O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
FARMAKOLOGIYADAN RETSEPTURA
Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari pediatriya fakulteti
III kurs talabalari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma
Andijon – 2011
TUZUVChILAR: Abduraxmanov Toir Rasulovich, tibbiyot fanlari doktori,
Andijon davlat tibbiyot instituti farmakologiya va klinik
farmakologiya kafedrasi professori
Abduxodjaev Tillaxodja Haydarovich, kimyo fanlari
nomzodi, Andijon davlat tibbiyot instituti farmakologiya
va klinik farmakologiya kafedrasi dotsenti
Zagrutdinov Fanil Faridovich, Andijon davlat tibbiyot
instituti farmakologiya va klinik farmakologiya
kafedrasi katta o‘kituvchisi
Boltabaeva Dilbarxon Fayziraxmanovna, Andijon davlat
tibbiyot instituti farmakologiya va klinik farmakologiya
kafedrasi assistenti
TAQRIZChILAR: Aliev Habibulla Ubaydullaevich, tibbiyot fanlari
doktori, Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya
va klinik farmatsiya kafedrasi professori
Jumaboev Tursun Zulunovich, tibbiyot fanlari doktori,
Andijon davlat tibbiyot instituti VMOF terapiya
kafedrasi professori
Bo‘lg‘usi shifokorning umumiy farmakologiya, xususiy farmakologiya qonuniyatlarini o‘rganishida umumiy retsepturaning qoidalarini bilishi katta amaliy ahamiyatga molikdir.
Umumiy retseptura bemorlarga tavsiya etilgan dorilarni retsept (dorinoma) tarzida yozib berish va dori tayyorlash qoidalarini o‘rgatuvchi dorishunoslikning bir bo‘limidir.
Retsept (dorinoma)larni yozish qoidalari
Retsept shifokorning bemorga tavsiya qilgan dorilarini qanday tayyorlab, uni qanday ishlatishi to‘g‘risidagi dorixonaga va bemorga qilgan yozma murojaatidir. Retsept so‘zi - olingan, olinishi zarur bo‘lgan ma’noni bildiruvchi «receptum» so‘zidan kelib chiqqan. Retsept aniq, ravon husnixat bilan siyoh yoki sharikli ruchkada yoziladi. Retsept yuridik va hisobot hujjati hisoblanganligi uchun retseptda to‘g‘rilashga, bo‘yashga ruxsat etilmaydi.
Shifokor dorini quyidagi tasdiqlangan maxsus retsept blankalariga yozadi.
Dorini to‘la narxiga sotib olish uchun.
Ba’zi bir guruh bemorlarga dorini bepul olish uchun.
Giyohvandlik (narkotik) vositalarini olish uchun.
Ushbu tasdiqlangan retsept blankalari namunalarini keltiramiz.
Dorini to‘la narxiga sotib olish uchun quyidagi retsept blankasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2010 yil 18 iyundagi 191- buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
RETSEPT BLANKI
Bu retsept blankasida retsept qismining o‘lchami 105 X 148 mm, koreshogining o‘lchami 70 X 148 mm bo‘lib, ikkala qismi ham bir vaqtda to‘ldiriladi.
Ba’zi bir guruh bemorlarga dorini bepul olish uchun quyidagi retsept blankasi to‘ldiriladi.
RETSEPT BLANKI
Bepul dori olish uchun retseptni faqat ambulatoriya sharoitida davolanayotgan ba’zi bemorlarga ambulator-poliklinika muassasasi shifokori yozadi.
Xavfli o‘smalarga qarshi va giyohvandlik (narkotik) vositalarga onkolog yoki gematolog, qandli va qandsiz diabetga qarshi dorilarga endokrinolog, psixotrop moddalarga psixiatr, silga qarshi dorilarga ftiziatr hamda infeksion kasalliklarga qarshi preparatlarga infeksionist xulosalariga asosan retsept yoziladi.
Retseptning birinchi koreshogi ambulator-poliklinika muassasasiga to‘lov uchun, ikkinchi koreshok bemorga beriladi.
Giyohvandlik (narkotik) vositalarini olish uchun quyidagi retsept blankasi (pushti rangli) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2001 yil 28 noyabrdagi 527- buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
GIYoHVANDLIK VOSITALARINI OLISh UChUN RETSEPT
Do'stlaringiz bilan baham: |