2-asosiy savol bayoni
Biotsenoz chegarasini aniqlovchi uslublar.
Tabiiy sharoitda biotsenozni chegaralashda
bir hil fizik-kimyoviy iqlim sharoiti va biotic munosabatlardagi joy tanlab olinadi. Ajratilgan
joyda uchraydigan hamma hayvonlar turlarini yig‘ish mumkin bo‘lmaganligi uchun hayvonlar
katta-kichikligi , sistematik o‘rniga qarab , asosiy guruhlarning vakillaridan namunalar to‘planadi
. Ular uchraydigan joylardagi o‘simliklar ularni o‘zgarib turishi inobatga olinadi . O‘t
o‘simliklar va ayniqsa, o‘rmonzorlarda hayvonlar yaruslar bo‘yicha to‘planadi . tuproqda
uchraydigan hayvonlardan namunalar to‘plaganda tuproq yuzasidagi barg , shox qoldiqlari
tagidan boshlab tuproqning har 5 sm chuqurligidan namunalar olinadi, uchraydigan
hayvonlarning turlari ,soni , uchrovchanlik darajalari aniqlanadi.
To‘plangan materiallar asosida biotsenozlar , ularning ruzilishi bir-biridan farqi ajratiladi . Bir
joining o‘zida har xil turlar aniqlanishi, ularning boshqa joylarda ham topilishi ,
biotsenozlarning murakkab tuzilishiga ega ekanligi va turlarning uchrovchanligini ko‘rsatadi.
Biotsenoz ichida uchraydigan turlar sonini aniqlashda, albatta , ularning bir-biriga nisbiy
miqdorini ham inobatga olish kerak. Bunda turlarning uchrovchanligi (ko‘p, siyrak, yakka-yakka
) ahamiyati inobatga olinadi. Har bir guruh organism uchun o‘ziga xos uslub bilan yondashish
kerak . Ya‘ni o‘simliklar unib chiqishi , bargi , guli , poyalarini aniqlagan uslub bilan molluskalar
yoki qushlarni aniqlab bo‘lmaydi.
Tur tarkibi , uning xilma-xilligi biologic birliklarni xarakterlaydigan belgilarning biridir.
Biotsenozni o‘rganishda va tariflashda , asosan turlar bir-birlariga nisbatan ajratiladi . Tur
sistematik o‘rni aniqlangandan keyin , turlarni har xillik aspekti va biotsenoz tuzilishi
belgilanadi.
Biotsenoz ichidagi munosabatlar .
Biotsenoz ichida uchraydigan u yoki bu tur o‘rtasidagi
ko‘p biotic munosabatlar-ozuqa va yangi yashash joyni egallash ularning biotsenoz ichidagi
hayotiy o‘rnini aniqlaydi . Professor V.N . Beklemishev tadqiqotlari bo‘yicha biotsenozda
turlararo bevosita va bilvosita munosabatlar quyidagi 4 ta turga bo‘linadi , ya‘ni : trofik,
topik,forik, va fabrik munosabatlar . Ularning ta‘rifi quyidagicha .
1)
Trofik aloqalar ,
munosabatlar biotsenozdagi bir turning ikkinchi tur bilan , uning tirik
vakillari yoki o‘lik qoldiqlari , mahsulotlari bilan oziqlanish jarayonidan kelib chiqadi .
Masalan, ninachilarning hashoratlar bilan oziqlanishi , qo‘ng‘izlarning molok g‘ong, arilar gul
change, yo‘lbarslar turli o‘ljalar , ularni qoldiqlari bilan oziqlanishi misol bo‘ladi.
2)
Tropik aloqalar,
munosabatlar, bir tur hayot-faoliyati natijasida ikkinchi turning
yashash muhiti , fizikoviy va kimyoviy sharoiti o‘zgaradi, ya‘ni bir tur ikkinchi tur uchun
yashash muhiti yaratiladi. Masalan, tirik organizmlar ichida uchraydigan ichki parazitlar
yashashi uchun ot, sigir odam tanasi muhit hisoblanadi. Yashash muhiti hosil qilishda yoki
muhitning boshqa organizmlar uchun o‘zgarishini o‘simliklar misolida uchratish mumkin.
Masalan, o‘rmon chetlari , o‘simlik qoldiqlari , tuproq yuzasi ko‘p hayvonlar uchun yashash
muhiti
hisoblanadi.
3)
Forik munosabatlarda
biotsenozdagi bir tur ikkinchi turning tarqalishiga yordam beradi.
Bu holatda tashuvchi vazifasini ko‘pchilik hayvonlar o‘taydi(zooxoriya ); hayvonlar juni,
tanasiga o‘simliklar urug‘lari ilinib , yopishib bir joydan ikkinchi joyga tushadi .
4)
Fabrik munosabatlarda
biotsenoz ichidagi bir tur o‘zining yashash joyi uchun ikkinchi
tur qoldig‘i , o‘liki yoki tirik qismlaridan foydalanadi. Masalan, qushlar uya qurish uchun
o‘simlik bargi, poyasi , butalar shoxi , boshqa qushlar patlari , hayvonlar junlari , paxta va
lattalardan ham foydalanadi.Daryodagi toshlar ustida uchraydigan qurtlar loyqa , o‘simliklar
shoxi, poyasi bargidan foydalanadi.
Biotsenoz ichidagi har bir aniq tur o‘zi uchun optimal fizikaviy muhitda yaxshi o‘sadi,
ko‘payadi va rivojlanadi . Tur tarqalishida fiziologik va sinekologik optimumlar farqlanadi
.Biotsenoz ichidagi vujudga keladigan turlararo aloqalar turlarning bir-biriga nisbati , ekologik
xususiyatlari , soni , qalinligi , makonda tarqalishi va tuzilishi kabi qonunyatlarni keltirib chiqaradi
.
3-
Do'stlaringiz bilan baham: |