Andijon davlat tibbiyot instituti


Sirtga ishlatish uchun eritmalar - Solutiones ad usum externum



Download 1,43 Mb.
bet10/48
Sana27.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#710402
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
Bog'liq
Фармакология рецептура лотин 2012

Sirtga ishlatish uchun eritmalar - Solutiones ad usum externum
Sirtga ishlatish uchun eritmalar ko‘z, quloq, burun tomchisi sifatida, teriga singdirib surkash, kompress qilish, yaralarni yuvish, og‘izni chayqash, huqna qilish uchun qo‘llaniladi. Tomchilar 5-10 mldan, boshqa maqsadlar uchun 50-500 mldan buyuriladi.
Eritmalarga retsept qisqartirilgan va kengaytirilgan ko‘rinishda yoziladi. Suvli eritmalarga qisqartirilgan ko‘rinishda retsept yozishda dori shakli nomidan ya’ni Solutionis (qisqartilgani Sol.) qaratqich kelishigida dorining nomi, eritmaning konsentratsiyasi va hajmi ko‘rsatiladi, D.S. bilan tugallanadi. Retseptda suvli so‘zi ko‘rsatilmaydi.
Sirtga ishlatiladigan eritmalar konsentratsiyasi: a) asosan foiz (protsent)larda; b) ba’zan (o‘ta suyultirilgan eritmalarda nisbatlarda (1:500; 1:10000 va hokazo); v) juda ham kam hollarda massa-hajm nisbatda (0,1-200 ml, 0,5-180 ml va hokazo) ko‘rsatiladi.
Misol: 500 ml 0,02% li furatsilin (Furacilinum, Nitrofural) eritmasi. Yaralarni yuvish uchun buyurilsin.
Qisqartirilgan ko‘rinishi:

  1. Rp.: Sol. Furacilini 0,02% - 500 ml

(Nitrofural)
D.S. Yaralarni yuvish uchun.
yoki
b) Rp.: Sol. Furacilini 1:5000 - 500 ml
(Nitrofural)
D.S. Yaralarni yuvish uchun.
yoki
v) Rp.: Sol. Furacilini ex 0,1 - 500 ml
(Nitrofural)
D.S. Yaralarni yuvish uchun.

Kengaytirilgan ko‘rinishida eritmaning tarkibiy qismlarining nomi, miqdori ko‘rsatilib, M.f. sol. (aralashtir, eritma hosil bo‘lsin) yoki M.D.S. bilan tugallanadi.


0,02 g -100 ml Rp.: Furacilini 0,1 yoki Rp.: Furacilini 0,1


(Nitrofural) (Nitrofural)
X g - 500 ml Aq. destill. ad 500 ml Aq. destill. ad 500 ml
(Aqua destillata) ( Aqua destillata)
X=0,02x500/100 =0,1 g M.f. sol. M.D.S. Yaralarni yuvish
D.S. Yaralarni yuvish uchun. uchun.
Spirtli yoki moyli eritmalarga retsept Sol.dan boshlanib, dorining nomidan keyin spirituosae yoki oleosae so‘zi yozilib, eritmaning konsentratsiyasi va hajmi ko‘rsatilib, D.S. bilan tugaydi.
Misollar: 20 ml 1%li brilliant yashili (Viride nitens, Malachite green)ning spirtli eritmasi. Terining jarohatlangan qismiga surkash uchun.
Rp.: Sol. Viridi nitentis spirituosae 1%-20 ml
(Malachite green)
D.S.Terining jarohatlangan qismiga surkash uchun.

100 ml 10% li kamfora (Camphora, Camphor)ning moyli eritmasi. Bo‘g‘inlarga singdirib surkash uchun.


Rp.: Sol. Camphorae oleosae 10%-100 ml


(Camphor)
D.S. Bo‘g‘inlarga singdirib surkash uchun.

Ko‘z tomchilari (Guttae ophthalmicae) ham yuqoridagicha yoziladi, D.S.dan so‘ng ko‘z tomchisi deb ko‘rsatiladi.


Misol: 10 ml 2% li pilokarpin gidroxloridi (Pilocarpini hydrochloridum, Pilocarpine)ning eritmasi. Ko‘z tomchisi sifatida buyurilsin. 2 tomchidan ikkala ko‘zga kuniga 3 mahaldan tomizish uchun.

Rp.: Sol. Pilocarpini hydrochloridi 2%-10 ml


(Pilocarpine)
D.S. Ko‘z tomchisi. 2 tomchidan ikkala ko‘zga kuniga
3 mahaldan tomizish uchun.

Davlat farmakopeyasiga kiritilgan eritmalarga ofitsinal eritmalar deyiladi. Masalan: formaldegid eritmasi, novshadil spirti, suyultirilgan vodorod peroksidining eritmasi va h.k. Ofitsinal eritmalarning konsentratsiyasi retseptda ko‘rsatilmaydi.


Misol: 50 ml ofitsinal suyultirilgan vodorod peroksidining eritmasi (Solutio Hydrogenii peroxydi diluta, Perhydrolum). 1 osh qoshiq eritmani 1 stakan suvda suyultirib, og‘izni chayqash uchun.

Rp.: Sol. Hydrogenii peroxydi dilutae 50 ml


(Perhydrolum)
D.S. 1 osh qoshiq eritmani 1 stakan suvda suyultirib,
og‘izni chayqash uchun



Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish