Darsning maqsadi: Bosh miya yarim sharlarining tuzilishi, vazifasi, ahamiyati xususiyatlarini o’rganish.
Kerakli asboblar: planshet, plakat, tablica, mulyaj, manet, qog`oz, qalam, chizg`ich, o`chirg`ich.
Ishning borishi: Amaliy darsi ma’ruza darsi asosida olib boriladi, ya’ni bosh miya yarim sharlari va uning bo`limlari haqida barcha ma’lumotlar va ko’nikmalar berib tushintiriladi. So’ngra talabalar katta yarim sharlar tugrisida barcha ma’lumotlar bilan tanishganlaridan keyin, odam va xayvonlar bosh miya katta yarim sharlarida o’zaro qanday farqlar borligini Amaliy daftarlariga yozadilar.
Ishni bajarishga doir tavsiyalar-Bosh miya katta yarim sharlari bo’laklarini alohida-alohida ko’rinishda yozing hamda izox bering.
Darsni mustahkamlash uchun savollar
1. Katta yarim sharlar po’stlog’ining tuzilishi
2. Katta yarim sharlar po’stlog’ining sensor va motor zonalari.
3. Miya po’tslog`idagi hujayralar qatlami.
Amaliy №23.
Mavzu: Simpatik nerv tolalarini tuzilishi va markazlari.
Nazariy tushuncha.Vegitativ nerv sistemasi ikki bo`limdan: simpatik va parasimpatik bo`limdan iborat Ushbu nerv sistemasi umuman butun organizmni, hama organ va to`qimalarni: bezlarni tomirlar hamda ichki organlarning silliq muskullari, yurak muskuli bilan skelet muskullarini, sezuv organlari va nihoyat bosh miya bilan orqa miyaning o’zini inervaciya qiladi. Vegitativ nerv sistemasining simpatik qismi markaziy va pereferik bo`limlardan iborat. Markaziy bo`limi orqa miyaning jami ko`k-rak va uchta yuqori sigmentlari uning yon shoxlari hujayralaridan hosil bo`ladi. Bereferik bo`limii nerv tolalari va nerv tugunlaridan iborat. Nerv tugunlari ikki guruhga bo’linadi: umurtqa pag`onasining ikki yoki bo`ylab ikki zanjir shaklida joylashgan va o’ng hamda chap simpatik stvollarni hosil qiladigan va ko`krak hamda qorin bo`sh-liqlarida joylashgan pereferik nerv chigallari tugunlari – umurtqa oldi tugunlari .
Simpatik nerv tolalari orqa miyadan orqa miya nervlarining oldingi ildizlari tarkibida chiqadi, so’ngra qo’shuvchi tarmoq orqali simpatik stvolning tegishli tuguniga boradi. Usha yerda tolalarning bir qismi postganglionar neyronga o`tadi va shu neyron tolalari organlarga boradi. Boshqa bir qismi uzilmasdan tugun orqali o`tadi va umurtqa oldi tugunlariga kelib postganglionar tolala orqali organlarga boradi. Postganglionar simpatik tolalar uchun mazkur organni qon bilan ta’minlay-digan arteriyalar bo`ylab chigallar hosil qilish xarakterlidir. Bundan tashqari ular mustaqil holda boradigan nerv hosil qilish hamda orqa miya va bosh miya nerv-larining pereferik tarmoqlari tarkibiga kirishi mumkin(40-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |