Uchinchi bob bo’yicha hulosalar.
Har bir o’qituvchining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo’ladi. Muomalaning asosiy vositasi – tildir. Xalqimizda shunday naql bor: “Bola – shirin
so’zning gadosi”. Shunday ekan o’qituvchi muomala jarayonida juda ehtiyotkor bo’lishi maqsadga muofiqdir. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: “Shirin so’z – ko’ngillar uchun bamisoli asaldir”.
Shuning uchun ham o’qituvchi har doim nutq madaniyatiga qattiq e’tibor berishi, o’zining psihologik, estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna sifatida namoyon etishi muhimdir.
Nutq madaniyatini shakllantirish ishlari o’quvchilarga, maktab jamoalarida, ota-onalarga, jamoatchilikda o’zining nutqi, muloqot madaniyati bilan ta’sir ko’rsatadi. Bu ishlar faqat dars faoliyatida (she’r aytishda, ifodali o’qishda, o’yinlar o’ynashda) pedagogik mahorotni egallashnigina emas, balki o’quvchilarning nutq faoliyatini boshqara olishni ham taqazo etadi. Boshlang’ich sinf o’qivchisi boshlang’ich sinfdan boshlab ingliz tilini sevishi, unga ishtiyoq bilan yondashishi, o’quvchilarni yaxshi ko’rishi, nutq madaniyati vositalari bilan o’qitish va tarbiyalashga qiziqishi lozim. Bulardan tashqari u o’z mahoratini muvaffaqiyatli rivojlantirishi uchun pedagoglik, artistlik va ijrochilik qobiliyatlariga ega bo’lishi zarur. Shundagina o’qituvchi yaxshi pedagok bo’lishi, o’z ishini ham, oquvchilarni ham sevadigan barkamol o’qituvchi ekanini ko’rsatishi mumkin.
Boshlangich sinf o’qituvchisi bilimlari mazmunini ma’naviy-m’arifiy, p h7sixologik-pedagogik va mahsus bilimlar tashkil qiladi. Ma’naviy-ma’rifiy blimlar o’qituvchi dunyoqarashi nuqtai kasbiy va mahsus bilimlarning metadalogik zahirasidir. Psixologik – pedagogic bilimlar esa o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi uchun asos sifatida xizmat qiladi.boshlang’ich sinf o’qituvchisioquvchi qobiliyati, ruxiyati hamda yosh hususiyatlarini, nutq madaniyatining shakllanishida sharoitlarni bilishi lozim.
Boshlang’ich ta’limning quyi bosqichida 1-2 sinflarda o’quvchiga faqat tovush materiallari: oldin alohida tovushlar, yangi so’zlarning doimiy takrorlanishi, keyin asta-sekin murakkablashib boradigan so’zlar, gaplar beriladi.
Jumladan kuyidagicha:
tovushlarni to’g’ri talafuz etishga o’rgatish
Bittadan so’zni, uning xarakterini eshitib tasavvur etish.
O’quvchida mavjud eshitish tasavvuriga muvofiq bitta so’zni har hil qilib gapirish qobiliyatini rivojlantirish.
So’zlarning ma’nosini tasavvur etish. O’quvchi so’zni aniq eshitishi tufayli uning mazmunini tushunadi.
Boshlang’ich ta’limda birinchi sinfdan boshlab so’zlarning tarjimasi va uni ma’no-mazmuni, ularning ran-barangligi, ularni nima maqsadda va qanday holatlarda ishlatish lozimligini sodda qilib o’quvchlarga tushuntirish hamda ushbu so’zni ishlatishga ma’suliyat bilan munosabatda bo’lish zarurligini uqtirish lozim.
O’quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar me’daga tegib ketar darajada bo’lmasligi kerak. O’qituvchi o’quvchining nimalarga qiziqishi, nimalarni o’qishi va yahshi ko’rishini, uydagi sharoiti, oilasidagi munosabatlarni va hakozolarni bilishi lozim.
Darsda o’qituvchi avval o’quvchiga so’z mazmunini tushunish, eslab qolish, o’zlashtirgan bilimlarini og’zaki va yozma ravishda ifodalashning ahamiyatini tushuntirishi lozim. Dars davomida o’yinlardan tashqari turli hil she’rlarni yodlattirish o’quvchining xotirasini mustahkamlaydi. O’qituvch tushnirishni o’quvchi uchun mos va qiziqarli tarzda olib borishi lozim.
Shuni aytish kerakki, yuksak sezgirlikka ega bo’lgan oqituvchi bolaning kayfiyati, noxushligini, darsga bo’lgan etiborini darrov fahmlaydi.
Bola ahvolini tushunish, unga hamdart bo’lish, kerak bo’lsa madad berishi kerak bo’ladi. O’qituvchi o’zining pedagogik faoliyatida, avvalo to’g’ri so’z bo’lishi, ishlarini adolat bilan olib borish kerak. Bu xislat o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi yaqinlikni oshiradi. Chunki nutq madaniyati insonlar munosabatini baholovchi muhim mezondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |