Darsning maqsadi : Orqa miyaning ichki va tashqi tuzilishi, vazifasi, hamda ahamiyati haqida talabalarga aniq bilimlarni berish .
Kerakli asboblar: mulyaj, maket, planshet, plakat, tablica, qog`oz, qalam, chizg`ich, o`chirg`ich , kley .
Ishning borishi: Amaliy darsi ma’ruza darsiga tayangan holda olib boriladi. Mavzuga oid barcha ma’lumotlar birin-ketin tushuntiriladi .Shunday qilib orqa miya haqida barga ma’lumotlarni olgandan sung Amaliy daftarining talabalar orqa miyadan chiqadigan nervlarni ketma – ketlikda yozadilar
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: mavzuga oid rasmlarni albomingizga chizing? Orqa miyadan chiqadigan nervlarni chizgach rasmlaringizdan kursaib belgilang?
Amaliy № 21
Mavzu: Bosh miya va uning bo`limlarini tuzilishi.
Nazariy tushuncha. Bosh miyadan uning asosi sohasida 12 juft bosh miya nervlari chiqadi. Bosh miyada katta yarim sharlar va miya stvoli tafovut qilinadi. Katta yoshdagi odam miyasining og’irligi erkaklarda 1375 gr, ayollarda 1245 gr ga teng. Bosh miya bo`limlari xar biri alohida pufakchalardan hosil bo`ladi: uzunchoq miya, ortki miya, o`rta miya, oraliq miya va oxirgi miya
Uzunchoq miya bilan orqa miya o`rtasidagi chegara birinchi bo`yin orqa miya nervlari ildizlarning chiqish joyidir. Yuqori tomonda uzunchoq miya miya ko’prigiga aylanib ketadi, uning yon bo`limlari miyaning pastki oyoqchalari bo`lib davom etadi. Uzunchoq miya ham xudi orqa miya singari, ikkita vazifani-reflektor va o’tkazuvchi vazifani bajaradi. Uzunchoq miya va miya ko’prigidan sakkiz juft bosh miya nervlari chiqadi. Uzunchoq miyada hayot uchun zarur bo’lgan reflektor markazlar: hazm qilish, nafas olishni, yurakning faoliyati va himoya.
Miyacha bevosita uzunchoq miya ustida joylashgan. Miyacha xarakatlanishni boshqaradi. Miyachani normal faoliyati buzilsa, odam muvofiklashgan aniq harakatlanish, tanasining muvozanatini saqlash qobiliyatini yo`qotadi. O`rta miyada yadrolar bo`lib, ular skelet muskullariga doim nerv impul’slarini yuborib turadi, bu impul’slar ularning tarangligini saqlab turadi. O`rta miyada ko’rish va tovush ta’-sirlariga orientrlash reflekislarining reflektor yoyi o`tadi.
Miyadan 12 juft kala suyagi – miya nervlvri chiqadi. Nervlar miyani boshda joylashgan sezgi organlari, muskullar va bezlar bilan bog’laydi. Nervlarning bir jufti-adashgan nerv miyani ichki organlar: yurak, o’pka, oshqozon ichaklar bilan boglaydi.
Barcha retseptorlardan chiqadigan impul’slar oraliq miya orqali o’tib, katta yarim sharlar po’stlog’iga keladi. Yurish, suzish kabi murakkab xarakatlar reflekslarining ko’pi oraliq miyaga bog’iq. Uning yadrosi turli ichki organlar ishni muvofiqlashtiradi. Oraliq miya moddalar almashinuvi, oziq moddalar va suv istemol qilishni, tana temperaturasi doimiy bo’lishini boshqaradi. Oraliq miya ayrim yadrolarning ne’ronlari biologik aktiv moddalar ishlab chiqarib, gumoral boshqaruvni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |