Annotation



Download 456,36 Kb.
bet30/38
Sana31.12.2021
Hajmi456,36 Kb.
#217026
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
ingliz tili darslarida boshlangich sinf oquvchilarining ogzki nutq konikmalarini takomillashtirishda oyin texnalogiyasi

“ 4 x 4 = 16 ”


O’qituvchi doskaga 4 harifidan iborat so’z yozadi. Masalan “farm”. O’yin shartiga ko’ra, har bir harfga 4tadan so’z toppish kerak. Guruhlarga bittadan ekspert tayinlanadi. A’zolar maslahatlashib, so’zlarni berilgan vaqt ichida topishlari kerak. Guruhlarga so’zlarni yozish uchun qog’ozchalar tarqatiladi:




F

A




R

M

Fall




Anny

Room




Meat

Fool




Air

Rose




Many

Food




Any

Rain




Man

Fast




About

Road




More



  1. 2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ingliz tilida nutq ko’nikmalarni takomillashtirish usullari


Maktablarda boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim – tarbiya berishda eng asosiy vazifalardan biri o’quvchilarga ona tilini o’rgatish bilan bir qatorda xorijiy

tillarni o’rgatish, shu nuqtaiy nazardan ingliz tilini o’rgatishdir. O’quvchini ingliz tiliga qiziqtira olish, ingliz tilida nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga, muomalaga o’rgatishdir.

Nutq o’stirishning asosiy maqsadi: o’quvchilarning ingliz tilidagi og’zaki nutqini rivojlantirishdan, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo’lish malakasini shakllantirishdan iborat.

Nutq o’stirish vazifasi o’z ichiga bir qancha maxsus vazifalarni oladi:



    1. O’quvchilarni sinf xonasi va tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o’stirish, lug’atini boyitish.

    2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.

    3. nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

Lug’at ustida ishlash ko’rgazmali qurollardan tahqari sinf xonasidagi ko’rgazmalardan hamda tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali ham amalgam oshiriladi. O’quvchilarni tevarak - tarofdagi buyumlar, hodisalar, o’simliklar, hayvonot dunyosi va hokozolar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomlarini, sifatlarini, hususiyatlarini ingilizcha so’zlar bilan aytamiz.

Masalan:


Buyumlarning nomini anglatadigan: (things) mirror (ko’zgu) camp (taroq), soup (sovun), carteen (gilam), cupboard, (shikaf) bad (kirovat), tableclothe (dasturhon). Vagetables: (sabzavotlar nomini anglatadigan carrot (savzi), cabbage (karam), turnip (shalg’om), cucumber (bodring). Fruits: (mevalar) apple (olma), pear (nok), cherry (olcha), peach (shaftoli), banana (banan), grape (uzum) domestic animals (uy hayvonlari) rooster (xo’roz), hen (tovuq), horse (ot), cow (sigir), dog (it), cat (mushuk), goat (echki). Verbs (harakatni ifodalovchi) washing (yuvinmoq), cleaning (tozalamoq), doing iron (dazmollamoq),cooking (pishirmoq) va boshqalar. Adjectives: (sifatlari) big (katta), small (kichkina), red (qizil), green (yashil), hot (issiq), cold (soviq) va hokazo so’zlar sozlar o’quvchilarning sinf xonasi va tevarak- atrof bilan tanishtirish jarayonida o’quvchlar lug’atiga kiritiladi, buning natijasida ularning lug’ati boyitiladi, nutqi rivojlanadi.

Ingliz tili darslaida lug’at bilan ishlash juda muhim bo’lib, o’qituvchi o’quvchilarga o’rtoqlari bilan ingliz tilida nutqiy muloqotga kirishib keta olishiga yordam beradigan tanlab hamda diologik nutq yordamida ular nutqiga kiritib boradilar. O’quvchilarni so’zlarning tarjimasini tushunishga o’rgatibgina qolmay, balki bu so’zlarni nutqlarni faol ishkatishga ham odatlanib boradilar.

Lug’at tilning qurilish materiali hisoblanadi. Grammatika esa gapda so’zlarning o’zgarishi va ularning bog’lanish usullarini belgilaydi. Bundan tashqari, grammatika tilning qurilish modelini (so’z yasovchi, so’z o’zgartiruvchi) belgilaydi.

O’quvchi ingliz tilining barcha grammatik shakllarini qancha erta o’zlashtirsa, u aqliy jihatdan ham, nutqiy jihatdan ham sunchalik tez rivojlanadi. Agar o’quvchida nutqning grammatik tomoni noto’g’ri shakllansa, aqliy rivojlanishi kechkadi.

O’qituvch har bir mashg’ulot va o’yin turlarida bolalar nutqidagi grammatik xatolarni tuzatishi kerak. O’z vaqtida tuzatilmagan grammatik xato bola nutqida mustahkamlanib, uni tinglayotgan boshqa bolalar nutqida ham grammatik xatolarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Biroq maxsus tashkil etiladigan o’yinlarda bola nutqidagiu yoki bu salbiy jihatlarni ogohlantirish bo’yicha ish olib, bola nutqida paydo bo’lgan grammatik hatolarni o’z vaqtida bartaraf etish lozim. Mahsus tashkil etiladigan o’yin va mashg’ulotlarda bolaning diqqati faqat kerakli Grammatik shakllarga jalb qilinadi. So’z, uning shakl jihatdan o’zgarishi, so’z birikmasi yoki gaplar ular aqliy faoliyatining mazmuni bo’lib qoladi. Bunday mashg’ulotlarni izchillik va ketma-ketlik bilan olib barish natijasida bolalar qanday gapirish kerakligini anglaydilar, savodli chiroyli gapirishga harakat qiladilar. Qulay ishchanlik ruhida tashkil etiladigan mashg’ulotlar bola diqqatini chalg’ib ketishining oldini oladi, ular o’qituvchining tushuntirishlarini, ko’rsatmalarini diqqat bilan tinglaydilar, o’rtoqlarini nutqini kuzatadilar. Mashg’ulotda nutq namunasini oladilar va o’z nutqlarida undan foydalanadilar. Ko’pgina o’quvchilar o’z o’rtoqlarining xatolarini tuzatishda o’qituvchining eng yaqin yordamchisiga aylanib qoladilar.

Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni ogohlantirish, tuzatish maqsadida tashkil etiladigan maxsus mashg’ulotlar olib borishda quyidagi metodik ko’rsatmalarga amal qilish kerak:

Ma’lum bir sinfda tashkil etiladigan mashg’ulot mazmunini uzoq muddatga mo’ljallab tashkil etish kerak. Mashg’ulot uchun bolalarning o’zlashtirishlari, ishlatilashi qiyin bo’lgan grammatik kategoriyalarni qayta – qayta tashkil etib mashqlar bajarish lozim. Bolalar oson va tez o’zlashtirgan birorta Grammatik formani (shakni) qayta o’rgatish maqsadga muofiq emas. O’qituvchi yilning boshida o’quvchilar qanday Grammatik shakllarni qo’llashda qiynalishlarini, xatoga yo’l qo’yishlarini aniqlab olishi kerak. Buning uchun o’quvchi nutqini kuzatadi, alohida o’quvchilar uchun surali kartochkalar yoki biror - bir predmet yordamida o’tkaziladi.

O’quvchilar grammatik shakllarni doimo to’g’ri ishlatashlari uchun dinamik stereotipni hosil qildirish kerak. Buning uchun eshitgan so’zini kerakli grammatik shaklda ko’p marta takrorlash zarur. Takrorlash sedan chiqarganlarini esga tushurish maqsadida emas, balki sedan chqarishning oldini olish uchun zarurdir, chunki esdan chiqarganni qayta tiklash uchun juda ko’p vaqt sarf etiladi. Grammatik jihatdan to’g’ri shakllangan nutq malakasini hosil qilishning sharti bu – takrorlashdir. Biror mavzu mazmunini to bola nutqidagi grammatik xato turi bartaraf etilmaguncha takrolash zarur. 3-4 ta grammatik shakl ustida ishlash bo’yicha mashgulot bir necha kun davom etishi mumkin.

Grammatik jihatdan to’g’ri nutqni shakllantirish bo’yicha mashg’ulotlar ko’rgazmali materiallar yoki ko’rgazmasiz o’tkaziladigan talimiy o’yin xarakteriga ega.

Har bir boshlang’ich sinf uchun dastur mazmuniga mos talimiy o’yinlar, mashqlar tanlanadi. Masalan:

Birinchi sinflar uchun “English alphabet”, “Numbers”, “Domestic animals”, “Family” va boshqalar.

Ikkinchi sinf va undan yuqori sinflar uchun ”Verbs”, “Jobs”, “Body”, “Seasons”, “Months and weeks” va hokazolar.

Bola nutqidagi xatolarni do’stona, xushmuomilalaik bilan tuzatish kerak. Hech vaqt bola nutqidagi xatoni takrorlash yaramaydi, yaxshisi grammatik shaklli to’g’ri bo’lgan so’zlarni, talimiy o’yinlarni takrorlash joizdir, o’qituvchi dars davomida yoki

turli hil o’yinlar davomida bola nutqini kuzatib borishi va grammatik xatolarni tuzatishi shart.

Bola nutqida grammatik xatolarni dars jarayonida etarli ovoz tonida, boshqa o’quvchilarga ham eshitarli qilab to’g’rilash kerak.

O’quvchilarni grammatik to’g’ri gapirishga o’rgatish bilan bir qatorda nutqning tovush madaniyati ham o’rgatish lozim.

Nutq madaniyati – bu bayon etiladigan fikr mazmuniga mos tarzda til vositalarining barchasidan (Tovush, intonatsiya, Grammatik shakllar, leksik urg’ulardan) foydalana olishdir.

O’qituvchi oldida quyidagi vazifalar turadi: o’quvchilarda so’zlardagi tovushlarni aniq, to’g’ri talaffuz etishni tarbiyalash, ingliz tili orfoepiya qoidalari asosida so’zlarni to’g’ri talaffuz etishni, aniq talaffuzini, bola nutqining ifodaliligini tarbiyalash.

Biroq nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bu tovushlarning to’g’ri talaffuzini shakllantiish ekan deb tushunmaslik kerak. To’g’ri tovush talaffuzini shakllantirish nutqining tovush madaniyati bo’yicha ishlarning bir bir qismigina hisoblanadi. O’qituvchi bolalarda to’g’ri nafas olish va chqarishni, ingliz tilidagi hamma tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni, so’zlarni aniq talaffuz etishni, ovozdan to’g’ri foydalanishi, shoshilmasdan nutqning mazmuniga qarab, ifodali gapirishni tarbiyalaydi.

Nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to’g’riligi, sozlashgan vaqtida to’g’ri nafas olish va chiqarish, ravshan gapirish, so’zlarni to’g’ri isjlatish, ovoz kuchi va nutq suratini tartibga solish tushuniladi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilari ingliz tili lotin alifbosiga o’hshab ketganligi bois ayrim tovushlarni almashtirib yuboradilar. Masalan: “school” [sku:l] so’zini “schol”, “book” [bu:k] so’zni bok, “bag”[ba:g] bag .

O’quvchilarga bilim va tarbiya berishada so’zlashuv nutqiga (dialog) o’rgatish katta ahamiyatga egadir. Bolada so’zlashuv nutqini shakllantirish – bu boshqalarning nutqini tinglash va tushunish, so’zlashishni quvvatlash, savollarga javob berish va so’rashdir (savollar beris). Bola so’zlashuv nutqining rivojlanganlik darajasi uning

lug’at boyligiga, tilning grammatik tomonini egallaganligiga bog’liqdir. Bolaning so’zlashuv nutqiga o’rgatish uning madaniy nutqni egallagnli darajasiga ham bog’liqdir. Masalan , suhbatdosh bilan so’zlashayotgan vaqtda o’zining va suhbatdoshining nutqiga doimo e’tiborli bo’lish, suhbatdoshining nutqini also bo’lmaslik, savollarga odob bilan qo’l ko’tarib, ruhsat berilgach javob berish, “ha” yoki “yo’q” deb qisqa javob bermay, balki shoshmay, o’ylab, so’ng to’liq, to’g’ri javob qaytarishga odatlantirish lozim. So’zlashganda o’rtacha ovozda fikrni tushunarli qilib bayon etish, nutqning yoqimli bo’lishiga e’tibor berish, so’zlaganda hamma uni miriqib tinglashiga o’rgatish, shuningdek, gapirayotgan vaqtda yerga, tevarak – atrofga qaramay, balki o’rtoqlariga qarab, ikki qo’lini yonga tushurib, erkin, samimiy so’zlashishga o’rgatishi va buni darsda bolalardan talab qilib borish zarur.

Til o’rganishning asosiy shakli bu mashg’ulotdir. Nutq o’strish mashg’ulotlarida bola o’z nutqini o’qituvchining namunaviy nutqi bilan taqqoslashga, boshq bolalar bilan o’quv materiallarini bajarishga, yani o’qituvchining tushuntirishini, hikoyasini tinglashga, birgalikda rasmlarni, diafilmlarni ko’rishga suhbatlashishga, didaktik o’yinlarda ishtirok etishga, birgalikda o’ynashga ma’lum bir obyektga diqqatini qarata olishga, navbat bilan gapirishga o’rganadi. O’quvchilar har darsda yangi bilimlar bilan tanishdilar, o’qituvchining nutqiy ko’rsatmasi orqalio’quv ishlarini bajarishga, o’z ishlariga baho berishga o’rganadilar.

O’quvchilarning dars davomida hammaga eshitarli qilib gapirishi emas, balki o’qituvchining va tengdoshlarining nutqini faol tarzda idrok qilishi va tushunishi demakdir. Imkoniyatg qarab ko’proq bolalarning ovoz chqarib gapirishlari, fol nutqlari uchun sharoit yaratib berish kerak. O’quvchilarning nutqiy faolligini oshirishda ko’rgazmali qurollardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Shuningdek, faoliyatning xilma – xilligi, ularning turlarini o’zgartirib turilishi, o’yin usullari ham o’quvchilarning nutqiy faolligini oshriradi. To’g’ri tanlangan va tuzilgan, topshiriqlar ham nutq faolligini taminlovchi vositalardan biridir. Tarbiyachi savollar va topshiriqlar berganda, sinfdagi hamma o’quvchilarga qarata murojat qiladi, zarur bo’lganda uni takrorlaydi, javob beruvchiga baland, to’g’ri, hammaga tushunarli qilib gapirish kerakligi haqida ko’rsatma beradi, nutqiy rivojlanishi har xil

darajada bo’lgan o’quvchilardan navbatma-navbat so’raydi, hadeb bir o’quvchidan so’rayvermaydi, sinfdagi o’quvchilarga javob berayotgan o’quvchining javobi to’g’ri yoki nato’g’ri ekanligini nazorat qilib borishni aytadi, ularga savol bilan murojat etadi: u to’g’ri gapirdimi? Yana nimalar haqida gapirishi kerak edi?

Shuningdek o’qituvchi darsda nutqi yaxshi rivojlanmagan o’quvchilarga alohida e’tibor qaratishi kerak. Ayniqsa indamas, muloqat qilishni istamaydigan, o’zini tutib tura olmaydigan, ezma o’quvchilarga yakkama – yakka yondashishi kerak.

Maktab sanf xonalarining ham ko’rinishi alohida o’rin egallaydi. Yani yorug’lik yetarli darajada bo’lishi, stollar, jihozlar o’quvchilar bo’yiga mos bo’lishi kerak. O’quvchilarning va o’qituvchining doimiy o’tiradigan joyi bo’lishi, o’quvchilar stolga o’tirishganda o’qituvchining aniq ko’rib turishlari, o’quvchilar o’qituvchiga, o’qituvchi esa o’quvchilarga qarab o’tirishlari kerak. Sinf xonasining havosi doimo yangilanib turishi lozim.




  1. Download 456,36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish