Andijon davlat tibbiyot instituti



Download 1,43 Mb.
bet5/48
Sana27.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#710402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Фармакология рецептура лотин 2012

QATTIQ DORI ShAKLLARI

Qattiq dori shakllariga kukun dorilar (tolqon, poroshoklar), tugma dorilar (tabletkalar), drajelar, mikrodrajelar, granulalar, kapsulalar, karamellar, pastilkalar kiradi.


KUKUN DORILAR (Poroshoklar) - Pulveres
(Kukun dori - bosh kelishik birlikda Pulvis, qaratqich kelishik birlikda
Pulveris, qisqartmasi Pulv.).

Kukun (tolqon) dori (poroshok) – sochiluvchan xossaga ega bo‘lgan ichish va sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan qattiq dori shaklidir.


Ichish uchun (ad usum internum)

  1. Sodda

A) Taqsimlangan (divisi).
B) Taqsimlanmagan (indivisi).

  1. Murakkab

A) Taqsimlangan (divisi).
B) Taqsimlanmagan (indivisi).
Sirtga ishlatish uchun (ad usum externum)

  1. Sodda taqsimlanmagan (indivisi).

  2. Murakkab taqsimlanmagan (indivisi).

Kukun dorining afzalligi iste’mol uchun biroz qulay, kasal o‘zi hech kimga muhtojsiz qabul qiladi. Dorining eng kichik miqdorlarini ham kukun tarzida dorixonada tayyorlanishi mumkin.
Kamchiligi ba’zi dorilar o‘ta achchiq, batxo‘r, badbo‘y va yoqimsiz hidga ega bo‘lishi mumkin. Kukun dori qabul qilinganda 15-30 daqiqada so‘rilib o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Kukunlar maydalik darajasiga qarab yirik kukunlar – pulveres grosis, mayda kukunlar pulveris subtilis va juda mayda kukunlar – pulveris subtilissimus bo‘lishi mumkin. Maydalik darajasi faqat sirtga ishlatiladigan kukunlar uchun ahamiyatlidir, masalan, terining jarohatlangan joyiga sepish uchun kukun juda mayda bo‘lishi shart.
Sirtga ishlatish uchun sodda taqsimlanmagan kukun doriga retsept yozishda dorining lotincha nomi (qaratqich kelishigida), maydalanish darajasi (juda mayin), umumiy miqdori ko‘rsatiladi.
Misol: 10 g streptotsid (Streptocidum, Sulfanilamide)ning juda mayin kukunini jarohatga sepish uchun buyurilsin.

Rp.: Streptocidi subtilissimi 10,0


(Sulfanilamide)
D.S. Terining jarohatlangan qismiga sepish uchun.
Murakkab taqsimlanmagan kukunni yozilishiga misol: Tarkibida 125000 TB benzilpenitsillinning natriyli tuzi (Benzylpenicillinum-natrium, Benzylpenicillin sodium) va 5 g etazol (Aethazolum, Sulfaethidole)dan iborat kukunni burun teshigiga purkash uchun buyurilsin.

Rp.: Benzylpenicillinum-natrii 125 000 TB


(Benzylpenicillin sodium)
Aethazoli 5,0
(Sulfaethidole)
M.f. pulvis subtilissimus
D.S. Burun ichiga purkash uchun.

Agar sirtga ishlatiladigan murakkab kukun sanoatda tayyor holda chiqarilsa, retsept qisqartirilgan ko‘rinishda yozilib, upa (prisыpka - Aspersio) so‘zidan boshlanadi. Sanoat amikazolning 2 va 5% li upasini chiqaradi, asosiy ta’sir etuvchi dori amikazoldir, lekin upa hosil qilishda qo‘shilgan boshqa dorilar ko‘rsatilmaydi.


Misol: 50 g 5%-li amikazol (Amicazolum, Dimazole) upasini terining jarohatlangan joyiga sepish uchun buyurilsin.


Rp.: Aspersionis Amicazoli 5% - 50,0
(Dimazole)
D.S. Terining jarohatlangan qismiga
sepish uchun.

Ichish uchun sodda taqsimlanmagan kukunga retsept dorining lotincha nomi, umumiy miqdori, keyin D.S. bilan tugallanadi.


Misol: 50 g magniy sulfati (Magnesii sulfas, Magnesium sulfate) surgi dori sifatida buyurilsin. O‘rtacha davolovchi miqdori (O‘DM) 25 g. O‘DM ni 1 stakan suvda eritib, 1 marta ichish uchun.


Rp.: Magnesii sulfatis 50,0


(Magnesium sulfate)
D.S. ½ kukunni 1 stakan suvda eritib,
1 marta ichish uchun.

50 g magniy oksidi (Magnesii oxydum, Magnesium oxide)ning kukun dorisidan ¼ choy qoshiqdan kuniga 2 mahal ichish uchun buyurilsin.


Rp.: Magnesii oxydi 50,0


(Magnesium oxide)
D.S. ¼ choy qoshiqdan kuniga
2 mahal ichish uchun.

Ichish uchun sodda taqsimlangan kukunga retsept yozishda, dorining lotincha nomini, har bir istemol uchun miqdori, ya’ni o‘rtacha davolash miqdori (O‘DM) ko‘rsatiladi, so‘ngra tavsiya uchun mo‘ljallangan kukunlar soni (D.t.d. N. …) ko‘rsatiladi, keyin signatura yoziladi.


Misol: Anestezin (Anaesthesinum, Benzocain)ni kukun holida kuniga 3 mahaldan 4 kun mobaynida ichish uchun buyurilsin. O‘DM 3 dg.

4x3 = 12 qabul Rp.: Anaesthesini 0,3


(Benzocain)
D.t.d. N.12
S. 1 kukun doridan kuniga
3 mahal ichish uchun.

Ichish uchun murakkab taqsimlangan kukunning yozilishiga misol: Analgin (Analginum, Metamizole sodium) va amidopirin (Amidopyrinum, Aminophenazone)dan iborat 6 ta kukun dori bosh og‘riganda ichish uchun buyurilsin. O‘DM ikkala dori uchun 25 sg.


Rp.: Analgini


(Metamizole sodium)
Amidopyrini aa 0,25
(Aminophenazone)
M.f. pulv.
D.t.d. N.6
S. 1 kukun doridan bosh og‘riganda ichish uchun.
Ichish uchun 1 kukunning o‘rtacha vazni 0,3-0,5 g atrofida bo‘lishi kerak. Agar dori yoki dorilarning umumiy miqdori 0,1 g dan kam bo‘lsa, indifferent modda, ko‘pincha, qand (Saccharus) (Saccarum) yoki glyukoza (Glucosa) (Dextrose) qo‘shib yoziladi.
Misol: 1 sg fenobarbital (Phenobarbitalum, Phenobarbital), 2 sg papaverin gidroxloridi (Papaverinum hydrochloridum, Papaverine) tutuvchi 10 ta kukun dorini kuniga 3 mahaldan ovqatlanishdan oldin ichish uchun buyurilsin.
Rp.: Phenobarbitali 0,01
(Phenobarbital)
Papaverini hydrochloridi 0,02
(Papaverine)
Sacchari 0,3
(Saccharum)
M.f. pulv.
D.t.d. N.10
S. 1 kukun doridan kuniga 3 mahal ovqatlanishdan oldin ichish uchun.
Agar kukun dori namga o‘ch (gigroskopik) bo‘lsa, dori moylangan qog‘ozga o‘rab berilishi ko‘rsatiladi.
Misol: 10 ta kamfora (Camphora, Camphor)ning yanchilgan kukunidan moylangan qog‘ozda berilsin. 1 kukun doridan kuniga 3 mahaldan ichish uchun. O‘DM 1 dg.

Rp.: Samphorae tritae 0,1


(Camphor)
D.t.d. N.10 in ch. cer.
S. 1 kukun doridan kuniga 3 mahal ichish uchun.

Agar dorivor o‘simlik qismlari (guli, bargi, ildizi, poyasi va h.k.) poroshok holida buyurilsa retsept «Pulveris» so‘zidan boshlanadi, keyin o‘simlik qismi nomi, o‘simlik nomi, kukunning bir martalik miqdori ko‘rsatiladi.


Misol: Lagoxilus (Lagochilus, Lagochilus inebrians) yer ustki qismi kukunidan 4 kunga berilsin. O‘DM 2 dg. 1 kukun doridan kuniga 3 mahal ichish uchun.
Rp: Pulv. herbae Lagochili 0,2
(Lagochilus inebrians)
D.t.d. N.12
S. 1 kukun doridan kuniga 3 mahal ichish uchun.



Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish