Seleksiyaning rivojlanish bosqichlari.
Selektsiya rivojlanishining tarixida to`rt bosqichni ajratish mumkin: oddiy selektsiya, halq selektsiyasi, sanoat selektsiyasi va ilmiy selektsiya.
Oddiy yoki jo`n selektsiya. Inson o`simliklarni ekib yetishtirishga kirishgach, eng yaxshi xillarini sun’iy ravishda tanlab olib saqlaydigan va ko`paytiradigan bo`ldi. Shu tariqa oddiy yoki jo`n selektsiya yuzaga keldi, uning bir necha ming yillarni o`z ichiga oladigan tarixi bor. Qadimgi zamon selektsiyachilari mevali ekinlar sabzavot va poliz ekinlarining ajoyib navlarini yaratgan.
Halq selektsiyasi. Dexqonchilik rivojlanib, insoniyat madaniyati o`sishi bilan ekiladigan turli xil o`simliklar to`g`risdagi tushunchalar ham kengayib, sun’iy tanlash usul amallari takomillashib bordi. Olinadigan mahsulotning miqdori va sifatiga qarab muntazam ravishda tanlash ishlarini olib borish sabzavot, poliz va boshqa ekinlarning talaygina jaydari, ya’ni mahalliy navlari yaratilishiga olib keldi. Halq selektsiyasi ko`p asrli davrni o`z ichiga oladi, lekin u to`la ravishda bayon etilgan emas.
Dunyoning qadimiy dehqonchilik mintaqalarida xalq selek-tsionerlari tomonidan meva o`simliklarining juda ko`p navlari olindi. Ayniqsa O`rta Osiyo, Kavkaz orti, Rossiya va Yevropaning ba’zi davlatlarida meva o`simliklari selektsionerlari katta yutuqlarga erishdi. Har bir iqlim sharoiti uchun shunga moslashgan navlar yaratilib, ular umumiy nom bilan «mahalliy navlar» deb atala boshladi.
Xalq selektsionerlari tomonidan olingan navlarning ba’-zilari bir necha yuz yil davomida ekib kelinmoqda. O`rikning Ko`rsodiq, Djaukazak, Moxtobi, Mirsanjali, Xurmoyi, Subxo-ni; olxo`rining Qora olu, Ko`k sulton; gilosning Qora gilos, Sovri surxoni; behining Non behi, Turush; olmaning Oq olma, Qizil olma, Charxiy; nokning Dilafruz, Kuzgi nashvati, Kadu nok, Kulola; anorning Achchiq dona, Oq dona, Qozoqi anor, Qi-zil anor; anjirning Qora anjir, Sariq anjir navlari hozir o`z qiymatini yo`qotgani yo`q.
Sanoat selektsiyasi. Kapitalizm jadallik bilan rivojla-nib, selektsiya amaliyotiga ham ta’sir o`tkazib borgan davrda - XVIII asrning boshlarida selektsiya firmalari va yirik selek-tsiya-urug`chilik korxonalari paydo bo`ladi.
Ilmiy selektsiya. Bunga XIX asrning ikkinchi yarmida asos solingan. Ilmiy selektsiyaning rivojlanishida Ch.Darvin (1809-1882) ya’ni uning organik dunyo evolyutsiyasi to`g`risida oldingga surgan ta’limoti selektsiyaga ilmiy asos berdi va uning poyde-vori bo`lib qoldi. Gregor Mendelь (1822-1884) changlantirish tajribalariga asoslanib, irsiyat qonunlarini ta’riflab berdi, belgilarning ajralish hodisasi va buning miqdoriy qonuniyat-larini aniqladi, turli belgilarning ahamiyati bir-xil emasli-gini isbotlab berdi, retsessiv va dominant belgilar to`g`risidagi tushunchalarni kiritdi. Selektsiya ilmiga G.de Friz (Gollandiya), K.Korenne (Frantsiya) va E.Chermak(Avstriya) lar katta xissa qo`shdilar.
Ingliz olimi T.E.Nayt (1759-1838) sun’iy chatishtirish usulini qo`llab olma, nok, olxo`ri va qulupnayning yangi navlarini olishga erishdi.
XIX asr o`rtalarida darvinizmniig paydo bo`lishi meva ekinlari selektsiyasi rivojlanishida katta rolь o`ynadi. Ch.Darvinning (1809-1882) evolyutsion ta’limoti yangi navlar yaratish uchun ilmiy asos bo`ldi. Ch.Darvin ta’limotiga asoslanib meva ekinlari selektsiyasida amerika selektsioner olimi L.Berbank (1849-1926) katta yutuqlarga erishdi.
Genetika va biologiyaning boshqa sohalaridagi ijobiy il-miy izlanishlar, ayniqsa o`simliklar sistematikasi, botanika va tsitologiya yutuqlari hamda mikroskopik texnikaning rivoj-lanishi XX asr boshida o`simliklar selektsiyasini yuqori bos-qichga - «ilmiy selektsiya» davriga ko`tardi. Bunda selektsiya jarayonini ilmiy asosda boshqarish, shuningdek uning biologiya va qishloq xo`jalik fanlari yutuqlari bilan to`la bog`liqligi namoyon bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |