Kerakli asboblar: plakat, tablitsa, mulyaj, maket, planshet, odam skeleti, odamning umurtqa pag`onasi suyaklari, chizg`ich, qog`oz, qalam va o`chirg`ich.
Ishning borishi: umurtqa pag`onasining o`ziga xos tuzilishi hamda vazifasini o`rganish uchun eng avvalo odam skeletidan talabalarga umurtqa pag`onasi haqida ma’lumot berish kerak.Buning uchun umurtqa pog`onasining bo`limlari va bo`limlari bi-rikkan boylamlar ham ularning nimalar yordamida birikkanligi aytib o`tiladi.
So`ngra talabalar darsi davomida ko`rib tushingan skeletlarni o`lchamlarini olib rasmi chiziladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tafsiyalar: Amaliy darsi davomida odam umurtqa pag`onasi suyaklarini rasmini oq qog`ozga tushiring. Odam skeletidan umurtqa pag`onasi bo`limlarining o`lchamlarini o`lchab daftaringizga tushiring.Rasmga qarab umurtqa pag`onasi nimalar yordamida birikkanini tushuntirib bering?
Darsni mustahkamlash uchun savollar
1. Umurtqa pog`onasining egriklari.
2. Umurtqa pog`onasining tuzilishi va vazifalari.
Amaliy №4
Mavzu: Qovurg`alar, to`sh suyaklari va ularning tana bo`limlariga o`zaro birikishini o`rganish.
Nazariy tushuncha. Qovurg`alar 12 juft kambar uzun yassiroq suyaklardan iborat. Har bir qovurg`a kattaroq bo`ladigan suyak qismi va qovurg`a tog`ayidan tashqil topgan. Qovurg`aning boshchasi, bo`yni va tanasi bo`ladi. Ustki 10 juft qovurg`aning bo`yni bilan tanasi o`rtasida qovurg`a do`mbogchasi bor. Qovurg`aning to`sh suyagiga birikadigan oldingi uchi tog`ayga aylangan bo`ladi.
Qovurg`alar o`zining orqa uchlari bilan ko`krak umurtqalariga bo`g`imlar yordamida birikadi. Qovurg`alarning boshlari, umurtqalarni tolalari, dumboqchalari esa ko`ndalang o`simtalari bilan birikadi. Ulardan hosil bo`ladigan bo`g`imlar aralash bo`g`imlardir, bularda qovurg`alar yuqoriga ko`tariladi va pastga tushadi. Ustki 7 juft qovurg`a o`zining oldingi juftlari bilan to`sh suyagiga birikadi. Bular chin qovurg`alardir. Keyingi 5 juft qovurg`a soxta qovurg`a deb ataladi. VIII, IX, X, juft qovurg`alar o`zlarining tog`aylari bilan bir-biriga pastdagilar yuqoridagilarga birikadi; bular qovurg`a ravog`ini hosil qiladi. XI va XII juft qovurg`alarning oldingi uchlari yumshoq to`qimalarda erkin yotadi, bu qovurg`alar ba’zan tebranuvchi qovurg`alar deb ataladi.
To`sh suyagi uzun g`ovak suyaklar jumlasiga kiradi. Bu suyak 3 qismdan tashkil topgan: ustki qism-dastasi, o`rta qism-tanasi va pastki qism-xanjarsimon o`simta. Tanasi tashqariga chiqib turadigan o`tmas burchak ostida dastasi bilan tutashgan. Tanasining ustki qirg`og`ida bo`yinturuq o`yig`i, uning ikki yon tomonida esa o`mrov o`yiqlari bor.Tanasi bilan dastasining tashqi qirg`oqlarida 7 tadan o`yiq bo`lib qovurg`alar shularga kelib tutashadi.Xullas qovurg`alar va to`sh suyaklari bo`g`imlar yordamida o`zaro hamda boshqa suyaklar bilan birikadi. Ko`krak umurtqalari, 12 juft qovurg`a va toq to`sh suyagi hamda bularning birikmalari ko`krak qafasi skeletini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |