Andijon davlat tibbiyot instituti


Shilimshiqlar - Mucilagines



Download 1,43 Mb.
bet18/48
Sana27.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#710402
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
Фармакология рецептура лотин 2012

Shilimshiqlar - Mucilagines
(Shilimshiq – bosh kelishik birlikda Mucilago, qaratqich kelishik birlikda
Mucilaginis, qisqartmasi - Mucil.)

Shilimshiqlar yuqori molekulyar birikmalarning kolloid eritmalari bo‘lib, quyuq, yopishqoq suyuqlikdir. Shilimshiqlar o‘simliklarning shilimshiq moddalaridan, masalan: mevali daraxt yelimidan, kraxmaldan tayyorlanadi, tibbiyotda quyidagi shilimshiqlar ishlatiladi: o‘rik yelimi shilimshig‘i (Mucilago Gummi Armeniacae), araviya yelimi shilimshig‘i (Mucilago Gummi arabici), gulxayri ildizi shilimshig‘i (Mucilago radicis Althaeae) va kraxmal shilimshig‘i (Mucilago Amyli).


Hamma shilimshiqlar ofitsinal bo‘lganligi uchun retseptda shilimshiqning konsentratsiyasi ko‘rsatilmasdan, uning nomi va miqdori ko‘rsatiladi.
Misol: 150 ml kraxmal shilimshig‘i (Mucilago Amyli, Amylum)1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin.

Rp.: Mucil. Amyli 150 ml


(Amylum)
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.

Shilimshiqlar, asosan, dorilarning nojo‘ya ta’sirini kamaytirish, ta’mini yaxshilash maqsadida, yordamchi moddalar sifatida, mikstura holida buyuriladi.


Misol: 1 g xloral gidrati (Chloralum hydratum, Chloral hydrate), 30 ml dan kraxmal shilimshig‘i (Mucilago Amyli Amylum) va suvdan iborat mikstura. 1 osh qoshiqdan kechqurun uyqudan oldin ichish uchun buyurilsin.

Rp.: Chlorali hydrati 1,0


(Chloral hydrate)
Mucil. Amyli
(Amylum)
Aq. destill. aa 30 ml
(Aqua destillata)
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kechqurun uyqudan oldin ichish uchun.
Suyuq dori shakllariga tibbiy moylar, dorivor o‘simlik shira (sok-succus)lari, suyuq organopreparatlar, dorivor qiyom (sirop-sirupus)lar ham kiradi.
Tibbiy moylar, dorivor o‘simliklar mevasining moyli ekstraktidir, masalan mingdevona moyi (Oleum Hyperici), namatak (itburun, gulira’no) moyi (Oleum Rosae), chirqanoq (chakanda) moyi (Oleum Hippopheae). Tibbiy moylar ichish uchun tomchilarda yoki qoshiqlarda buyuriladi.
Misol: 50 ml chakanda moyini (Oleum Hippopheae, Hippophae rhamnoides) 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin.

Rp.: Olei Hippopheae 50 ml


(Hippophae rhamnoides)
D.S. 1 choy qoshiqdan kuniga 2 mahal ichish uchun.

O‘simlik shiralari tayyorlash uchun yangi pishgan o‘simlik mevasini siqib, hosil bo‘lgan suyuqlikdan 85 qism, 15 qism 95%li etil spirti va 0,3% xloretan (konservant) qo‘shiladi. Aralashma qizdirilgandan keyin hosil bo‘lgan cho‘kma filtrlanib tozalanadi. Shunday dorivor shiralarga zubturum (bo‘zchi) shirasi (Succus Plantaginis), kalanxoe shirasi (Succus Kalanchoes), aloe shirasi (Succus Aloes) va boshqalar kiradi. Ular asosan, ichishga va ba’zida, sirtga ishlatish uchun buyuriladi.


Misol: 100 ml aloe shirasi (Succus Aloes, Aloes)1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatlanishdan 20 minut oldin ichish uchun buyurilsin.

Rp: Succi Aloes 100 ml


(Aloes)
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatlanishdan
20 minut oldin ichish uchun.

Suyuq organopreparatlarga paratireoidin (Parathyreoidinum) - so‘yilgan mollarning qalqonsimon oldi bezidan olingan, pituitrin (Pituitrinum) - so‘yilgan mollar gipofizining orqa bo‘lagidan olingan ajratmalar va boshqalar kiradi.


Bu preparatlarning aktivligi biologik usulda aniqlanib ta’sir birliklarda miqdorlanadi. Ularga retsept quyidagicha yoziladi.
Misol: 1 ml (20 TB) paratireoidin (Parathyreoidinum, Parathyreoidinum) saqlovchi 5 ampula. Teri ostiga yuborish uchun buyurilsin. O‘DM 20 TB.

Rp.: Parathyreoidini 1 ml (20 TB)


(Parathyreoidinum)
D.t.d. N.5 in amp.
S. 1 mldan teri ostiga yuborish uchun.

Dorivor sharbatlar (siroplar) dorivor o‘simlik ekstraktini shakar qiyomi bilan aralashmasidir. Masalan, gulxayri qiyomi (Sirupus Althaea) 2 qism gulxayri ildizi ekstrakti va 98 qism shakar qiyomidan iborat. Dorivor qiyomlar ba’zi dorilarning ta’mini yaxshilash maqsadida miksturalar holida buyuriladi.





Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish