Amryllidacea oilasi xaqida malumot Oilaga mansub o’simliklar xaqida malumot



Download 169,06 Kb.
bet21/41
Sana21.01.2022
Hajmi169,06 Kb.
#397424
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
Tayyor Mus ishi

Akatsiya – burchokdoshlar oilasiga mansub daraxt va butalar: 1) chin A. (Acacia) – mimozadoshlar kenja oilasiga mansub daraxt. 500 ga yaqin turi bor. Ko‘proq Avstraliya (250 dan ortiqroq turi), qisman Afrika va Arabiston yarim orol ida tarqalgan. Keyingi vaqtda A.ning ba’zi turlari boshqa joylar (Qora dengiz sohillari)da ham iqlimlashtirilgan. Chin A. mayda patsimon bargli, to‘pgullari erta bahorda ochiladigan bo‘lgani uchun xushmanzara o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Senegal, Efiopiya va Arabiston A.laridan aqoqiyo, ko‘pchilik chin A.turlarining po‘stlog‘idan oshlovchi moddalar olinadi; ba’zi chin A.turlarining mevasi va yog‘ochida ham oshlovchi va yelim moddalar bor; yog‘ochi mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi; 2) oq A. yoki soxta A. (Robinia pseudoacacia) – kapalakguldoshlar kenja oilasiga mansub daraxt (qarang Ots akasiya); 3) sariq A. (Caragana arborescens) – buta tarzida o‘sadi (qarang Qarag‘ay).

Burchoq (Lathyrus sativus L.) — dukkakdoshlarga mansub bir yillik oʻsimlik. Poyasi 4 qirrali, bargi juft patsimon, murakkab, gullari zangori, pushti, qizil, binafsha. Dukkaklari uzunchoq va bir oz yassi, 4—7 urugʻli. Oʻzbekiston hududida yovvoyi holda ham oʻsadigan 12 turi koʻp uchraydi. B. asosan yemxashak ekini boʻlib, don, koʻkpoya, pichan olish va silos bostirish hamda chorvani oʻtlatish uchun ekiladi. Uning donlarida oqsil moddasi noʻxat va oʻris noʻxatga nisbatan koʻp boʻladi. Urugʻida 2430% oqsil, 0,81,5% moy, 5055% kraxmal, 3—6% kletchatka, 2,1 — 4% kul bor.

B. juda toʻyimli ozuqa. Tuproqda azot toʻplovchi oʻsimlik. Rossiyaning Yevropa qismida, Gʻarbiy Sibirda, Ukraina jan.da, Qozogʻistonda ekiladi. Gektaridan 35—50 s don, 100 s toʻpon (somon) beradi. Koʻk oʻt hosili 300 s atrofida.



Loviya (Phaseolus) — dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar, lianalar, chala butalar turkumi; dukkakli don ekini. Tropik va subtropiklarda, asosan, Amerikada 200 dan ortiq turi uchraydi. Jahon dehqonchiligida L.ning oddiy L. (P. vulgaris) turi (vatani — Markaziy va Janubiy Amerika) eng koʻp tapqalgan. Shuningdek, koʻpgulli L., lima L.si, ingichka bargli L., osiyo L.si, adzuki L., guruchsimon L. va boshqa turlari ham ekiladi. Yer yuzida L. ekiladigan maydonlar 22 mln.ga (1999). Hindiston, Braziliya, Xitoyda katta maydonlarda yetishtiriladi. Oʻzbekistonda qadimdan oddiy L. ekiladi. Ildizi — oʻq ildiz, yaxshi rivojlanadi, tuproqqa 1,5–2 m chuqurlikkacha kirib boradi. Ildizida tuganaklar rivojlanadi. Poyasi oʻtsimon, shoxlanadi, ayrim turlari chirmashib, 3–4 m gacha yetadi. Bargi murakkab, toq, patsimon, uch boʻlakli. Guli ikki jinsli, barg qoʻltiqlarida bittadan yoki shingil toʻplam hosil qilib joylashadi. Mevasi dukkak, rangi och pushti yoki toʻq jigarrang , kora. Dukkagida 6—12 ta urugʻ boʻladi. Urugʻi buyraksimon, rangi oq, sariq, pushti va boshqa rangda. 1000 donasi 50—370 g .

L. issiqsevar oʻsimlik, urugi kamida 8—10° da unib chiqadi. Maysasi — 0,5, — 1,0° da nobud boʻladi. Maysalanishi uchun 15—18°, gullashi uchun eng qulay harorat 18—25°, meva hosil qilishi uchun 20—23°. L. namsevar, Oʻzbekistonda suvli yerlarga ekiladi. Unumdor tuproq sharoitlariga talabchan. Oʻsuv davri 75—120 kun. Yormasi oqsilga boy, yuqori kaloriyaga ega. Tula pishmagan dukkaklari va donlaridan konserva ishlab chiqariladi. Doni tarkibida 20—31% oqsil, 0,7-3,6% moy, 50-ye kraxmal, 2,3—7,1% kletchatka, alkil kislotalar mavjud. Poyasi chorva mollari uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. Ayrim turlari manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi.

Asosiy ekin tarzida bahor (apr.ning oxiri yoki may oyi)da va takroriy ekin sifatida iyun oyida ekiladi. 1 ga maydonga 60–250 kg urugʻlik sarflanadi. Ekish chuq. 3—5 sm. Hosil dukkaklari 75—80% pishganda, dukkaklar kam chatnaydigan vaqtda yigʻiladi, xirmonda quritiladi, tozalanadi. Hosildorligi 25—40 s/ga.

Navlari. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan yerlarda Navroʻz, Kaxrabo va boshqa navlari ekiladi.

L. zararkunandalari: loviya va noʻxat donxoʻrlari; kas al li kl ardan eng koʻp zararlaydigani antraknoz va bakterioz.

Mosh (Phaseolus aureus) — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik dukkakli ekin; loviya turlaridan biri. Hindiston, xitoy va eron kenja turlariga boʻlinadi. M.ning vatani — Jan.gʻarbiy Osiyo, miloddan avvalgi 4—3ming yillikda ekila boshlagan. Hozir M. Oʻrta Osiyoda, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Eron, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Oʻq ildizi tuproqqa 1,5 metrgacha kirib boradi, azot toʻplaydigan tuganaklar hosil qiladi. Sershox poyasi 20—100 sm yoyilib, tik yoki chirmashgan holda oʻsadi, barglari keng , yirik. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, barg qoʻltiklarida 3—12 ta boʻlib joylashadi, rangi sariq yoki sargʻish-yashil. Mevasi dukkak, ingichka, silindrsimon, uz. 6— 18 sm, ichida 6—15 ta urugʻ boʻladi. Urugʻi sariq, yashil va qora; 1000 dona urugʻi vazni 40—80 g . M. issiqsevar, urugʻi 12—15° haroratda 5—7 kunda unib chikali. Maysalari —1°, —2° da nobud boʻladi. M. namsevar oʻsimlik. Urugʻining koʻkarib chiqishi uchun vazni barobarida suv berish kerak. Ayniqsa, shonalash davrida suvni koʻp talab qiladi. Soya joylarda yaxshi rivojlanmaydi. Unumdor oʻtloqi tuprokda yaxshi oʻsadi. Asosan, oʻzidan changlanadi. Oʻzbekistonda doni bahorda ekilgani 85—95, yoz oxirida ekilgani 60—65 kunda yetiladi. Hosil dukkaklarining 75—80% pishganda yigʻiladi. Doni tarkibida 24— 28% oqsil, 46—50% kraxmal, 2—4% moy va vitaminlar bor. M. oziq-ovqatda qoʻllaniladi, oson hazm boʻladi, unidan makaron tayyorlashda foydalaniladi. Koʻkati chorvachiliqsa toʻyimli ozuqa, poyasidan silos bostirish mumkin.

Oʻzbekistonda Pobeda 104 (1948-yildan) va Radost (1984-yildan) navlari ekiladi. Sugʻoriladigan yerlarda gektaridan 10—16, angʻizga ekilganida 8—12 s hosil olinadi.

Kasall iklari : fuzarioz, bakterioz, askoxitoz, sariq mozaika; zararkunandalari: chertmakchi qoʻngʻizlar, yalangʻoch shilliq qurt, dala qandalasi.

Halima Otaboyeva.[1]




Download 169,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish