Savol va topshiriqlar
1. Sanoatning bir tomonlama rivojlanishini siz qanday tushu-nasiz?
2, Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston yengil sanoati qan-day rivojlangan?
3. O’zbekistonning oltin, uran, rangli metall ishlab chiqansh sanoati korxonalari qaysi idoralarga bo’ysunganini so’zlab bering.
4. Transportdagi muammolami tushuntirib bering.
5. Mahalliy millat vakillaridan ishchi va mutaxassis kadrlar-ning o’sishiga qaysi omillar to’sqinlik qildi?
42-§. O’zbekistonda HUNARMANDCHILIKNING AHVOLI
Reja.
-
Hunarmandchilikning cheklanganligi.
-
Xalq badiiy hunarmandchiligi
Urushdan keyingi dastlabki yillarda urush davrining iqti-
sodiy qiyinchiliklari sezilib turardi. Shuning uchun aholi hunarmandchilik bilan shug'ullanishga majbur bo’ldi. Hunarmandlar tayyorlangan mahsulot turlari xilma-xil bo’lgan. Ular ro’zg’orda ishlatiladigan sopol idishlar, kiyim-kechak, poyafzal, arava, egar, sandiq, mehnat qurollari, dehqonchilik asbob-uskunalari tayyorlaganlar. Gazlama, jun, ipak matolar ishlab chiqarganlar. Gilamdo’zlik, zargarlik, misgarlik, ko’nchilik, bo’yoqchilik, sovun, sham, un va yog’ ishlab chiqarish keng tarqalgan. Hunarmandlar aholining hayoti va turmushi uchun zarur mahsulotlarni ishlab cbiqarganlar.
Biroq sovet hokimiyati hunarmandchilikning dush-mani edi. Yakka tartibdagi mehnat kapitalistik muno-sabatlarni shakllantirish deb, sekin-asta hunarmandlar-ning haq-huquqlari, erkin faoliyati cheklab qo’yildi. Ular kooperativ artellarga birlashtirildi. Yakka tartibda hu-narmandchilik bilan shug’ullanish man etildi. Urushdan keyingi yillarda hunarmandchilik kooperatsiyasi tarkibida bir necha yuz artellar faoliyat ko’rsatardi. 1955-yili Toshkent shahrida 51 ta, Samarqand viloyatida 33 ta, Namanganda 23 ta, Andijonda 22 ta yirik artellar mavjud edi. Ular xalq uchun zarur buyumlarni ishlab chiqarardi.
Misol tariqasida mato, gazlama ishlab chiqarish hu-narmandchiligi faoliyatini ko’rib chiqaylik. Bu sohada respublikada asosan ip-gazlama va ipak matolar ishlab chiqarilardi. Ip-gazlama mato ishlab chiqarish bilan ayollar, ipak ishlab chiqarish mehnati og’ir bo’lgani tufayli u bilan asosan erkaklar shug’ullanardi.
0'sha yillari Rossiya fabrikalarida ip-gazlama matolar ko'p, ipak matolar esa oz ishlab chiqarilardi. O’zbek ayollarining an'anaviy kiyimlari nozik, chiroyli ipak gazlamalardan tikilardi. Aholi ehtiyojidan kelib chiqib O’zbekistonda urushdan keyingi yillarda ipak mato ish lab chiqarish kengaydi.
Pillakashlik korxonalari xom ashyo yetishtiriladigan tumanlarda, asosan Farg’ona vodiysida ko'p e^. Marg’ilon ipak yetishtiruvchi pillakashlik hunarmand-chiligi bilan dong chiqargandi. Shoyi to’qish ham shu yerda keng rivojlangan edi. Shuningdek, Andijon Namangan, Qo’qon shaharlarida ham pillakashlik, shoyi to’qish korxonalari ko’p bo’lib, ularning har birida 7—8 kishi ishlardi. Hunarmandlarning ish sharoiti va tur-mushi og’ir kechardi.
Ipakdan turli mato, gazlamalar: shoyi, xonatlas beqasam va boshqalar ishlab chiqarilardi. Chiroyli gullar bilan bezalgan bu matolardan ayollar ko’ylagi, yelagi (to’ni), kamzuli, nimchasi, beqasamdan erkaklar, ayol-lar, bolalar choponlari tikilardi. Uy devorlariga osish uchun so’zana, choyshablar to’qilardi. 60-yillardan boshlab hunarmandchilikning bu sohasi boshqa ko’plari qatori yo’q qilindi.
Sovet boshqaruv tashkilotlari hunarmandlarning kooperativ korxonalari, artellariga e'tibor bermadi, o’z holiga tashlab qo’ydi. Ularni yangi texnika bilan jihoz-lash imkoni bo’lmadi. Natijada ularning moddiy-texnik bazasi zaiflashib bordi. Hunarmandlar malakasi oshiril-madi.
o’sha davrda hukm surgan ma'muriy-buyruqbozlik sharoitida hunarmandchilik kooperatsiyasi davlat organ-lari topshiriqlarini, ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishga majbur bo’ldi. Artellar davlatlashtirilib yuborildi. Ular amalda davlat korxonalariga aylandi.
Hunarmandlar kooperatsiyasi, kooperativ mulkining mavjudligi rahbar sovet tashkilotlarini qoniqtirmay qo’ydi. 1956-yil aprelda Ittifoq hukumati butun mam-lakatda hunarmandlar kooperatsiyasini tugatish to’g’risi-da qaror qabul qildi. O’zbekiston respublikasidagi hu-narmandlar artellari davlat mulkiga aylantirildi va mahalliy sanoat vazirligiga berildi. Sovet organlarining bu keskin tadbiri hunarmandchilikni cheklabgina qol-may, uning ko’p turlari yo’q bo’lishiga olib keldi. Asosan
nogironlar artellari, ularni ish bilan ta'minlash maqsa-dida va xalq badiiy hunarmandchiligi saqlab qolindi.
Sovetlarning hunarmandlarga salbiy munosabati tufayli gazlama, gilamdo’zlik, kigiz tayyorlash, ko’nchilik, misgarlik, bo’yoqchilik va boshqa ko’plab hunar-mandchilik sohalari 60-yillardan boshlab yo’q bo’lib ketdi- Ular ishlab chiqargan mahsulot turlari va hajmi kamaydi. Kooperativ sanoat, asosan artellar mahsuloti 1940-yHda respublika sanoati hajmining 19%ini tashkil qilgan bo’lsa, 1958-yilda 8,5%ini, 1962-yilda esa atigi 3%ini tashkil etdi.
Davlat korxonalari bilan bir qatorda xususiy yoki kooperativ mulkka asoslangan hunarmandchilikning bo’lishi respublika iqtisodiy-madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etardi. Lekin sovet rahbarlarining o’zboshimchaligi tufayli hunarmandlar kooperatsiyasi asossiz tugatildi. Bu respublika aholisini hayotiy zarur mahsulotlar bilan ta'minlash va maishiy xizmat ko’rsa-tish ahvolini mushkullashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |