Darsning maqsadi. Bosh miya va uning bo`limlari haqida talabalar ongida aniq bilim va ko’nikmalar hosil qilish.
Kerakli asboblar: mulyaj, maket, planshet, plakat, tablica, qog`oz, qalam, chizg`ich, o`chirg`ich.
Ishning borishi: Darsni mavzuga oid barcha ma’lumotlarni berishdan boshlanib, talabalarga bosh miya va uning bo`limlari birin-ketin tushintiriladi.Shunday qilib, bosh miyaga ta’luqli barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqildi. Talabalar bosh miya bo`limlarini ketma-ket shaklda Amaliy daftarlariga yozadilar.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Mavzuga oid rasmlar al’bomingizga chizing? Bosh miyaning har bir bo`limlarini mulyaj, planshet, maketlardan joy-lashgan o`rnini hamda ko’rinishlarini kursating va chizib oling?
Darsni mustahkamlash uchun savollar
1. Uzunchoq miyada qaysi juft bosh miya nervlari joylashgan.
2. O`rta miyaning tuzilishi va nervlari.
Amaliy № 22
Mavzu: Bosh miya yarim sharlarining tuzilishi.
Nazariy tushuncha. Odamda miyaning katta yarim sharlari kuchli rivojlangan bo`lib, o`rta va oraliq miya urab turadi. Yarim sharlar uzunasiga ketgan tirqish bilan ikkiga ajralib turadi. Usha tirqichning ichkarisida ikkala yarim sharni bir-biriga tutashtiradigan tolalardan iborat ok modda plastinkasi-qadoqsimon tana yotadi. Qadoqsimon tana tagida gumbaz bor, u o`rta qismi bir-biriga tutashgan, oldingi va orqa tomoni esa ikkiga ajralib, gumbaz ustunlari va oyoqchalarini hosil qiladigan tolali ikkita bukik toladan iborat (39-rasm).
Yarim shar kul rang va oq moddadan tuzilgan. Unda egat va pushtalar bilan qoplangan eng katta qism – plasht, yuzasida yotgan kul rang moddadan hosil bo’lgan yarim shar po’stlogi: hid biluvchi miya yarim sharlar ichidagi kul rang modda to’plami – ba’zan yadrolar tafovut qilinadi. Yarim sharning keyingi ikkita bo`limi evalyucion taraqqiyot jixatidan olganda yarim shar yuzasi unda xar tomonga qarab ketgan egatlar va shularning orasidagi kutarmalar-pushtalar borligidan murakkab naqshga ega. Egatlar va pushtalarning katta-kichigligi va shakli xar kimda xar-xil bulishi mumkin Har qaysi yarim sharlar egatchalar yordamida peshona, tepa, chakka va ensa bo’laklariga bo’lina-di. eng chuqur egatcha- markaziy egatcha bo`lib, ular peshona bo’lagini miya bo’la-gidan ajratib turadi; yon egatchalar chakka bo’lagini chegaralab turadi.Katta yarim sharlar po’stlog`i sezish va harakatlanish zonalari farqlanadi. Sezish zonasiga sezgi organlar, muskul paylaridan impul’slar keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |