma omillarni mutagenlar deyiladi. Mutatsiya paydo bo`lgan organizmni mutant deyiladi. Mutantlar Generativ (jinsii) va somatik (tana) hujayralarida bo`lishi mumkin. Mutantlar tabiiy va sun’iy bo`ladi.
Sun’iy mutatsiya quyidagi maqsadlar uchun qo`llaniladi:
mutagenlar yordamida o`simliklarda mutatsion o`zgarishlarni ko`zg`ash, mutantlar orasidan tanlash yo`li bilan dastlabki material to`plash va muhim xo`jalik belgilarga ega bo`lgan shakllardan selektsiyada yangi nav olishda foydalanish;
o`simliklarda ilgari ma’lum bo`lmagan belgi va xususiyatlarga ega bo`lgan shakllarni olish va va ularni ajratish;
navlarning asosiy xususiyatlari saqlangan holda ayrim belgi va xususiyatlarning o`zgarishidan foydalanib navlarni yaxshilashdan iborat.
Sun’iy mutantlar ko`p omillar yordamida jinsiy yoki tana hujayralariga ta’sir qilish yo`li bilan olinadi. Bu omillarga fizik yoki kimyoviy mutagenlar kiradi. Fizik mutagenlarga rentgen va ulьtrabinafsha nurlari, gamma nurlanishi, radio-aktiv elementlar va hokozolar kiradi. Etilenamin, gidrosila-min, dietilsulьfat, dimetilsulьfat, nitrozometilmochevina va hokazolar esa kimyoviy mutantlar hosil qiluvchilar jumdasidan-dir.
5. Meva daraxtlarining ba’zi organlarida tabiiy holda o`zgarishlarning paydo bo`lishi avvaldan ma’lum. Bu tana hujayralarida sodir bo`ladigan tabiiy mutantlardir. Bularga «kurtaklar variatsiyasi» (juz’iy o`zgarishi), «somatik mutantlar», «sporjlar» (normal tipdan farq qilishi) deb nom berilgan va nav ichida yangi shakllarni vujudga keltiruvchi manba hisoblanuvchi turlar kiradi.
Juz’iy o`zgarish ro`y bergan kurtaklardan chiqqan novdalar vegetativ usul bilan ko`paytirilganda o`zgarishlar avlodlarda saqlanib qoladi. O`zgarishlarni o`z vaqtida aniqlash nav tozaligini saqlashda va yangi klonlar olishda katta ahamiyatga ega. Bog`dorchilikda ekilayotgan olmaning ko`p navlari somatik mutantlar sifatida paydo bo`lgan. Vaynsep navining 30 dan, Delishes navining 80 dan ortiq somatik mutantlari ma’lum. Ular mevasining rangi, shox-shabbasining shakli va katta ki-chikligi, o`sish kuchi, hosil berish xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Respublikamizda rayonlashtirilgan olmaning Borovinka Tashkentskaya navi Borovinka Xarlamovskaya navining, olchaning Lyubskaya-15 navi Lyubskaya navining kloni hisoblanadi. Kurtaklar juz’iy o`zgarishi natijasida ba’zi belgi va xususiyatlarning o`zgarishi boshqa belgi va xususiyatlarning o`zgarishiga olib keladi. Klonlarda meva rangining to`qroq bo`lishi ko`pincha aso-siy navga nisbatan pishish muddatining ertaroq boshlanishi va mevasining kamroq saqlanish xususiyatlari bilan bog`liq ekan-ligi kuzatilgan. Bunday klon daraxtlari kuchsizroq o`sib, shox-shabbasi ham kichikroq bo`ladi. Bunday klonlar AQShda olma-ning Starking, Delishes, Golden Delishes, Vaynsep va boshqa navlarida topilgan. Ular past bo`yli, spur tipidagi klonlardir. Meva ekinlari turlarining ko`p navlari orasida foydali xo`ja-lik belgilarga ega bo`lgan klonlar topilgan. Keyingi navlarda olingan natijalar klon selektsiyasi usuli asosiy navlarni yaxshilash va yangi navlar olishda istiqbolli ekanligini ko`rsat-moqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |