Anor seleksiyasi va navshunostligi



Download 6,85 Mb.
bet30/101
Sana24.11.2022
Hajmi6,85 Mb.
#871509
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101
Bog'liq
Anor seleksiyasi MAJMUA

Savollar:

  1. O`zbekistonda tabiiy duragaylardan foydalanib olingan meva va rezavor ekin navlarini ayting.

  2. Tabiiy mutatsiyalarning paydo bo`lishini tushuntirib bering.

  3. Navlarning «klonlar aralashmasiga» aylanib ketishi deganda nimani tushunasiz?

  4. Juzьiy o`zgarishning modifikatsion o`zgarishdan farqi nima?



9-MAVZU. TURLARARO VA TURLAR IChIDA ChATIShTIRISh
REJA:
1. Tur ichida chatishtirish:
a) ota-ona juftlarnii tanlash;
b) chatishtirish xillari.
2. Turlar aro chatishtirish. Uning selektsiyadagi ahamiyati.
3. Uzoqdan chatishmaslikni bartaraf etish usullari.

1. Chatishtirishda ota-ona juftliklari bir turga mansub bo`lsa turlar ichidagi chatishtirish deyiladi. Chatishtirish murakkab shakllanish jarayoni bo`lib, duragayda ota-onasiga mansub bo`lmagan belgi va xususiyatlar ham paydo bo`lishi mumkin. Yangi nav olishning muvaffaqiyati ota-ona juftliklarini to`g`ri tanlashga bog`liqdir. Amaliy selektsiyada bu masala eng murakkab va muhim hisoblanadi. Duragayda ota-ona belgi va xususiyatlari har xil birikmalarda namoyon bo`lishi mumkin. Meva ekinlarida ota-ona juftliklarining geterozigot holatda bo`lishi duragay urug` avlodlarining murakkab parchalanishiga olib keladi va ularni tahlil qilish jiddiy xatoliklarga olib kelishi mumkin. Chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlash ekologik-geografik printsip bo`yicha, ayrim vegetativ fazalarining boshlanish muddatlari va davomliligi, kasallik va zararkunan-dalarga bo`lgan chidamliligi, hosildorligi va hosil berish xusu-siyatlari, mevasining ta’mi va tovar sifatlari, diallelь chatishtirishlar natijasi va boshqa ayrim foydali xo`jalik belgi va xususiyatlari asosida olib boriladi.


Diallelь chatishtirishlar natijasida navlarning kombinatsion qobiliyatlarini aniqlash ota-ona juftlarini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Ota-ona juftlarida nomaqbul belgi va xususiyatlar (erta gullash, sovuqqa chidamsizligi, meva sifati-ning past bo`lishi va h.k.) iloji boricha kam rivojlangan va ular faqat bittasida bo`lishi mumkin. Yangi navda mujassamlashtirish uchun zarur bo`lgan belgi va xususiyatlar bo`yicha esa ota-ona juftlari bir-biridan farq qilishi kerak. I.V.Michurin ko`rsatmasi bo`yicha ota-ona juftlari bir-biridan geografik jihatdan va shu bilan bir qatorda chatishtirish amalga oshi-rilayotgan joydan uzoq joylashishi kerak. Bunda eng muhimi shu joylarning ekologik sharoitlari bo`yicha bir-biridai keskin farq qilishidir. N.I.Vavilov fikricha har xil ekologik joylardan kelib chiqqan navlar chatishtirilganda duragaylarda qimmatli, kam uchraydigan belgilar birikmasini topish mumkin.
Ota-ona juftlarini har xil ekologik-geografik sharoitlardan topish qiyin bo`lganda, ulardan bittasi mahalliy bo`lsa kifoya qiladi. Mahalliy navlardan selektsiyada foydalanilganda duragaylarda mahalliy navlarning belgi va xususiyatlari ko`proq namoyon bo`ladi.
Respublikamiz uchun kech gullaydigan, ammo erta pishadigan danakli mevalar, kech pishadigan va yaxshi saqlanadigan urug`li mevalar zarur. Bu navlar kasallik va zararkunandalarga, tashqi noqulay sharoitlarga chidamli, shox-shabbasi nisbatan kichik, mevasining ta’mi va tovar xususiyatlari yuqori bo`lishi zarur. Bunday navlarni keltirib chiqarish uchun tanlangan juftlarda, yoki ularning birida shu belgilar mujassam bo`lishi kerak, Chatishtirishda paydo bo`lgan avlodlarga ota-ona o`simliklarining jinsiy xujayralaridan genlar bir xil o`tkaziladi. Shuning uchun oddiy va o`zaro (retsiprok) chatishtirish natijasida ko`p belgi va xususiyatlar bo`yicha avlodlar orasida farq kuza-tilmaydi. Lekin irsiyatda tsitoplazma ham ma’lum rolь o`ynaydi. TSitoplazma avlodlarga faqat ona jinsiy gametalari bilan birga o`tadi. Shuning uchun tsitoplazma bilan bog`liq bo`lgan belgi va xususiyatlar faqat ona tomonidan o`tishi mumkin. Bu esa retsiprok chatishtirishda avlodlar irsiyatlarining har xil bo`li-shiga olib, keladi. Ko`pincha fiziologik xususiyatlar avlodlarga tsitoplazma orqali o`tadi. Shuning uchun ota-ona juftlarini tan-lashda ularning belgi va xususiyatlari avlodga har xil o`tishini hisobga olish kerak.
Amaliy selektsiyada chatishtirishning har xil usullari qo`llaniladi, Chatishtirish xillarini tanlash o`simlik turi va uning biologiyasiga, dastlabki material xususiyatlariga va boshqa shart-sharoitlarga bog`liq. Chatishtirish oddiy va murakkb bo`lishi mumkin. Oddiy chatishtirishda duragaylar bitta ota-ona juftlari irsiyatlarining qo`shilishidan paydo bo`ladi. Oddiy chatishtirishning ba’zilari retsiprok (o`zaro) bo`lishi mumkin. Masalan: A x B va B x A.
Chatishtirishda ikkitadan ortiq ota-ona shakllari ishtirok etsa yoki olingan duragaylar ota-ona juftlarining birortasi bilan takroriy chatishsa bu murakkab chatishtirish deyiladi. Murakkab chatishtirish pog`onali yoki qayta bo`lishi mumkin. Pogonali chatishtirish duragaylarda bir qancha ota-ona shaklla-rining irsiyatini ketma-ket birlashtirish uchun qo`llaniladi. Bunday chatishtirini quyidagicha ifodalash mumkin:

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish