4-asosiy savol bayoni
Biotsenozlar tuzilishi .
Biotsenoz turlar tarkibi bo‘yicha tuzilishi ekologik abiotik va biotic
omillariga bog‘liq (21-rasm ). Ma‘lum joydagi biotsenoz ichida uchraydigan har xil turlarning
soni , ularning bir-biriga nisbatan oz va ko‘pligidir . Biotsenozlar turlarga boy ba ularda
turlar(ayniqsa , agrobiotsenozlar ) kam bo‘lishi mumkin .
Masalan, Arktika, Antarktika, yuqori tog‘ , issiq saxrolar (Qoraqum, Qizilqum,Saxroi Kabir , Gobi
cho‘llari) va sovuq Pomir cho‘llari , oligotrof tog‘ ko‘llari , yuqori tog‘ daryolari , buloqlar yoki
ifloslangan biologic hovuzlarda organizmlarni turlar soni kam bo‘ladi.
Iqlimning abiotik omillari optimal bo‘lgan joylarda biotsenoz turlar tarkibi boy, xilma-xil
bo‘ladi, masalan, tropic mintaqada o‘simlik va hayvonlar olami boyligi , dengizlar korall riflari ,
arid mintaqa daryolar vodiylari turlar boyligiga yorqin misol bo‘ladi .
36
Ma‘lum biotsenoz ichidagi , turlar tarkibi ularning shu yerda uzoq vaqt yashaganligi ,
turlarning har xilligi va biotsenoz rivojlanishi tarixiga bog‘liqdir . Masdalan, yangi qurilgan va
suv quyilga zovur , kanalda 10-16 ta suvo‘tlar turi uchrasa , eski zovur va kanallarda 10-12
barobar (120-170 ta turlar) ko‘p uchraydi (Ergashev, 1968 ) .
Yer usti va suv muhitidagi biotsenozlarda milroorganizmlar , o‘simlik va hayvonlar turlari
uchrasa , ayrim muhitdagi biotsenozlarda o‘simlik turlari mutloq bo‘lmaydi . Jumladan, chuqur
quyosh nuri tushmaydigan g‘orlar, dangiz va okeanlar fotik hududlari pastida o‘simlik vakillari
uchramaydi . Unday joylarda ko‘rshapalaklar (g‘orlarda ), ayrim hayvonlar, dengiz
chuqurliklarida baliqlar va boshqa jonivorlar bo‘ladi , xolos . Qaynoq buloqlarda (Xoja Obigarm
qaynoq bulog‘i , suv harorati 97-98
0
C, suv yer betiga chiqqan joyida ) faqat serobakteriyalar m
uchraydi (Ergashev , 1969).
Biosenoz egallab turgan muhit-biotop deyiladi, biotop-biosenozning yashash muhitidir.
‖Bios‖-hayot; ‖topos‖-yashash joyi demakdir.
Biosenoz tuzilmasi. Biosenoz odatda tur, fazo, ekologik tuzilmalarga bo`lib o`rganiladi.
Biosenozning tur tuzilmasi deyilganda biosenozdagi turlarning xilma-xilligi, miqdori,
ularning fenologik holati va hakozo e`tiborga olinadi.
Biosenozning fazoviy tizilmasi-jamoaning shakllanishi davrida bu yerdagi turlar har xil
holatda joy oladilar. Ayrim turlar-tuproqda, uning yuzasida, suvda, daraxt tanasiga yopishib (epifit),
barglarida (epifil) yopishib yashashi mumkin, tarqalishi mumkin. Buning natijasida fitosenozning
tuzilishida qavatlilik kelib chiqadi. Qavatlilik deganda, jamoadagi turlarning tuproq yuzasiga nisbatan
har xil balandlikda qavatma-qavat joylanishi tushiniladi.Gidrofid jamoalarida qavatlilik suv yuzasi,
suv qatlami va yer ostidagi suvzamin kabi ko`rinishlarga ajratiladi.
Biosenozning eng muhim hususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Nam tropik
o`rmonlardagi biosenozlar turlarga boy bo`lsa, qurg`oqchil va sovuq joylardagi biosenozlarda turlar
kam uchraydi.
Maydon birligiga to`g`ri keladigan turlar soni biosenozning turlarga to`yinganligi deyiladi.
Tabiiy biotsenozlar turlarga boy bo‘lib , ularda ming iminglab uchragan turlar birlashib
murakkab biologic sistema hosil qiladi . Ular ichida har xil munosabatlar va energiya oqimi
kuzatiladi .
Rossiyaning dasht o‘rmon hududida turlarning boyligini V.V.Alyoxin ―Kursk floristic anamaliya
― deb atagan . Turkiston hududining Qizilqum cho‘l mintaqasida hammasi bo‘lib, 900-937
atrofida o‘simlik turlari uchrasa Pomir-Oloy floristic tumanda 3460 dan ortiq o‘simlik turlari
aniqlangan . Yana bir misol, Orol atrofida suv havzalarida ko‘k-yashil suvo‘tlarining hammasi
bo‘lib 65 ta tur va tur vakillari uchragan bo‘lsa, Pomir-Oloy hududidagi suvlarda ularning soni
37
474 ta turni tashkil qilgan Buning sababi turli suv havzalarining oz‘ko‘pligi , ulardagi
muhitning har xilligidan kelib chiqqan (Ergashev, 1987).
Tabiiy biotsenozlar har xil turlar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘ladi. Turlar ichida
dominantlar , subdominantlar va kam uchraydigan turlar bo‘ladi. Ayrim hollarda turlar bir hil
uchrovchanlikka ega bo‘lganda dominant turlar bo‘lmasligi ham mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |