Kapsulalar (pilla dori) Capsulae
(Kapsula - bosh kelishik birlikda Capsula, qaratqich kelishik birlikda
Capsulis, qisqartmasi Caps.)
Kapsula ichishga mo‘ljallangan kukunsimon, pastasimon, granulasimon, suyuq, quyuq dorilarni joylashtirish uchun jips bekiladigan qobiqchadan iborat bo‘lib, jelatin yoki kraxmaldan tayyorlanadi.
Jelatinli - Capsulae gelatinosae Kraxmalli - Capsulae amylaceae (oblatae)
Hayvon yelimi qo‘shib tayyorlanadi. (hozir kam ishlatiladi)
a) Yumshoq yoki elastik
Capsulae gelatinosae molles
Capsulae gelatinosae elasticae
b) Qattiq
Capsulae gelatinosae durae
v) Qopqoqchalik
Capsulae gelatinosae operculatae
Dorining oshqozon shirasining ta’siridan himoya qilish uchun jelatin kapsulalarni formaldegid eritmasining bug‘i bilan yoki uning spirtli eritmasi bilan ishlov beriladi. Bunday kapsulalar glyutoidal kapsula (Capsulae glutoidales)lar deyiladi.
Kapsulalar shakli sharsimon, tuxumsimon, uzunchoq, silindrsimon bo‘lib, 0,1-0,5 g dori joylashishi mumkin.
Ta’mi yoqimsiz yoki o‘ta taxir, qo‘lansa hidli, og‘iz bo‘shlig‘ini bo‘yovchi yoki ta’sirlovchi rangli dorilar kapsulalarda chiqariladi.
Kapsulalarga retsept yozishda dorining nomi, miqdori va D.t.d. N… dan keyin dorining qanday kapsulada ekanligi ko‘rsatiladi.
Misollar: Qaytarilgan temir (Ferrum reductum, Ferrum reductum)ni 10 ta jelatin kapsulalarda berilsin. O‘DM 1 g. 1 kapsuladan kuniga 3 mahal ichish uchun.
Rp.: Ferri reducti 1,0
(Ferrum reductum)
D.t.d. N.10 in caps. gel.
S. 1 kapsuladan kuniga 3 mahal ichish uchun.
1,5 ml kanakunjut moyi (Oleum Ricini, Ricinus communis) saqlovchi jelatinli elastik kapsuladan 10 ta buyurilsin. O‘DM 15 ml. Hamma kapsulani kechqurun 30 minut mobaynida ichish uchun.
Rp.: Olei Ricini 1,5 ml
(Ricinus communis)
D.t.d. N.10 in caps. gel. el.
S. Hamma kapsulani 30 minut mobaynida ichish uchun.
Mikrokapsulalar – qattiq, suyuq yoki gazsimon dori moddalarini yupqa qobiq bilan qoplangan (jelatin, yog‘simon moddalar, polimerlar) mayda zarrachalardir.
Mikrokapsulalar beqaror dorilarni tashqi ta’sirlardan saqlash, badxo‘r hid va ta’mni kamaytirish, dorilarning mahalliy qitiqlovchi ta’sirini bartaraf qilish, dorilar ta’sirini uzaytirish va boshqa maqsadlarda tayyorlanadi.
Mikrokapsulalar ba’zida tabletka, spansula va boshqa dori shakllarida chiqariladi.
Spansula (spansulae)lar - qattiq jelatinli kapsula bo‘lib, o‘zida dorilar granulasi, mikrodraje yoki mikrokapsulasini tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |