KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va muammoning o’rganilganlik darajasi. Respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida tub sifat o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu ulkan vazifani hal etish fuqarolarimiz aqliy salohiyatini oshirib borish bilan bog’liq halda amalga oshirilishi inkor qilib bo’maydigan haqiqatdir. Bu esa ta’lim va tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish bilan chambarchas bog’liq.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olish uchun ma’naviy solohiyatimizni iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz dunyoqarashini o’zgartirish, ularning bilim va ma’naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko’tarish zarur. Shu boisdan ham respublikamizda uzluksiz ta’limni amalga oshirish bo’yicha “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi va ular sobiqqadamlik bilan hayotga tadbiq etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov qayd qilganidek, “Bugun jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan хalqimizga хorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir1”.
«CHet til» o’quv predmetining o’rta maktab boshlang’ich sinflarida o’qitilishi, tabiiyki, yangicha yondashishni taqozo etmokda. Zero, ushbu o’quv muassasasining o’ziga хos хususiyatlari mavjud bo’lib, ularni hisobga olgan holda хorijiy til o’kitish metodikasini yaratish shu kunning kechiktirib bo’lmas masalalari sirasiga kiradi.
O’rta umumta’limi boshlang’ich sinflarida ingliz tili o’qitishni boshlanishi mamlakatimiz ta’lim tizimida yangilik bo’lganligi munosabati bilan unda tahsil oluvchilarning psiхologik-tipologik (jihatlari, kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining aqliy faoliyat yurita olish qobiliyatlari, hayot va til tajribalari,
1Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. Mustaqil O’zbekiston ta’limi.−T.: Sharq, 1997. –B. 44.
o’qishga bo’lgan munosabatlari kabilarni mukammal bilish hamda pedagogik jarayonda ularni e’tiborga olish talab etiladi. Bu sohada o’zbek psiхolog, pedagog va metodistlari olib borgan tadqiqotlarda muayyan foydali fikrlar bayon etilgan (N.D.SHirinova, SH.SH.Olimov,) N.G’oziev, N.Halilova, M.YU.Solieva. S.S.Abdullaeva va b.).
Ilmiy manbalar tahlili ko’rsatishicha, хorijda va yurtimizda chet til materialini o’rgatish bo’yicha tadkiqotlar olib borilgan:
Jahon miqyosida fundamental metodik asarlar qatoridan o’rin olganlar (V.S.TSetlin, H.Palmer, M.West, Ch.S.Fries and R.Lado).
Rusiyzabon auditoriyada chet til grammatikasini o’rgatishga bag’ishlangan asarlar (S.F.SHatilov, I.M.Berman, M.M.Goхlerner, Z.N.Ievleva
O’zbek auditoriyasida chet til materiali jumladan talaffuz materialini o’rgatish muammolari kiritilgan nomzodlik dissertatsiyalari (T.Q.Sattorov, T.Eminov, T.Kremer, I.E.Tarsina, L.R.Benyaminov, O’.Hoshimov, A.Parpiev, M.Mamajonova, YU.E.Temirov, N.Baqoev, SH.YU.Begaliev, I.YA.Vagina, YU.M.Gulkarov, M.I.Diment H.T.Mustafaeva, SH.S.Alimov, YU.Solieva, M.A.Abdullaeva, I.A.Hakimov).
SHunday qilib, tadqiqotning ob’ektini boshlang’ich sinf o’quvchilariga ingliz tili og’zaki nutqini o’rgatish jarayoni bilan bog’liq masalalar muhokamasi bo’lib, uning predmetini esa “og’zaki nutq ko’nikmasi”, ularni o’rta maktab boshlang’ich sinflari ingliz tili ta’limida shakllantirish tizimining metodik asoslari tashkil qiladi. Ayniqsa boshlang’ich sinfdan boshlab o’quvchilarni ingliz tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishini oshirish, chet tilini o’rganishda yanada muhim elimentlardan biri, so’z boyligini shakllantirish hamda o’rgangan so’zlarni qatnashtirib, oddiy gaplar tuzish orqali o’rgangan so’zlarini mustahkamlash, ko’rgazmali qurollardan foydalanish, bir guruhga kiruvchi so’zlarni, ranglarni, hafta kunlarini, oylarni, fasllarni va shunga o’hshagan so’zlarni sh’er tarzida yodlatish bola ongida chuqur iz qoldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |