Paxta monokulturasi.Urushning og’ir oqibatlari respublikaning kundalik hayotida hamon sezilib turar edi. Respublika qishloq xo’jaligiga, uning moddiy-texnik bazasiga putur yetganligi, xodimlarning kamayib ketganligi uchun dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish darajasi pasayib ketdi. Mana shu va boshqa ko’pgina omillar urushning respublika qishloq xo’jaligidagi oqibatlarini bartaraf etish sur'atlariga ta'sir o’tkazdi.
Biroq boshqa barcha sohalarda bolganidek, qishloq xo’jaligida ham zo’ravonlik siyosati hukm surardi. Shuning uchun ham respublika qishloq xo’jaligini rivoj-lantirish yo’Uari Markaz tomonidan belgilanardi.
1946-yil 5-fevralda Ittifoq hukumati «1946-1953-yillar davrida O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish rejasi va tadbirlari to'g’risida» qaror qabul qildi. Bu qaror asosan O’zbekistonda paxta mono-kulturasini shakllantirishga qaratilgan edi. Sovet huku-matining ko’rsatmasi bilan oziq-ovqat ekinlarining sug’oriladigan maydonlari paxta ekish uchun ajratildi. Paxta ekin maydonlari kengaytirildi. Qarorda o’zbe-kistonda davlatga paxta sotishni 1946— 1953-yillarda ikki baravardan ortiq ko’paytirish rejalashtirildi. Respublika hududidan ancha olisda — Moskvada Ittifoq hukumati tomonidan O’zbekistonda 1946—1953-yillarda paxtachi-hkni tiklash va yanada rivojlantirish rejalari, choralari belgilab berilgani tasodifiy emas edi. Bu hukumat O’zbek xalqi manfaatini hisobga olmasdan respublikada paxta monokulturasini shakllantirishni, paxta yalpi hosilini tez sur’atlarda ko’paytirishni maqsad qilib qo’ygan edi.
Markazning ko’rsatmasiga muvofiq, g’o’za ekin may-°nlarini jadal sur'atlar bilan kengaytirib borish respublika qishloq xo’jaligini qayta qurishning asosiy vazifas' bo’lib qoldi. Paxta ekin maydonlari asosan oziq-ovqat ekinlari, birinchi galda g’alla ekinlari ekiladigan yerlarni tomorqalarni qisqartirish hisobiga oshdi. 1946-yili 218 ming gektar sug’oriladigan maydon paxta ekish uchun bo’shatib berildi.
Viloyatlar, respublika bo’yicha paxta ekiladigan may-donlar rejasi ham yuqoridan, aniqrog’i majburiy tartibda belgilanardi. Markazdan paxta ekin maydoni 1946-yilda Toshkent viloyati uchun 86 ming gektar, butun respub-lika bo’yicha esa 779 ming gektar qilib belgilab berildi.
Paxta ekin maydonlarining nihoyat darajada ken-gaytirib yuborilganligi respublikada chorvachilikni, poliz hamda sabzavot ekinlari yetishtirishni rivojlantirishga imkon bermadi. Paxta yetishtirishni kengaytirish asosiy qishloq xo’jalik ishlarini mexanizatsiyalashga g’oyat katta sarf-xarajatlar qilishni, zarur miqdorda mineral o’g’itlar ishlab chiqarishni, yangi irrigatsiya qurilishini ken-gaytirishni talab qtldi. Bu o’z holicha olinganida ijobiy hodisa edi. Lekin u asosan paxtachilikni rivojlantirishga qaratilganligi uchun qishloq xo’jaligining ko’p tarmoqli bo’lib rivojlanishini izdan chiqardi, paxta yakkahokim-ligining shakllanishiga olib keldi. Bu respublika qishloq xo’jaligining bir tomonlama rivojlanib borishini belgilab berdi. Umumiy ekin maydonlarida paxta ekin maydon-lari salmog’ining keskin ortib borishi sug’oriladigan yer-larda poliz va bog’dorchilik, sabzavot ekinlarini tobora siqib chiqardi. Paxta yetishtirish yildan-yilga o’sib bordi. 1945-yili respublikada 850 ming tonna paxta yetishtiril-gan bo’lsa, 1950-yili uning miqdori 2 mln 222 ming ton-naga yetdi. Shu davrda g’allaning yalpi mahsuloti 742 ming tonnadan 666 ming tonnaga, sabzavotlar yalpi mahsuloti 433 ming tonnadan 328 ming tonnaga kamay-di. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish sohasida bosh yo'1 bo’lib qolgan paxtachilikni jadal kengaytirish respublika hayotida ko’pgina salbiy oqibatlarga olib keldi. Oziq-ovqat mahsuloti yetishtirish qisqardi, oziq-ovqat muammosi vujudga keldi. Ekologiya buzilib, aholi salomatligi yomonlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |