Damlamalar va qaynatmalar - Infusa et Decocta
(Damlama - bosh kelishik birlikda Infusum, qaratqich kelishik birlikda Infusi,
qisqartmasi Inf., qaynatma - bosh kelishik birlikda Decoctum,
qaratqich kelishik birlikda Decocti, qisqartmasi Dec.)
Damlama va qaynatmalar - dorivor o‘simlik xomashyosining qizdirish yo‘li bilan olingan suvdagi ajratmasi bo‘lib, dorivor o‘simlikning o‘ziga xos hidi va ta’mini beruvchi tiniq hamda o‘ziga xos rangli suyuq dori shaklidir. Damlamalar o‘simlikning yumshoqroq qismlaridan (guli, bargi, poyasi); o‘simlikning dag‘al, qattiq qismlaridan (ildiz, po‘stloq) - ta’sir etuvchi moddasi suvga qiyin o‘tsa, qaynatmalar tayyorlanadi. Xomashyo ildizpoya bo‘lsada, ta’sir etuvchi moddalari oson suvga o‘tsa, damlama tayyorlanadi, masalan, valeriana ildizpoyasidan damlama, barg qattiq bo‘lsa, masalan, ayiqquloq bargidan qaynatma tayyorlanadi.
Damlama va qaynatmalar 1:10 dan 1:400 gacha nisbatda tayyorlanib, beqaror suyuq dori shakli hisoblanadi, shuning uchun damlama va qaynatmalar 3-4 kunga yozib beriladi va muzlatgichda saqlanishi kerak, iste’moldan oldin chayqatish kerak.
Damlama va qaynatma tayyorlash uchun quritilgan, maydalangan, o‘simlikning ma’lum miqdori torozida tortib olingan xomashyoni chinni, sirli yoki zanglamaydigan metaldan tayyorlangan idish (infundirka)ga solinib, ustiga uy haroratidagi distillangan suv quyib, qaynab turgan suv hammomiga joylashtirib damlama tayyorlash uchun 15 min, qaynatma tayyorlash uchun 30 min qizdiriladi. Damlamani uy haroratiga kelguncha sekin sovitiladi, qaynatmani oqib turgan suv yordamida tez sovitilib, doka yordamida suziladi.
Damlama va qaynatmalar asosan qoshiqlarda ichish uchun, sirtga chayish, purkash uchun, ba’zida vanna suviga qo‘shish uchun ishlatiladi.
Damlama va qaynatmalarga retsept faqat 1 xil ko‘rinishda yoziladi, oldin dori shakli, o‘simlik qismi, nomi, miqdori va damlamaning umumiy miqdori ko‘rsatiladi.
Misol: Bahorgi adonis o‘tidan (Herba Adonidis vernalis, Adonis vernalis) 1:30 nisbatdagi damlamasi 1 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal ichish uchun buyurilsin.
3 kunda x 4 mahal = 12 mahal x 15 ml = 180 ml
1 g dan – 30 ml damlama tayyorlansa
X g dan - 180 ml damlama tayyorlanadi X =1 x 180/30 = 6 g
Rp.: Inf. herbae Adonidis vernalis 6,0-180 ml
(Adonis vernalis)
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal ichish uchun.
Eman po‘stlog‘ining (Cortex Quercus, Quercus robus) 1:10 nisbatdagi qaynatmasi 200 ml og‘izni chayqash uchun buyurilsin. Konsentratsiya 1:10 bo‘lsa, xomashyo miqdori ko‘rsatilmasligi ham mumkin.
1 g dan - 10 ml qaynatma tayyorlansa Rp.: Dec. corticis Quercus 200 ml
X g dan- 200 ml qaynatma tayyorlanadi (Quercus robus)
X =200x1/10=20 g D.S. Og‘izni chayqash uchun.
yoki
Rp.: Dec. corticis Quercus 20,0-200 ml
(Quercus robus)
D.S. Og‘izni chayqash uchun.
Keyingi paytlarda qaynatma, damlamalar miqdorini aniqroq qilish uchun, saqlashning qulay bo‘lishligi hamda uy sharoitida bemorlarning o‘zi tayyorlashi uchun sanoatda dorivor o‘simlik qismlaridan briket (Briketum) - bo‘lakchalar holida chiqarilyapti. Masalan: buyrak choyi briketi (Briketum folii Orthosiphoni), evkalipt bargi briketi (Briketum folii Eucalypti), sariqchoy o‘ti briketi (Briketum herbae Hyperici) va boshqalar. Briketlar to‘g‘ri to‘rt burchakli shaklda bo‘lib, kattaligi 120x65x6-10 mm, 10 ta teng bo‘lakchalarga oson bo‘linadigan qilib belgilab qo‘yilgan, har bir bo‘lagidan damlama yoki qaynatma tayyorlanadi.
Misol: Buyrak choyi bargi briketining (Briketum folii Orthosiphoni, Orthosiphon stamineus) ½ bo‘lagini 1 stakan qaynagan suvda 5 min. qaynatib 4 soat damlab, suzib ½ stakandan kuniga 2 mahal ichish uchun.
Rp.: Briketi folii Orthosiphoni N 1
(Orthosiphon stamineus)
D.S. Briketning ½ bo‘lagini 1 stakan qaynagan suvda
10 min qaynatib, sovitib, suzib, ½ stakandan
kuniga 2 mahal ichish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |