Toshkent Farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti farmatsiya yõnalishi 303A guruh talabalari Farmasivtik texnologiya fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
Mavzu:Dorixona sharoitida kukunlar tayyorlashning alohida hollari
Reja:
1.Kukunlar tasnifi.
2.Kukunlar tayyorlash texnologiyasi
3. Kukunlarning afzaliklari va kamchiliklari
Kukun - Pulvis, Pulveres
Kukun shaklidagi dori vositalari tarkibida bir yoki bir nechta kattik dorivor moddalarning kerakligicha maydalangan xoldagi aralashmasiga aytiladi.
Bu shakldagi dori vositalari asosan ichki va tashki tomonga kullash uchun tavsiya etiladi.
Kattik dorivor moddalar maxsus tegirmonlarda va xavonchalarda maydalanadi. Maydalanishdan oldin kattik dorivor moddallar 400- 500 S issiklikda kuritilishi zarur.
Maydalangan dorivor moddalar (kukunlar) maxsus elaklardan utkaziladi, elakdagi teshikchalar soni xar xil bulishi mumkin. Shu tufayli kukunlar katta kichikligiga karab:
Juda xam mayda- Pulveres subtilissimi
Mayda- Pulveres subtilis
Yirik kukunlar- Pulveres grossi
Juda xam yirik- Pulveres grossissimi ga bulinadi.
1. Juda xam mayda kukunlar 1 sm2 joyda 2500 dona teshikchali elaklardan utkazilib, bu teshikchalar kattaligi 0,12 mm ni tashkil etadi. 1. Juda xam mayda kukunlar 1 sm2 joyda 2500 dona teshikchali elaklardan utkazilib, bu teshikchalar kattaligi 0,12 mm ni tashkil etadi. 2. Mayda kukunlar 1 sm2 -1600 dona teshikcha, teshikchalar kattaligi- 0,15 mm dan iborat buladi. 3. Yirik kukunlar 1sm2 - 100 dona teshikcha bulib, teshikchalar kattaligi 0,60 mm ni tashkil etadi. Juda xam yirik kukunlar - elaklardagi teshikchalar kattaligi 3 mm ni tashkil etadi.
Kukun shakldagi dorilarni tayyorlash uchun, kuruk dorivor moddalar olinib xavonchada ezilib yaxshilab aralashtiriladi. Shundan sung kukunlar kerakli mikdorlarda ulchab olinib maxsus kogoz xaltachalarga joylashtiriladi va nomi yozib kuyiladi.
Agar kukun tarkibida bitta dori moddasi bulsa oddiy kukunlar. Agar bir nechta dori moddalaridan tashkil topgan bulsa murakkab kukunlar deb ataladi.
Agar extiyoj bulsa kukunlarga ta’m beruvchi vositalar (shakar, glyukoza) kushiladi
Kukunlarning boshqa dori shakllaridan quyidagi afzalliklari bor:
1. Dori moddasi yaxshilab maydalanganligi sababli yuqori farmakologik faollikka erishish
mumkin.
2. Tabletka va pilyulyalar (xab dorilar) bilan solishtirilganda elaki dorilarning tayyorlash
texnologiyasi juda sodda.
3. Ixchamligi va saqlash davomida turg‘unligi (suyuq dorilarga qaraganda). 3. Ixchamligi va saqlash davomida turg‘unligi (suyuq dorilarga qaraganda). 4. Tarkibining xilma-xilligi kukun tarkibida organik, noorganiq moddalar, o‘simlik va xayvonlardan olingan kukun moddalar, kam miqdorda suyuqliklar hamda qovushqoq moddalar bo‘lishi mumkin (kiritilishi mumkin
Poroshoklarning bir qator kamchiliklari ham bor:
1. Dori moddalarning organizmga so‘rilishi eritmalarga nisbatan sekinrok boradi, chunki
dorivor modda avval eriydi, keyin esa so‘riladi.
2. Ba'zi moddalar atrof-muxitning ta'siri ostida o‘zgarishi mumkin:
a) kristallizatsion suvini yo‘kotishi ; b) xavodagi uglerod ikki oksidini yutib, karbonatlar hosil
qilishi; v) havodagi kislorod ta'sirida oksidlanishi ; namlik ta'sirida esa sochiluvchanligini yo‘qotishi
mumkin.
3. Ba'zi moddalar me'da va ichakning shilliq pardalariga qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatishi mumkin, 3. Ba'zi moddalar me'da va ichakning shilliq pardalariga qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatishi mumkin, eritma holida esa bu holat kuzatilmaydi (kaliy va natriy bromid tuzlari). 4. Achchiq ta'mli, yoqimsiz hidli va rangli moddalardan tayyorlangan kukunlar ichish uchun noqulay bo‘lgani sababli maxsus kapsulalarga solinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Dori turlari texnologiyasi kitob.
2.Farmasivtik texnologiya
3.Õquv qõllanmalar
Do'stlaringiz bilan baham: |