Anatomiya fanidan amaliy mashg’ulotlar Tuzuvchi



Download 10,37 Mb.
bet13/36
Sana31.05.2022
Hajmi10,37 Mb.
#621261
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
ANAT AMALIY MASHG`ULOTLAR

Darsning maqsadi: Yelka kamari muskullariga kiruvchi muskullarni tu-zilishi, birikishi, vazifasi hamda joylashgan o`rnini o`rganish.
Kerakli asboblar: planshet, mulyaj, tablitsa, plakat, qog`oz, qalam, o`chirg`ich.
Ishning borishi: Yelka kamari muskullari ma’ruza darsidan foydalangan holda tushuntiriladi. Buning uchun plakat, maket, planshet, mulyajlardan foydalangan holda yelka kamari muskullari talabalarga tushuntiriladi. So`ngra talabalar olgan aniq ma’lumotlarga tayangan holda yuqorida keltirilgan muskullarni lotincha nomi va ularni joylashgan o`rni birma-bir aytiladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Yelka kamari muskullarini daftaringizga ketma-ket yozing. Yuqorida keltirilgan muskullar bor rasmlarini al’bomingizga chizing.


Amaliy № 10
Mavzu: Qo`lning erkin muskullarini tuzilishi, birikishi va funksiyasi.
Nazariy tushuncha. Erkin qo`l muskullari yelka, bilak va panja muskullariga bo`linadi. Yelka muskullari muskullarning oldingi guruhi va muskullarning orqa guruhiga bo`linadi. Oldingi guruhga 3 ta muskul kiradi. Yelkaning ikki boshli muskuli ikkita boshcha bilan: uzuni-kurak bo`g`in chuqurchasining ustki chetidan va kaltasi kurakning tumshuqsimon o`simtasidan boshlanib, yelka suyagining dumbog`iga umumiy pay bilan birikadi. Bu muskul yelka va bilakni tirsak bo`q`imida bukadi, bilakni tashqariga buraydi, supinatsiya qiladi. Tumshuqsimon yelka muskuli - yelkani bukadi va tanaga yaqinlashtiradi. Yelka muskuli - yelkaning ikki boshli muskuli tagida joylashgan yelka suyagidan boshlanadi, tirsak suyagining dumbog`iga birikadi. Tirsak bo`g`imida bilakni bukadi. Yelkaning uch boshli muskuli uchta boshcha bilan boshlanadi. Umumiy payga tirsak o`simtasiga birikadi. Bilakni yozadi.
Tirsak muskuli-kichik, uchburchak shaklda bo`lib, yelka suyagini tashqi o`simtasidan boshlanadi va tirsak suyagiga birikadi. Bilakni yozishda qatnashadi. Bilak muskullari o`zining olgan o`rniga ko`ra oldingi va orqa guruhlarga bo`linadi. Oldingi guruh muskullari asosan yelka suyagining ichki o`simtasidan boshlanadi va ikki qavat - yuza hamda chuqur qavat bo`lib joylashgan. Vazifasi jihatidan bular qo`l panjasi barmoqlarni bukuvchilar hamda pranatorga bo`linadi. Orqa muskullarning ko`pchiligi yelka suyagining tashqi o`simtasidan boshlanib, bular ham ikki qavat- yuza va chuqur qavat bo`lib, joylashadi, vazifasi jihatdan esa qo`l panjasi va barmoqlarni yozuvchilar hamda supenatorga bo`linadi.
Oldingi guruh muskullari qo`l panjasi va barmoqlarni bukadi, bilaklarni ichkariga bukadi, shuningdek yelka muskullari bilan birgalikda bilakni tirsak bo`g`imida bukadi. Orqa guruh muskullari qo`l panjasi va barmoqlarni yozadi, bilakni tashqariga buraydi, yelka muskullari bilan birgalikda bilakni yozishda ishtirok etadi.
Panja muskullari: panjani faqat kaft yuzasida joylashgan. Ular uch guruhga bo`linadi: bosh barmoq dumbaymasi guruhi, kaft chuqurchasidagi muskullar guruhi yoki o`rta guruhi va jimjiloq dumbaymasi muskullaridan iborat. Shunday qilib, panja barmoqlari xususan bosh barmoq o`z muskul apparatiga ega bo`lgani tufayli, katta haraktchanlikni kasb etadi va xilma-xil harakatlarni, jumladan maksimal bukish va yozish harakatlarni bajara oladiki, bu–ish vaqtida nihoyatda muhim.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish