Andijon davlat tibbiyot instituti



Download 1,43 Mb.
bet19/48
Sana27.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#710402
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
Фармакология рецептура лотин 2012

YuMShOQ DORI ShAKLLARI
Yumshoq dori shakllariga surtmalar, qattiq surtmalar, linimentlar, malhamlar, shamchalar kiradi.


Surtmalar - Unguenta
(Surtma – bosh kelishik birlikda Unguentum, qaratqich kelishik birlikda
Unguenti, qisqartmasi Ung.)

Ba’zi adabiyotlarda surtma ruschadan malham deb noto‘g‘ri tarjima qilingan.


Surtmalar dori (basis) va shakl beruvchi (constituens) - surtma asoslaridan tarkib topgan va teriga surkaluvchan xossaga ega bo‘lgan yumshoq dori shaklidir. Surtma asosi sifatida dori moddalari bilan yaxshi aralashadigan, reaksiyaga kirishmaydigan, yaxshi surkaluvchan, yorug‘da va xavoda o‘z xossasini o‘zgartirmaydigan moddalar ishlatiladi. Ushbu talablarga neft maxsulotlari (vazelin, vazelin moyi), xayvon yog‘lari (tozalangan cho‘chqa yog‘i), yog‘simon moddalar, mumlar, asalari mumi, spermatset va sintetik moddalar biroz javob beradi.
Surtmalar asosan taqsimlanmagan dori shakli bo‘lib, retseptda surtmaning umumiy miqdori va konsentratsiyasi ko‘rsatiladi. Ba’zan, agar surtmalar kuchli ta’sir qiluvchi moddalari bo‘lib, rezorbtiv ta’sirga ega bo‘lsa, har bir surkashga taqsimlangan holda yoziladi.
Surtmalar oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy surtmalar 2 ta modda - dori va surtma asosidan iborat, murakkab surtmalar 2 ta dori yoki 2 dan ortiq dorilardan va surtma asosidan iborat bo‘ladi.
Hozir juda ko‘p surtmalar farmatsevtik sanoatda ishlab chiqarilib ofitsinal hisoblanadi. Surtmalar ko‘pincha 20 - 100 g dan buyuriladi. Ko‘z surtmalari 5 - 10 g dan. Surtmalar banka yoki tubalarda chiqariladi. Surtmalarga retsept ikki xil ko‘rinishda yoziladi.
Misol: 50 g vazelinda tayyorlangan 1% li neomitsin sulfati (Neomycini sulfas, Neomycin) surtmasi terining jarohatlangan qismiga surkash uchun buyurilsin.
Qisqartirilgan ko‘rinishi:

Rp.: Ung. Neomycini sulfatis 1 % - 50,0


(Neomycin)
D.S.Terining jarohatlangan qismiga surkash uchun.
Kengaytirilgan ko‘rinishi:

1 g -100 g Rp.: Neomycini sulfatis 0,5


(Neomycin)
X g -50 g Vaselini ad 50,0
(Comb. drug)
X = 50x1/100 = 0,5 g M.f. ung.
D.S. Terining jarohatlangan qismiga surkash uchun.

Agar surtma asosi ko‘rsatilmagan bo‘lsa retseptning kengaytirilgan ko‘rinishida asos sifatida vazelin ko‘rsatiladi.


Misol: Har bir grammida 15000 TB mikogeptin (Mycoheptinum, Mycoheptin) saqlovchi 50 g surtma terining jarohatlangan qismiga surkash uchun buyurilsin.
Rp.: Mycoheptini 750 000 TB yoki Rp.: Ung. Mycoheptini 50,0 (15000 TB)
(Mycoheptin) (Mycoheptin)
Vaselini ad 50,0 D.S.Terining jarohatlangan
(Comb. drug) qismiga surkash uchun.
M.f. ung.
D.S.Terining jarohatlangan
qismiga surkash uchun.

Agar surtma asosi vazelindan boshqa bo‘lsa retsept albatta kengaytirilgan ko‘rinishda yoziladi.


Misol: 40 g lanolin (Lanolinum, Lanolinum)da tayyorlangan 10% li oltingugurt (Sulfur praecipitatum, Sulfur praecipitatum) surtmasi. Terining jarohatlangan qismiga surkash uchun buyurilsin.
10 g – 100 g Rp.: Sulfuris praecipitati 4,0
(Sulfur praecipitatum)
X g – 40 g Lanolini ad 40,0
(Lanolinum)
X = 10x40/100= 4 g M.f.ung.
D.S. Terining jarohatlangan qismiga surkash uchun.

Murakkab surtmalar ham doimo kengaytirilgan ko‘rinishda yoziladi.


Misol: 5% li rezorsin (Resorcinum, Resorcinum) va 10% salitsil kislotasi (Acidum salicylicum, Salicylic acid) saqlovchi 30 g surtma. Terining jarohatlangan qismiga surkash uchun.
5 g – 100 g Rp.: Resorcini 1,5
(Resorcinum)
X g – 30 g Ac. salicylici 3,0
(Salicylic acid)
X =5x30/100=1,5 g Vaselini ad 30,0
(Comb. drug)
10 g – 100 g M.f.ung.
X g – 30 g D.S. Terining jarohatlangan
X =10x30/100=3 g qismiga surkash uchun.

Misol: Lanolin va vazelin (1:9) da tayyorlangan 20% sulfatsil natriy (Sulfacylum-natrium, Sulfacetamid) tutuvchi 5 g surtmani ko‘zning pastki qovoq ostiga surkash uchun buyurilsin.


20 g -100 g Rp.: Sulfacylum-natrii 1,0


(Sulfacetamid)
X – 5 g Lanolini 0,4
(Lanolinum)
X =20 x 5/100=1 g Vaselini ad 5,0
(Comb. drug)
1+9=10 5 g -1 g = 4 g M.f. ung.
4 g /10 = 0,4 g D.S. Ko‘z surmasi. Ko‘zning pastki qovoq
ostiga surkash uchun.

Ofitsinal surtmalarga retsept faqat qisqartirilgan ko‘rinishda yoziladi.


Misol: Har bir grammida 100 000 TB nistatin (Nystatinum, Nystatin) tutuvchi ofitsinal surtmadan 15 g. Terining jarohatlangan qismiga surkash uchun.
Rp.: Ung. Nystatini 15,0 (100 000 TB)
(Nystatin)
D.S. Terining jarohatlangan qismiga surkash uchun.
Maxsus nomli surtmalar ham ofitsinal surtmaga o‘xshab qisqartirilgan ko‘rinishda yoziladi, dorining nomi bosh kelishikda yoziladi.
Misol: 10 g efkamon (Efcamonum, Comb. drug) surtmasini teriga surkash uchun buyurilsin.

Rp.: Ung. Efcamonum 10,0


(Comb. drug)
D.S. Teriga surkash uchun.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish