Darsning maqsadi: Qovurg`alar va to`sh suyaklari haqida aniq tushuncha berish, hamda tana bo`limlariga o`zaro birikishini tushuntirish.
Kerakli asboblar: plakat, tablitsa, mulyaj, maket, plakat odam skeleti, odamning qovurg`a va to`sh suyaklari qog`oz, chizg`ich, qalam va o`chirg`ich.
Ishni borishi: Amaliy darsi davomida talabalarga qovurg`alar va to`sh suyagini tushintirish uchun eng avvalo ularni tuzilishi, vazifasi hamda xususiyatlarini ko`rsatib berish lozim. Buning uchun tajribalar uchun ishlatiladigan odamning qo-vurg`a va to`sh suyaklarini olib talabalar diqqatini jalb qilish kerak so`ngra suyaklarni tuzilishini, vazifasini birin-ketin aytib beriladi.So`ngra talabalar dars davomida. qovug`ani tashkil qiluvchi suyaklarini o`lchamlarini olib rasmlari chiziladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Rasmga va qovurg`a, to`sh suyak maketlariga qarab, ularning tuzilish va o`zaro birikishini tushintirib bering.Odamning qovurg`a, to`sh suyak qismlarini o`lchamini o`lchab, qog`ozga tushiring?
Darsni mustahkamlash uchun savollar.
1. Qovrg’aning tuzilishi.
2. To`sh suyagi tuzilishi.
Amaliy № 5
Mavzu: Qo`lning yelka kamari va erkin suyaklarining tuzilishi va ularning o`zaro birikishini o`rganish.
Nazariy tushuncha. Qo`l mehnat organiga aylangan. Shu munosabat bilan qo`l suyaklari va bo`g`inlarning tuzilishi uning changallab ushlash va paypaslab ko`rish vazifasini aks ettiradi.Qo`l skeleti yelka kamari va erkin qo`l skeletidan hosil bo`lgan. Yelka kamari skeleti ikkita kurak va ikkita o`mrov suyagidan tashkil topgan. Erkin qo`l skeleti yelka suyagi; tirsak va bilak suyaglari hamda panja suyaklaridan vujudga kel-gan. Yelka kamari suyaklari o`mrov suyagi va kurak suyaklariga bo`linadi. O`mrov suyagining S-simon bukilgan tanasi va yo`g`onlashgan ikki uchi-tush va akromial (yelka) uchi bor. O`mrov suyagining shakli, xususan, ozg`in odamlarda teri ostida yaqin ko`ri-nib turadi; bu suyakni hamisha paypaslab ko`rish mumkin.Kurak suyagi–uchburchak shaklidagi yassi suyak kurak suyagining uchta qirg`og`i, ya’ni chet ustki, tashqi va ichki cheti va uchta burchagi ustki, pastki va yon burchagi bor.O`mrov suyagining to`sh tomonidagi uchi to`sh suyagi bilan birikib, egarsimon shakldagi to`sh-o`mrov bo`g`imini hosil qiladi. Bu bo`g`inda o`mrov suyagi sagital va vertikal o`z o`qi atrofida harakat qilishi mumkin. Kurak suyaklari muskullar yordamida ko`krak qafasiga birikadi, serharakat bo`ladi va o`z harakatlari bilan butun qo`l harakatlarining hajmini oshiradi.
Erkin qo`l skeletini quyidagi suyaklar hosil qiladi. Yelka suyagi uzun naysimon suyak uning ta’nasi va ikki uchi bor. Ustki uchi kurak bilan birikish uchun xizmat qiladigan dumaloq bo`g`in boshchasidan iborat. Yelka suyagining bu uchi anatomik bo`yin bilan tana’sidan ajralib turadi.
Bilak suyaklari 2 ta uzun naysimon suyaklar va bilak suyaklaridan iborat. Tirsak suyagi V barmoq tomonidan hisoblanganda billakning ichki tomonida joylashgan bo`lib,teri ostida boshdan oxiriigacha qo`lga ulanadi. Ustki uchi yo`g`on tortgan ikkita kesmasi bilan va yarim aylanasimon kesmasi bor. Pastki uchida boshchasi, bo`g`im aylanasi va bigizsimon o`simtasi bor.Bilak suyagi bosh barmoq tomonidan hisoblaganda bilakning tashqi tomonida joylashgan. Ikkita bilak suyaklarining tanasi uch qirrali shakldadir. Ularning bir-biriga qarab turadigan chetlari o`tkirlashgan bo`lib, suyakaro qirg`oqlar deb ataladi.
Panja suyaklari kaft usti suyaklari, kaft suyaklari va barmoq falangalariga bo`linadi.Kaft suyaklari 5 ta kalta naysimon suyakdan iborat, bular bosh barmoq tomondan hisoblanadi. Har bir kaft suyagining asosi, tanasi va boshchasi bor. Barmoq skeleti mayda naysimon suyaklar-falangalardan tashkil topgan. Bosh barmoqni aytmaganda, har bir barmoq uchta falangadan iborat. Erkin qo`l suyaklari yelka, tirsak va panja bo`g`imlari bilan bir-biriga birikkan. Bundan kelib chiqadiki qo`l skeleti va uni hosil qiluvchi suyaklar bir-biriga o`zaro bo`g`imlar, muskullar yordamida birikkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |