9. O’zbekiston Fanlar akademiyasi qachon tashkil qilindi?
A.1941-yil 15-dekabrda. B. 1942-yil 1-avgustda. C.1943-yil 4-noyabrda. D.1944-yil 1-mayda. E.To'g'ri javob yo’q.
10. 9-may — G’alaba kuni nega O’zbekistonda «Xotira va qadrlash kuni» deb e'lon qilindi?
o’z fikringizni yozma bayon qiling.
273
IV b o b. O’zbekistonning
ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va rivojlanish
muammolari (1946— 1970-yillar)
38-§. O’ZBEKISTON XALQ XO’JALIGINING URUSHDAN KEYINGI AHVOLI
Reja.
1. Sanoatni qayta qurish
2. Paxta sanoati
3. Paxta monokulturasi
1945-yil mayda fashizmga qarshi urush g’alaba bilan tugallandi. O’zbek xalqi urush yillari front ehtiyojlarini ta'minlashga moslashti-rilgan xalq xo’jaligini qayta qurish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Urush tugadi, lekin urushning og’ix oqibatlari respub-lika hayotining hamma sohalarida, shuningdek, sanoatda ham sezilib turar edi. O’zbekiston sanoatini tiklash, aholini oziq-ovqat va sanoat mollari bilan ta'minlash uchun yoqilg’i, elektr energiyasi, xom ashyoga, shu-ningdek, malakali ishchi va muhandis-texnik xodimlarga tanqislik sezilardi. Bu murakkab vazifalarni hal etish uchun O’zbekistonning geografik holati, milliy an'analari, xalq manfaatini hisobga olib turib, uning xalq xo’jaligini rivojlantirishning aniq dasturlarini ishlab chiqish zarur edi. Biroq bunday bo’lmadi. Asosan Mar-kazning manfaatidan kelib chiqqan holda O’zbekiston iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirish rejalari tuzildi.
Urushdan keyingi yillar ham davlat faoliyati par-tiyaning totalitar hukmronligi bilan belgilandi. U yo'l-yo’riq va farmoyish beradigan zo’ravonlik siyosatini o’tkazdi. Respublika hukumati va boshqaruv idoralari-ning huquqlari cheklangan edi.
O’zbekiston Respublikasi oliy tashkilotlarining yuqoridan berilgan dastur va rejalarga o’zgartirishlar kiritisn to’g’risidagi fikr-mulohazalari bilan Markaz hisoblashmasdi.
Markazning ulkan rejalarida O’zbekistonga faqat xom ashyo yetkazib beruvchi bir qo’shimcha manba deb qaraldi. Xuddi shu narsa O’zbekiston iqtisodiyotining aslida bir tomonlama rivojlanib borishiga olib keldi. Bunda xom ashyoni qayta ishlash korxonalari juda oz bo'lib, bu narsa ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga lal berardi, chunki shunday sharoitda O’zbekiston aholisini ish bilan ta'minlash, kishilarga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish qiyin edi.
Xalq xo’jaligi va sanoatni tiklash dasturlarida birinchi alda paxtachilikka tegishli industrial ishlab chiqarishni rivojlantirish vazifalari olg’a surildi. Bunda respublika aholisining milliy-tarixiy xususiyatlari ham, iqtisodiy ehtiyojlari ham hisobga olinmadi. Respublika iqtisodiyoti faqat xom ashyo yetishtirishga yo’naltirildi.
Xalq xo’jaligini tiklash davrida respublikamiz ishchi-lari faol mehnat qildilar. Bu davrda asosiy e'tibor paxta tozalash zavodlarini qayta tiklashga, ularni yangi takomillashgan uskunalar bilan jihozlashga qaratildi. Yangiyo'1 paxta tozalash zavodi to’la yangilandi. Toshkent, Buxoro va boshqa paxta zavodlari to’la qayta qurildi. Shu davrda Qoraqalpog’istonda paxta tozalash, yog’ va baliq sanoati tez rivojlandi.
O’zbek metallurgiya zavodida 1946-yilda yangi prokat sexi ishga tushdi. Zavod sanoat korxonalarining metall chiqindilarini, temir-tersaklarni qayta ishlab, oliy sifatli po’lat yetkazib bera boshladi.
Shu yillarda Polvontosh va Janubiy Olamushuk neft konlari ochildi va o’zlashtirildi. Farg’onada neftni qayta ishlash zavodi ishga tushdi. Lekin bu va respublikaning boshqa og’ir sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar Markazga tashib ketilar edi. O’zbek xalqi bu mahsulotlar — paxta tolasi, po’lat, neft va boshqalardan juda kam miqdorda foydalanardi.
Sanoatni qayta qurish, tinchlik iziga o’tkazish g’oyat katta qiyinchiliklar bilan amalga oshirildi. o’sha davrda 0 zbekistonda ma'muriy-buyruqbozlik tizimi amal qilar, ouyrug’-u farmon berib, iqtisodiyot boshqarilar edi. . Sanoatni boshqarishning iqtisodiy usullari inkor etildi va ishga solinmadi. Xo’jalik hisobi va o’z-o’zini mablag’ uan ta'minlash, kooperatsiya va ijara prinsiplari, xo’jalik faoliyatining tashabbus ko’rsatishni, ishbilar monlik, tadbirkorlikni ta'minlaydigan hamda ijobiy nati-jalarga olib keladigan boshqa shakllari rivojlanmay keldi.
Paxta sanoati .Sanoatning paxta yetishtiiish bilan bog’liq sohalariga e'tibor berildi. Paxtachilik hamda irrigatsiya qurilishi uchun mashinalar, jumladan, kui-tivatorlar, o’g’itlagichlar, chigit seyalkalari, g’o’zapoya yuluvchi, ko’rak teruvchi mashinalar, ekskavatorlar, bul-dozerlar va boshqalar ishlab chiqaruvchi yangi mashina-sozlik zavodlarini qayta qurish va yaratish yuzasidan yirik ishlarni boshlash ko’zda tutildi. Masalan, «Tash-tekstilmash» zavodiga tikuvchi mashinalar, «Tashselmash» zavodiga paxtaga birinchi ishlov beruvchi va paxta teruvchi mashinalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish taklif etildi.
Paxtachilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha mashinasozlik zavodlari («Ташсельмаш», «Узбексельмаш», «Красный двигатель», «Подъемник» va boshqalar) harbiy qurol-yarog’ o’rniga paxta terish, paxta tozalash mashinalari, traktorlar uchun ehtiyot qismlar, tirkama uskunalar ishlab chiqarishga moslashtirildi. 1947—1950-yillarda paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish 10 tadan 4680 taga ortdi. Paxta tozalash mashinalarini ishlab chiqarish esa 1946—1950-yillarda 363 tadan 1250 taga ko’paydi. Shuningdek, qishloq xo’jalik xom ashyosini (asosan paxta xom ashyosi bilan chorvachilik mahsulotini) qayta ishlovchi bir nechta korxona va moy olish korxonalari va boshqalar qurildi. Chirchiq elektr kimyo kombinati paxta dalalari uchun ancha qisqa muddat ichida harbiy buyurtmalarni baja-rishdan mineral o’g’itlarni ishlab chiqarishga o’tkazildi. Yengil va mahalliy sanoat korxonalari keng assorti-mentdagi buyumlarni (tuproq tortadigan mashinalar, boronalar, kuch transformatorlari va boshqalarni) ishlab chiqarishga moslashtirildi. Respublikaning energetika, yoqilg’i va metallurgiya bazasini kengaytirish ham paxtachilik vazifalarini hal qilishga qaratildi.
Biroq xalqning kuch-g’ayrati, fidokorona mehnati evazigagina sanoatni tiklash va rivojlantirishda ayrim natijalarni qo’lga kiritish mumkin bo’ldi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda 150 ta sanoat korxonasi ishga shirildi. Sanoat tarmoqlarida o’zgarishlar yuz berdi. Og’ir sanoat sezilarli darajada ustun bo’lib keldi. o’zbe-lastonda urushdan keyingi yillarda 1-Oqqovoq, 1-va 2-Bo’zsuv gidroelektrostansiyalari qurildi. Respublikada nora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, metall ish-lash va kimyo sanoati rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |