ZZ № XXXXXXX (davolash muassasasining shtampi)
20_____y._________________________________
H Rp.: ____________________________________________________ D
I _______________________________________________________ O
S ________________________________________________________ R
O ________________________________________________________ I
B ________________________________________________________ X
O ________________________________________________________ O
T ________________________________________________________ N
________________________________________________________ A
Qabul qilish_____________________________________ D
H ________________________________________________________ A
U Bemor_____________________________________________
J Kasallik tarixi № ________________________________ Q
J Shifokor________________________________________ O
A (ravon xusnixat bilan) L
T A
I M.O‘. D
I
Siyoh bilan to‘ldiriladi
O‘zgartirishlar man etiladi
Giyohvandlik (narkotik) vositalariga retsept umumiy qoidaga asosan yozilib, shifokorning imzosi va muhridan tashqari davolash muassasasining shtampi, dumaloq gerbli, «Retseptlar uchun» muhrlari bilan tasdiqlanishi hamda bosh hakimning yoki uning yordamchisi, u bo‘lmasa bo‘lim boshlig‘ining imzosi bo‘lishi shart.
Retseptning tuzilishi
Retsept 7 qismdan iborat:
1. Pasport qismi (boshlang‘ich qismi - inscriptio);
2. Shifokorning dorixona xodimiga umumiy murojaati (recipe);
3. Dorilar ro‘yxati (designatio materiarum);
4. Dorixona xodimiga ko‘rsatma (subscriptio);
5. Shifokorning bemorga murojaati (signatura);
6. Shifokorning imzosi, shaxsiy muhri.
7. Retseptning amal qilish muddati.
Retseptning asosiy qismlari (2-4) lotin tilida, 5- qismi mahalliy tilda yoki bemor tushunadigan tilda yozilishi kerak.
Pasport qismi:
a) Davolash muassasasining shtampi, manzilgohi, telefon, faks raqami;
b) Bolalar uchun, kattalar uchun (keraksizi o‘chiriladi);
v) Retsept yozilgan sana (yil, oy, kun);
g) Bemorning familiyasi, ismi, otasining ismi va bemorning yoshi;
d) Retsept yozgan shifokorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
ye) Kasallik tarixi №.
2- qism faqat bir Recipe (Rp.) -ya’ni oling so‘zidan iborat.
3- qismda dorining savdo nomi lotin tilida, qaratqich kelishigida, ba’zida tushum kelishigida keltirilib, dorilarning miqdori - grammning ulushlarida dorining nomidan keyin, retseptning o‘ng tomonida ifodalanadi, agar dori suyuq bo‘lsa millilitrlarda ko‘rsatiladi. Dorining savdo nomi ostiga shu dorining xalqaro patentlanmagan nomi qavs ichida, bosh kelishikda lotin tilida yoziladi. Dorilar soni ko‘p bo‘lsa, avval asosiy ta’sir qiluvchi dorilar (basis), keyin asosiy dorining ta’sirini kuchaytiruvchi yoki uning nojo‘ya ta’sirini kamaytiruvchi yordamchi moddalar (Adjuvans), dorining hidi, ta’mini yaxshilovchilar (Corrigens) va doriga shakl beruvchi (Constituens) moddalar va ularning miqdorlari ifodalanadi.
4- qismda ko‘rsatilgan moddalardan qanday dori shakli tayyorlanishligi ko‘rsatiladi, masalan, M.f. unguentum - aralashtiring, surtma hosil bo‘lsin, M.f. pulvis - aralashtiring, kukun hosil bo‘lsin va shunga o‘xshashlar. 4- qism Da tales doses numero - D.t.d.N. – shunday mikdorlardan ... dona (... ta) bering (berilsin) yoki Da (Detur) – D. – bering (berilsin) deb dorixona xodimiga ko‘rsatma tugallanadi.
5- qism - Signaturada dorini bemor qachon, qanchadan, sutkada necha marta va hokazolar aniq, qisqa, ravon qilib ko‘rsatiladi. Umumiy so‘zlar bilan chegaralanish mumkin emas, masalan, «ichiladi», «ma’lum», «parenteral yuboriladi» va h.k. Signatura mahalliy tilda yoki bemor tilida yozilishi mumkin.
6- qismda shifokorning imzosi, shaxsiy muhri qo‘yiladi.
7- qismda retseptning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
Retsept yozayotganda tibbiy va farmatsevtik amaliyotda qabul qilingan quyidagi qisqartmalardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |