O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA YO‘NALISHI
1-BOSQICH 3-GURUH TALABASI
NASIRDINOVA MADINANING
MATEMATIK ANALIZ
FANIDAN YOZGAN
MAVZU: Funksiya limiti. Funksiya limitini hisoblash texnikasiga doir misollar
KURS ISHI RAHBARI: T. IBAYDULLAYEV
Andijon-2020 yil
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………....3
Asosiy qism
1.1-§ To’plamning limit nuqtasi…………………………………………………..5
1.2-§ Funksiya limitining ta’rifi…………………………………………………...8
1.3-§ Funksiyaning bir tomonli limitlari………………………………………..11
1.4-§ Ekvivalentlikdan foydalanib, funksiyalarning limitini topish………………16
1.5-§ Cheksiz kichik hamda cheksiz katta funksiyalar…………………………18
1.6-§ Chekli limitga ega bo’lgan funksiyalarning xossalari…………………...19
1.7-§ Funksiya limitining mavjudligi haqidagi teoremalar………………….....23
Xulosa ……………………………………………………………………………28
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………29
“Matematika - yoshlar kelajagining
poydevori. Bu fanning rivoji esa mamlakat
rivojidir.”
SH.M.Mirziyoyev.
KIRISH
2020-yil 7 - may kuni “Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va
ilmiy- tadqiqotlarni rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori
qabul qilindi. O‘tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta'limini yangi sifat
bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi.
Ushbu qaror bilan matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
Qarorga muvofiq matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar bosqichma-bosqich, mavjud ehtiyoj va o‘quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib tashkil etiladi. Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi. Matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli OTMlarning matematika ta'lim yo‘nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.
Bundan avvalroq ham, matematika fanini va ta’limini rivojantirish bo’yicha
“Matematika ta'limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab
quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
V. I. Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilingan edi.
Bularning bari mamlakatimizda ilm-fan, xususan matematika fanini rivojlantirshga
qaratilayotgan e’tiborning nechog’lik muhim ahamiyat kasb etishini namoyon
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |