Andijon davlat tibbiyot instituti


Partes aequales p. aeq. teng bo‘laklarda, teng miqdorda



Download 1,43 Mb.
bet4/48
Sana27.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#710402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Фармакология рецептура лотин 2012


Partes aequales p. aeq. teng bo‘laklarda, teng miqdorda
Pasta past. pasta (qattiq surtma)
Pilula pil. pilyulya (hab dori)
Praecipitatus Ppt., praec. cho‘ktirilgan
Pulvis Pulv. kukun, poroshok
Pulveratus (a, um) Pulver. kukunsimon
quantum satis q.s. keragicha, kerak bo‘lguncha, qancha talab qilsa
Radix Rad. ildiz
Recipe Rp. oling
Repete (Repetatur) Rep. qaytadan, qaytaring (qaytarilsin)
Rhizoma Rhiz. ildizpoya
Signa, Signetur S. belgilang (belgilansin)
Semen Sem. urug‘
Siccus (a, um) sicc. quruq
Simplex simpl. oddiy
Sirupus Sir. sharbat (sirop)
Species sp. yig‘ma
Spissum spiss. quyuq
Solutio Sol. eritma
Sterilisa!(Sterilisetur!) Steril.! sterillansin!
Suppositorium Supp. shamcha
Suspensio Susp. suspenziya
Tabuletta Tab. tabletka (tugma dori)
Tinctura T-ra, Tinct. tindirma (nastoyka)
Unguentum Ung. surtma
Vitrum Vitr. shisha idish, sklyanka

B emorga dorini tez tayyorlash kerak bo‘lganda shifokor retsept yuqorisiga «Cito» (tez) yoki «Statim» (darhol) deb yozib qo‘yadi. Retseptda ikkita yoki undan ortiq modda bir xil miqdorda yoziladigan bo‘lsa, har bir dori nomidan keyin miqdor ko‘rsatilmasdan oxirgi dori nomining oxiriga ana yoki qisqacha aa, ya’ni baravardan so‘zini yozib keyin miqdor ko‘rsatiladi. Bemorga dorini takrorlash zaruriyati tug‘ilganda shifokor retseptning ko‘rinadigan joyiga Repetatur-takrorlansin, Bis repetatur-ikki marta takrorlansin deb ko‘rsatib qo‘yadi.


Retseptda suyuq dorilar miqdori millilitr (ml)larda, ba’zi suyuq dorilar tomchilarda (gtts), qattiq moddalar esa gramm va grammning ulushlarida belgilanadi. Gramm so‘zi retseptda yozilmaydi. Masalan:
1 gramm - 1,0 yoziladi (1 g - 1 gramm deb o‘qiladi);
1 grammning 1/10 ulushi - 0,1 yoziladi (1 dg - detsigramm deb o‘qiladi);
1 grammning 1/100 ulushi - 0,01 (1 sg - 1 santigramm deb o‘qiladi);
1 grammning 1/1000 ulushi - 0,001 (1 mg - 1 milligramm deb o‘qiladi);
1 grammning 1/10000 ulushi - 0,0001 (1 dmg - 1 detsimilligramm deb o‘qiladi);
1 grammning 1/100000 ulushi - 0,00001 (1 smg - 1 santimilligramm deb
o‘qiladi);
1 grammning 1/1000000 ulushi - 0,000001 yoziladi (1 mkg - 1 mikrogramm
yoki 1 gamma (γ) deb o‘qiladi).
Ta’sir birliklar (TB) bilan miqdorlanadigan dorilarni yozishda TB sonlari ko‘rsatiladi (masalan, insulin 40 TB, geparin 5000 TB va h.k.). Ba’zida internatsional (IB) yoki xalqaro birliklar (XB) ham ishlatiladi.
Dori preparatlari farmakopeyada keltirilib, farmatsevtik sanoatda ishlab chiqarilsa ofitsinal deyiladi. Agar dorilar shifokor retsepti asosida dorixonada tayyorlansa magistral (magister - o‘qituvchi, boshliq so‘zidan) dorilar deyiladi. Ofitsinal dorilarga retsept qisqartirilgan ko‘rinishda, magistral dorilarga kengaytirilgan ko‘rinishda yoziladi.
Retseptni to‘g‘ri yozish uchun shifokor dorining savdo va xalqaro nomlarining lotincha nomini, o‘rtacha davolash miqdori (O‘DM) ni, chiqariladigan dori shakllarini, organizmga yuborish yo‘llarini, ta’sir davomiyligini, bemorning yoshi, jinsi, holati va hokazolarni aniq tasavvur qila olishi shart.
Hamma retseptsiz beriladigan dorilarning in’eksion formalariga retsept yozish shart.
Narkoz chakiruvchi vositalarga retsept yozib berish ta’qiqlanadi.
Yuqorida bayon etilgan retsept yozish qoidalarini quyidagi misollarda mustahkamlaylik.
Keltirilgan misollarda qavs ichida birinchi dorining savdo nomi, ikkinchi xalqaro patentlanmagan nomi lotin tilida berilgan.

Misollar: Analgin (Analginum, Metamezole sodium)ning kukun dorisidan 6 ta qabulga bosh og‘riganda ichish uchun buyurilsin. O‘DM kattalar uchun 400 mg.


Shifoxonaning nomi va


rekvizitlari ko‘rsatilgan shtampi
Bolalar uchun. Kattalar uchun.
(keraksizi o‘chiriladi) inscriptio
20___ yil «__»___________
Bemorning F.I.O. va yoshi
Shifokorning F.I.O.
Kasallik tarixi №

Rp.: Analgini 0,4 designatio materiarum


(Metamezole sodium)
D.t.d. N.6 subscriptio
S . 1 kukun doridan bosh og‘riganda signatura
ichish uchun
Shifokor imzosi, muhri.
Tel.
Retseptning amal qilish muddati.

Retseptning yozilishi.


ADMI klinikasi
Kattalar uchun.
2011 yil 5 sentabr
Bemor Hakimov S.S,
Shifokor O‘lmasov K.K,
Kasallik tarixi № 15
Rp.: Analgini 0,4
(Metamezole sodium)
D.t.d. N.6
S. 1 kukun doridan bosh og‘riganda
ichish uchun.

Imzo Muhr


Bromizoval (Bromisovalum, Bromisoval)ning kukun dorisidan 10 kunga buyurilsin. Bir kukun doridan yarim soat uyqudan oldin ichish uchun. O‘DM 3 dg.


Rp.: Bromisovali 0,3
(Bromisoval)
D.t.d. N. 10
S. 1 kukun doridan yarim soat
uyqudan oldin ichish uchun.
500 mg levomitsetin (Laevomycetinum, Chloramfeicol) saqlovchi tabletkadan 20 ta. Sutkada 4 mahal ichish uchun buyurilsin. O‘DM kattalar uchun 500 mg.

Rp.: Laevomycetini 0,5 N. 10


(Chloramfenicol)
D. S. 1 ta tabletkadan sutkada 4 mahal ichilsin

Shu 3 ta retseptdan ko‘rinib turibdiki, retseptning asosiy (2-4) qismi lotin tilida, qabul qilingan qisqartmalardan foydalanib yoziladi. Lekin dorining nomi qisqartirilmaydi. 5- qism o‘zbek tilida yoki boshqa, bemor tushunadigan tilda yoziladi.


Bemorlarga dorilar 3 xil dori shakllarida buyuriladi: qattiq, suyuq, yumshoq.



Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish