Andijon davlat tibbiyot instituti



Download 1,43 Mb.
bet7/48
Sana27.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#710402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Bog'liq
Фармакология рецептура лотин 2012

Tabletkalar- Tabulettae
(Tabletka - bosh kelishik birlikda Tabuletta, qaratqich kelishik birlikda Tabulettae, qisqartmasi Tab.)
Tabletka (tugma dori)lar miqdorlangan (dozalangan) qattiq dori shakli bo‘lib, dori yoki dorilar aralashmasi va qo‘shimcha moddalar zavodlarda presslash yo‘li bilan tayyorlanadi. Tabletka asosan ichish uchun mo‘ljallangan, ba’zilari eritilgandan keyin sirtga ishlatish ham mumkin. Tabletkalar qulay dori shakli bo‘lib uzoq vaqt saqlanadi, dorilarning yoqimsiz mazasi kamaytirilgan, ixcham, bemor o‘zi bilan olib yurishi oson.
Tabletkalar farmatsevtik sanoatda maxsus mashinalar yordamida tayyorlanadi. Yordamchi moddalar sifatida qand, kraxmal, natriy xloridi, kakao, natriy gidrokarbonati, jelatin eritmasi, spirt, suv va boshqalar ishlatiladi. Tabletkalar uzoq saqlanganda, ularni suvda uqalanib ketishi tekshirilib ko‘riladi.
Tabletkalarga retsept yozishda 1 ta tabletkadagi dorining miqdori ko‘rsatiladi, yordamchi moddalar ko‘rsatilmaydi, chunki tabletkalar zavodlarda standart yozuvlar asosida to‘ldiruvchilardan foydalaniladi.
Tabletkalarga retsept 2 xil ko‘rinishda yoziladi. 1- ko‘rinishida oldin dorining nomi, miqdori, tabletkaning soni - D.t.d.N… in tabulettis (in tab.), keyin signatura bilan tugallanadi.
Ikkinchi ko‘rinishda, retsept dori shaklining nomi, ya’ni Tabulettam (qisqartirilgan - Tab.) keyin dorining nomi, miqdori, D.t.d. N… va signatura bilan yakunlanadi.
Misol: 25 smg digoksin (Digoxinum, Digoxin)saqlovchi 6 ta tabletka. 1 tabletkadan kuniga 2 mahal ichish uchun buyurilsin.
1 – ko‘rinishi 2-ko‘rinishi:
Rp.: Digoxini 0,00025 Rp.: Tab. Digoxini 0,00025
(Digoxin) (Digoxin)
D.t.d. N.6 in tab. D.t.d. N.6
S. 1 tabletkadan kuniga S. 1 tabletkadan kuniga
2 mahal ichish uchun. 2 mahal ichish uchun.

Tarkibida 2 yoki undan ortiq dori bo‘lgan tabletkalar ham yuqoridagidek yoziladi.


Misol: 8 mg kodein (Codeinum, Codeinum), 3 sg kofein (Coffeinum, Coffeine) va 3 dg paratsetamol (Paracetamolum, Paracetamol) saqlovchi 6 ta tabletka bosh og‘riganda ichish uchun buyurilsin. O‘DM 1 tabletka.
1- ko‘rinishi 2-ko‘rinishi
Rp.: Codeini 0,008 Rp.: Tab. Codeini 0,008
(Codeinum) (Codeinum)
Coffeini 0,03 et Coffeini 0,03
(Coffeine) (Coffeine)
Paracetamoli 0,3 cum Paracetamolo 0,3
(Paracetamol) (Paracetamol)
D.t.d. N. 6 in tab. D.t.d. N. 6
S. 1 tabletkadan bosh S. 1 tabletkadan bosh
og‘riganda ichilsin. og‘riganda ichilsin.
Qobiqli tabletkalarga retsept quyidagicha yoziladi.
Misol: 25 sg tetratsiklin gidroxloridi (Tetracyclini hydrochloridum, Tetracycline) saqlovchi 20 ta qobiqli tabletka buyurilsin. 1 tabletkadan kuniga 3 mahal ichish uchun.
Rp.: Tab. Tetracyclini hydrochloridi 0,25 obd.
(Tetracycline)
D.t.d. N. 20
S. 1 tabletkadan kuniga 3 mahal ichish uchun.
Tarkibida bir necha dorilar bo‘lgan, maxsus nomli tabletkalar, masalan, aeron (Aeronum) tabletkasi, sitramon (Citramonum) tabletkasi va boshqalarga retsept Tabulettas (Tab.) (tabletkalar - tushum kelishigi ko‘plikda) so‘zidan boshlanib, keyin tabletka nomi bosh kelishikda va uning soni ko‘rsatilib, D.S. bilan tugallanadi.
Misol: Papazol (Papasolum, Comb. drug (Papaverine, Bendazole))tabletkasidan 10 ta. Kuniga 3 mahaldan ichish uchun buyurilsin. O‘DM 1 tabletka.

Rp.: Tab. Papasolum N.10


(Comb. drug)
D.S. 1 tabletkadan kuniga 3 mahal ichish uchun.



Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish