8-bilet.
1.Dunyoqarash tushunchasi. har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. SHu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy shakllarga ega. Har bir davrning, har bir avlodning, har bir ijtimoiy guruhning, har bir kishining o‘ziga xos dunyoqarashi mavjud. Dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda mifologiya, din, falsafa, fan, siyosat, huquq, san’at va axloq va shu kabi ijtimoiy-ma’naviy hodisalar sintezlashgan holda in’ikos etadi.Dunyoqarash insonning dunyoni va o‘zini ma’lum ma’noda anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo‘lishi jihatdan uning har qanday moddiy va ma’naviy faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Jamiyat taraqqiyoti bilan insonning amaliy va nazariy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. Dunyoqrash oddiy , kundalik ong holatidan tortib, dunyoni insonning o‘ziga xos nisbatan murakkabroq va chuqurroq bilish va tushunishlariga oid mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashlarga tomon rivojlanib boradi.
2.Tushuncha — narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari, aloqalari va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushuncha bilish mahsulidir, bu bilish oddiydan murakkabga koʻtarila borib, eski Tushunchalarni mukammallashtiradi, aniklashtiradi va yangilarini shakllantiradi. Tushunchaning asosiy mantiqiy vazifasi biron narsani boshqa narsadan fikran ajratishdan iborat
3.Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha-jen (insoniylik).«Lun yuy» («Hikmatlar») kitobida shunday deyiladi; «Kimki chin dildan insonni sevishgaintilsa, u yovuzlik qilmaydi». «O‘zingga ep ko‘rmagan narsani o‘zgaga munosib ko‘rma, shunda davlatda ham, oilada ham o‘zingga nisbatan yovlik his qilmaysan». Demak, jen — ham jamiyat,ham oila a’zolari orasidagi munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan «syao» — ota-onani, kattalarni hurmat qilish, «li» — urf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalarimustahkam bog‘liq. Ayni paytda «li» tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo‘ltanmunosabatni ham o‘z ichiga oladi. Hoqon (imperator) — Osmon o‘tli, u Osmon ostidagilarningbarchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa quyidagicha: «Podsho—podsho, ota—ota,mulozim—mulozim, o‘g‘il—o‘g‘il bo‘lishi kerak»
4.Musiqa (yun. mousiche —muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi.
Teatr (yun. theatron — tomoshagoh) — 1) sanʼat turi; uning oʻziga xos ifoda vositasi aktyorning omma oldidagi oʻyini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir.
Kino sanʼati — kinematografiyaning texnik vositalar asosida shakllangan badiiy ijod turi; ekran sanʼatining muhim tarkibiy qismi; real borliqni aynan yoki badiiy-hujjatli obrazlar, multiplikatsiya vositalari yordamida suratga olish; kinofilmlarning omma orasida keng tarqalishi uchun xizmat qiladigan televideniye, videokasseta va videodisklarni ham oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |