Darsning maqsadi: Bosh skeleti haqida aniq tushuncha hosil qilish, bosh skeletini hosil qiluvchi suyaklarini tuzilishi, vazifasi hamda o`zaro birikishini o`rganish.
Kerakli asboblar: plakat, tablitsa, maket, planshet, mulyaj, odam skeleti, odam skeletining kalla suyaklari, qog`oz, qalam, o`chirg`ich, chizg`ich.
Ishning borishi: kalla skeleti va uni hosil qiluvchi suyaklarni talabalarga ularni tuzilishi, birikishini tushintirish uchun avvalo odamning kalla skeletini olib uni tashkil qiluvchi suyaklar haqida birma–bir ma’lumot beriladi. So`ngra talabalar laboratoriya davomida tushintirilgan suyaklarni o`lchamlarini olib, rasmlarini esa chizadi.
Ishni rasmiylashtirishga oid tavsiyalar: Bosh skeleti va uni hosil qiluvchi bo`limlarini rasmiga qarab tushintirib berish.
Amaliy № 8
Mavzu: Gavda muskullarining joylashishi va vazifasi.
Nazariy tushuncha. Gavda muskullariga orqa, ko`krak va qorin qismidagi muskullar kiradi. Orqa muskullari yuza va chuqur muskullarga bo`linadi. Ko`krak muskullari yelka kamari va qo`l muskullari jumlasiga kiradigan ko`krak muskullariga hamda asl ko`krak muskullariga bo`linadi. Qorin muskullari esa qorinning tashqi va ichki qiyshiq muskullari, ko`ndalang va to`g`ri muskullari, shuningdek belning kvadrat muskullaridan iborat.
Tana muskullarini tashkil qiluvchi orqa bo`lim muskullarining yuza va chuqur muskullari mavjud. Orqaning yuza muskullari uch qavat bo`lib joylashadi. Birinchi qavat trapetsiyasimon muskul va orqaning eng serbar muskuli, ikkinchi qavatga ko`krakni ko`taruvchi muskul bilan katta va kichik rambsimon muskullar, uchinchi qavatga ustki va ostki orqa tishsimon muskullar kiradi. Ularning hammasi umurtqa pog`onasidan boshlanadi va ikkala tishsimon muskulni aytmaganda yelka kamari yoki yelkaga birikadi.
Ko`krak muskullari katta va kichik ko`krak muskullari, o`mrov osti muskullari va oldindagi tishsimon muskullar hamda ayol ko`krak muskullariga tashqi va ichki qovurg`alararo muskullardan iborat. Ko`krak fastsiyalari ko`krak va ko`krak ichi fastsiyalaridan iborat, ko`krak fastsiyasining ikkita varag`i-yuza va chuqur varag`i bor.
Qorin muskullari esa qorinning tashqi qiyshiq muskuli serbar qatlam oldida tashqaridan ichlari va yuqoridan pastga tomonga qarab boradi. Pastki 8 ta qovurg`adan tishchalar holida boshlanadi. Qorin to`g`ri muskullari gavdani oldinga bukishda qatnashadi. Qorinning qiyshiq muskullari umurtqa pog`onasini yon tomonlariga bukish hamda uni ko`krak qafasi bilan birgalikda o`ng va chap tomonga bukishni ta’minlab beradi. Qorin muskullari tanada ko`krak qafasining harakatlanishida ishtirok etadi (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |